Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
KORXONALARDA PUL MABLAG’LARI HISOBI VA AUDITI ASOSLARINI O’RGANISH
ASOSLARINI O’RGANISH · Berdiyev Diyorbek Shuxrat oʻgʻli
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Hozirgi iqtisodiyot jarayonida pul mablag’larini asosiy maqsadlari ularni to’g’ri taqsimalsh va ulardan samarali foydalanish jarayoni bo’lib kelmoqda. shu boisdan biz uni takomillashtirish uchun korxona pul mablag’laridan samarali foydalanishda uningauditiga katta e’tibor qaratishimiz darkor va uni bartaraf etish maqsadida ushbu tezisda chora tadbirlari ko’zda tutiladi. Kalit so’zlar: Pul mablagʻlari, moliyaviy hisobotlar, tahlil, auditorlar, audit, tashkilot, samaradorlik. Jamiyatni boshqarish samaradorligi to’liq va ishonchli moliyaviy axborot mavjudligiga bog‘liq. Pul mablag‘lari — bu boshqaruv, qaror qabul qilish va tashqi manfaatdor tomonlar (investorlar, sug‘urta kompaniyalari, regulatorlar) uchun eng muhim ko‘rsatkichlardan biri. Shu sababli pul oqimlari hisobotining to’g‘ri tuzilishi va unga auditorlik tasdig‘i iqtisodiy barqarorlik va ishonchni ta’minlashda markaziy ahamiyatga ega. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishigasalbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas. Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir. A. Smit, D.Rikardolarning Samuelson P. Ekonomika kitobida quyidagicha tarif berilgan va ularning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Pulning o’zi ham Tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot hisobot davridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining kirib kelishi va chiqishini aks ettiruvchi hujjatdir. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va taqdim etish bir xil nom bilan tartibga solinadi. Ushbu hisobot barcha korxonalar tomonidan taqdim etilishi kerak. Naqd pulga to’g’ridan-to’g’ri naqd pul va talab qilingan bank depozitlari kiradi. Naqd pul ekvivalentlari qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar bo’lib, ular qiymatining o’zgarishi xavfi kam bo’lib, osonlik bilan ma’lum miqdordagi naqd pulga aylantirilishi mumkin. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot shakli uchta yo’nalishda tuziladi: tashkilotning joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyati. Shuning uchun auditor ushbu faoliyat turlari bo’yicha taqdim etilgan ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirishi kerak. Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot sug’urta tashkilotining bank hisobvaraqlarida va naqd pulda saqlanadigan naqd pul va valyuta mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib beradi. Hisobotda naqd pul va valyuta mablag’larini hisobga olish bo’yicha hisobvaraqlardagi yozuvlardan kelib chiqadigan ma’lumotlar aks ettiriladi. Shu bilan birga, auditor shuni yodda tutishi kerakki, agar valyuta hisobvaraqlari mavjud bo’lsa, birinchi navbatda har bir valyuta turi bo’yicha valyuta mablag’lari harakatining hisob-kitobi amalga oshiriladi, so’ngra hisob kitob ma’lumotlari valyuta kursi bo’yicha so’mga aylantiriladi . Adam Smit, klassik iqtisodiy maktab asoschisi, pulni almashinuv vositasi va boylik o‘lchovi sifatida izohlaydi. Uning fikricha: Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 427 ISSN: 2181-2861 Pulning o‘zi boylik emas, balki boylikni yaratish vositasidir. Jamiyat boyligi ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi bilan o‘lchanadi, naqd pul miqdori bilan emas. Agar muomaladagi pul ortsa, bu har doim ham iqtisodiy o‘sishga olib kelmaydi, balki inflyatsiyani kuchaytiradi. Shu sababli, Smit pul massasining haddan tashqari ko‘payishini jamiyat boyligiga salbiy ta’sir qiluvchi omil sifatida ko‘radi. K. Menger, A. Smit, D. Rikardo va P. Samuelsonlarning ilmiy merosi shuni ko‘rsatadiki, pulni faqat moddiy qiymat yoki almashuv vositasi sifatida emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy tizimning dinamik unsuri sifatida tushunish kerak. Pulning harakati — bu nafaqat moliyaviy oqim, balki jamiyatdagi ishlab chiqarish, iste’mol, investitsiya va boshqaruv jarayonlarining o‘zaro muvofiqligini ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. Shu boisdan, zamonaviy iqtisodiyotda pul oqimlarini tahlil qilish, hisobotini tuzish va auditini o‘tkazish nafaqat buxgalteriya masalasi, balki milliy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida qaraladi. Yuqorida asoslangan olimlarning fikriga ko’ra pul mablag’lari,bu korxonaning asosiy aktivi hisoblanadi va hamd
Доказательный фрагмент
«Hozirgi iqtisodiyot jarayonida pul mablag’larini asosiy maqsadlari ularni to’g’ri taqsimalsh va ulardan samarali foydalanish jarayoni bo’lib kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi iqtisodiyot jarayonida pul mablag’larini asosiy maqsadlari ularni to’g’ri taqsimalsh va ulardan samarali foydalanish jarayoni bo’lib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pul mablag, naqd pul, mablag lari, mablag larining, larining harakati, harakati risidagi, risidagi hisobot
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021