Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI
Sobirov Javohir Jiyanboy og`li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning kelib tushishi va baholanishi, amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya qilish va audit xulosasi berish haqida ma`lumot berilgan Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, amortizatsiya, hisob siyosati, inventarizatsiya, auditorlik tekshiruvi, tahlil qilish, ichki nazorat, aktivlar. Kirish. Asosiy vositalar — tashkilotning uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xo`jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajarish jarayonida foydalaniladigan, shuningdek ijaraga berish mumkin bo`lgan moddiy aktivlar; Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi.1 Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar, konservatsiya qilingan asosiy vositalar. Asosiy vositalarning kelib tushishida mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi asosida tashkilotga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning qiymati tashkilot balansiga kiritilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati tashkilot balansiga kapital qoʻyilmalar tugaganidan soʻng qurilgan obyektni qabul qilish- topshirish, obyektni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xarid qilish, taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlari, tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha), ayirboshlash, tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan oʻtkazish, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olish, asosiy vositalarga mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqini qoʻlga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida kiritiladi. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida tizimli taqsimlanadi. Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 1 Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3546) Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 406 ISSN: 2181-2861 obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan sanadan toʻxtatiladi. 2 Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga oʻtkazilgan holatlar, shuningdek ularni toʻliq toʻxtatish sharti bilan obyektni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob- uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash davri bundan mustasno. Asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida ushbu summalarni alohida schyotda jamgʻarish yoʻli bilan aks ettiriladi. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalar inventarizatsiyasi oʻtkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan asosiy vositalar aybdor shaxslar aniqlangan kunga qadar kamomadlar hisobga olinadigan schyotda aks ettiriladi3. Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditini o’tkazishdagi muammolardan biri bu asosiy vositalarning foydali xizmat muddati va amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri belgilanishida.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning kelib tushishi va baholanishi, amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya qilish va audit xulosasi berish haqida ma`lumot berilgan Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, am…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning kelib tushishi va baholanishi, amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya qilish va audit xulosasi berish haqida ma`lumot berilgan Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, am… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- asosiy vositalar, asosiy vositalarning, asosiy vositalarni, shartnomasi boʻyicha, amortizatsiyalanadigan qiymat, lozim asosiy, foydali xizmat
Смежные источники
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
МонографииЮсупова Н. А.2026