Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI
Tadjiev Erkin Muxitdinovich
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
This article analyzes the improvement of accounting and internal control in vocational educational institutions using the example of the master's degree in digital information processing. It discusses ways to teach students digital technologies, improve accounting and internal control. The study addresses the issues of improving the organization of accounting and internal control in vocational educational institutions. Ke vords: Accounting system, internal control system, professional education, internal standards of audit organizations, synthetic account, analytical account, audit importance, audit risk. Kirish: Respublikamizda professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar olinib bormoqda, bu borada auditorlik foaliyatini aloxida eʼtirof etishimiz mumkin, moliyaviy nazoratning zamonaviy shakli bo‘lgan - auditorlik xizmatining rivojlanishiga eʼtibor kuchaydi. Bu borada katta ishlar amalga oshirilganligi, audit sohasida yaratilgan meʼyoriy-huquqiy asos, milliy audit bozorimizdagi mavjud auditorlik firmalarimiz va ular faoliyat yuritaʼyotgan auditorlar salohiyatida ko‘rishimiz mumkin.1 Professional taʼlim tizimi jamiyatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatadigan soxa bo‘lib taʼlim olish jarayonida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikma va malakalarni xam shakllantirish zaruratini olib bormoqda.Avvalo “buxgalteriya hisobi tizimi”, “ichki nazorat tizimi” kabi tushunchalarga meʼyoriy huquqiy hujjatlar nuqtai nazaridan izoh berib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasining 12 sonli “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida yuqoridagi tushunchalarga quyidagicha taʼrif berilgan: Buxgalteriya hisobi tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyektning vazifalari va yozuvlarining yig‘indisi bo‘lib, ular orqali moliyaviy hisobotda xo‘jalik operatsiyalari va boshqa voqealar natijalarini identifikatsiyalash, to‘plash, tahlil qilish, hisoblash, tasniflash, umumlashtirish va aks ettirish maqsadida buxgalteriya hisobini yuritish usuli sifatida xo‘jalik operatsiyalari natijalarini qayta ishlash; 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793251 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 418 ISSN: 2181-2861 Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini taʼminlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy maʼlumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisi” Har qanday holatda ham auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jaligi faoliyatini tekshirishdan oldin korxonada buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilganligini va hozirda qanday yuritilayotganligini o‘rganishi lozim. Ichki nazorat tizimi faoliyatini o‘rganib uni baholash esa auditorga tekshiruv jarayonida unga tayanish mumkin yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qilishida yordam beradi. Bular esa o‘z navbatida auditning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan risk va muhimlik chegaralarini aniqlashda auditorga qo‘l keladi. Ichki nazorat tizimi va risk chegaralarini aniqlashning nazariyasi auditorlik tekshiruvining asosiy muammoli hududlaridan bo‘lib, g‘arbda 1980 yillarning oxiri 1990 yillarning boshiga kelib bu tushunchalar keng qo‘llanila boshlandi. Korxonada yuritilayotgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini ishonarli aks ettirayotganini aniqlash uchun auditor quyidagilarga ahamiyat beradi: hisob hujjatlarining aylanish reja- jadvali, buxgalteriya xizmati xodimlarining vazifasi va masʼuliyatlari chegarasining belgilanishi, korxonada amalga oshiriladigan odatiy va bir martalik muomalalarni aks ettirishda “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2016 yil www.iqtisodiyot.uz 3 foydalaniladigan schetlar hamda ularning o‘zaro bog‘lanishi bayoni va boshqalar. 12-sonli auditning milliy standartida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida albatta aks ettirilishi lozimligi aytilgan va bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: a) Maxsus ishlab chiqilgan test amallaridan; b) Rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar ro‘yxatidan; v) Tekshiruv varaqlari va maxsus blankalardan; g) Eʼtirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan. Guvohi bo‘lganimizdek, yuqoridagi hujjatlardan foydalanish havola tusiga ega bo‘lib, auditorlik tashkiloti mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganishning va baholashning
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the improvement of accounting and internal control in vocational educational institutions using the example of the master's degree in digital information processing.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the improvement of accounting and internal control in vocational educational institutions using the example of the master's degree in digital information processing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Система бухгалтерского учета, система внутреннего контроля
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021