Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HARAKATI VA ULARNING AYLANISH TEZLIGINI TAHLIL QILISH
Normatov Sayfullo Dustmuhammat o`g`li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Ushbu tadqiqot ishimizda korxonalardagi tovar-moddiy zaxiralarning harakati va ularning aylanish tezligini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur mavzu korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli, zaxiralardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha muammolar o‘rganilib muhim ilmiy tavsiyalar berilgan. Kalit so`zlar: Tovar-moddiy zaxiralar, baholash, materiallar, uzluksizlik, tayyor mahsulot, samaradorlik, zahiralar aylanish tezligi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ko'pchiligi odatda ularga yetarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovar-moddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi. 2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan: Tovar-moddiy zaxiralar-bu quyidagi aktivlardir: - odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan; - bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan; -ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xomashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar. 1 Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Tovar-moddiy zaxiralaming buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablar: - tashkilot bo‘linmalarida zaxiralar harakatining ombor hisobi va tezkor hisobi ma’lumotlarining buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlariga muvofiqligini; - moliyaviy hisobotda aks ettirilgan Tovar moddiy zahiralar bo‘yicha ma’lumotlaming haqqoniyligini; - zaxiralar miqdori va bahosinnng buxgalteriya hisobi tezkorligini; - zaxiralaming harakatlanish jarayoni (kelib tushishi, joylashtirilishi va chiqib ketishi) va shuningdek haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va uzluksiz tartibda to‘la aks ettirishni; - tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha (aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha) sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini ta’minlash. Korxona yoki muassasalar, uyushma, konsern, hissadorlik jamiyatlari ixtiyorida ma’lum miqdordagi mablag‘larning bo’lishi ularning o’z faoliyatini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Ishlab chiqarish doirasidagi mablag‘lar bajaradigan vazifasiga qarab mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo’linadi.2 Mehnat buyumlariga mahsulot tayyorlashda foydalaniladigan tovar moddiy zahiralari kiradi. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, bir ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi, ya’ni o’zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga butunlay o’tkazadi. Yarim tayyor mahsulotlarga shunday mehnat buyumlari kiradiki, ular ba’zi bir qayta ishlash bosqichlarni qtagan bo’lsada, hali tayyor mahsulot holiga keltirilmagan bo’ladi. Ularning xususiyatlaridan biri, 1 “Buxgalteriya hisobi” darslik/ A.A.Karimov,J.E.Kurbanbayev,S.A.Jumanazarov.-T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 626 b. 2 A.S. Sotivoldiev, Yu.M. Itkin «Zamonaviy buxgalteriya hisobi» I tom, T.:2002, 110 b. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 429 ISSN: 2181-2861 qayta ishlashning texnologik jarayon rejasida ko’rsatiladigan hamma operatsiyalari biron bir sex yoki ishlab chiqarish uchastkasida bo’lib, keyingi sex yoki uchastkaga qayta ishlash uchun berishga mo’ljallangan bo’ladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonani o’zida ishlab chiqarilishi mumkin. Zaxiralar — bu ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom ettirish va tayyor mahsulotlarni o‘z vaqtida realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslardir. Tovar-moddiy zaxiralar harakati va ularning aylanish tezligini tahlil qilish korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini, moliyaviy holatini va resurslardan foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Tovar-moddiy zaxiralar deganda korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida foydalaniladigan moddiy boyliklar tushuniladi. Ular quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: Ishlab chiqarish zaxiralari — xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar; Tovar-moddiy zaxiralar iqtisodiy tizimning ajralmas qismi bo‘lib, ular korxonaning ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz amalga oshirishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ortiqcha zaxiralar korxonaning aylanma mablag‘larini muzl
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqot ishimizda korxonalardagi tovar-moddiy zaxiralarning harakati va ularning aylanish tezligini tahlil qilish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqot ishimizda korxonalardagi tovar-moddiy zaxiralarning harakati va ularning aylanish tezligini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ishlab chiqarish, tovar-moddiy zaxiralar, chiqarish jarayonida, buxgalteriya hisobi, jalik yurituvchi, yarim tayyor, korxonaning ishlab
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021