Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI KENGAYTIRISH YO‘LLARI
KENGAYTIRISH YO‘LLARI · Pardayev Ulug’bek
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022
Аннотация
Ushbu tezisda tijorat banklarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligini oshirish yo`llarining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Bundan tashqari banklarni faoliyatiga doir bo‘lgan bir qancha statistic raqamlar ham keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: investitsiya, samaradorlik, o`sish sur`atlari, risk, risk-menejment,moliya bozori,kredit,diversifikatsiya. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizida mamlaktimizda xorijiy kapital oqimi va investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda, bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalda foydalanilib kelinmoqda. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o`sish sur`atlari investitsiya muhitiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiylarni jalb qilishning kolami, yo`nalishlari va samaradorligi, bevosita investitsiya muhitiga bog`liqdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘larini faol jalb etish bo‘yicha izchil chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur chora-tadbirlar doirasida «iqtisodiy jihatdan asoslantirilgan investitsiya loyihalarini ularning moliyalashtirish manbalari aniq belgilangan holda samarali amalga oshirilishini ta’minlaydigan, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha mablag‘larning nooqilona sarflanishini istisno etadigan, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning sifat jihatdan yangi tartibi joriy etildi».[1] Yaqin o‘rta muddatli istiqbolda korxonalarni modernizatsiyalash bo‘yicha kutilayotgan ehtiyojlar hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, yaqin yillarda bank tizimi jami kredit portfelida investitsion kreditlarning yanada o‘sishini kutish mumkin. Bu esa, tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashda bank risklarini boshqarish zaruratini yuzaga keltiradi va dolzarbligini oshiradi. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bankning yuqori riskli faoliyati hisoblanib, bu turdagi risklarni boshqarish murakkab va ko‘p pog‘onali jarayon hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari riskni boshqarish maqsadida risk-menejment jarayoniga ko‘maklashuvchi o‘ziga xos modellarni shakllantirishlari muhim ahamiyat kasb etadi.“Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqishi kerak” [2]. Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimida katta islohotlar o‘tkazib kelinayapti va ushbu jarayonlardan kelib chiqib bank sohasida ham keng siljishlar ro‘y berayapti. Quyidagi jadvalda ayrim statistic raqamlar keltirib o‘tilgan. 1-jadval [3] Tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha ulushi 01.10.2024 y. 01.10.2025 y. Ko‘rsatkichlar O‘zgarishi nomi mlrd. ulushi mlrd ulushi, , foizda so‘m , foizda . so‘m foizda Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 395 ISSN: 2181-2861 515 582 Jami kreditlar 100% 100% 13% 641 211 147 146 Sanoat 29% 25% -1% 892 268 Qishloq 59 52 042 10% 10% 14% xo‘jaligi 381 17 Qurilish sohasi 12 959 3% 3% 33% 183 Savdo va 40 34 637 7% 7% 18% umumiy xizmat 930 Transport va 32 34 508 7% 6% -6% kommunikatsiya 529 Moddiy va 4 texnik ta’minotni 3 682 0,7% 0,8% 21% 460 rivojlantirish Uy-joy 1 2 338 0,5% 0,3% -21% kommunal xizmati 838 Jismoniy 169 208 33% 36% 23% shaxslar 715 642 70 Boshqa sohalar 57 869 11% 12% 23% 980 Ushbu malumotlar shuni ko‘rsatadiki 2025 yil sanoatni kreditlash 2024- yilga qaraganda 1 % foizga kamaygan hamda 146268 tani tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin. Jismoniy shaxslar va Boshqa sohalarni kreditlsh esa bir xil, ya’ni 23 % dan o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etgan, bus hu davrdagi Moddiy va texnik ta’minotni kreditlashga qaraganda 2 % ga baland edi.Ammo Transport va komunikatsiya va Uy – joy komunal xizmati salmog‘i kamayib mos ravishda 6 va 21 % kamayishni ko‘rsatgan. Qurilish sohasini kreditlash esa eng baland ko‘rsatkich qayd etib 33% ga o‘sgan. Ushbu raqamlar shundan dalolatki banklar tomonidan ajratiladigan kreditlarning tarmoqlari ham kundan kunga kengayib bormoqda. Bu banklarga bir qancha ustunliklar beradi.Masalan, kredit risklarini diversifikatsiya qilish, risk ehtimolligini kamaytirish, foyda hajmini oshirish, ortiqcha ish o‘rinlarini yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish faqat bozor asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali bank infratuzilma faoliyatini tashkil etish va avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish. K
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda tijorat banklarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligini oshirish yo`llarining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Bundan tashqari banklarni faoliyatiga doir bo‘lgan bir qan…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda tijorat banklarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligini oshirish yo`llarining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Bundan tashqari banklarni faoliyatiga doir bo‘lgan bir qan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- investitsiya loyihalarini, kelib chiqib, investitsion loyihalarni, statistic raqamlar, raqamlar keltirib, keltirib tilgan, sish sur
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021