К содержанию
РецензированоRU2026

РОЛЬ РЕЖИМА В ИСПРАВИТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

Shuxrat Irnazarov

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются содержание, правовые основы режима в исправительных учреждениях и его роль в моральном исправлении осужденных. Режим – это установленный уголовно-исполнительным законодательством порядок исполнения и отбывания наказания, регулирующий поведение, права и обязанности осужденных и обеспечивающий внутреннюю дисциплину в учреждении. В статье анализируются правовое и педагогическое содержание режима, его карательная, воспитательная и вспомогательная функции. Ключевые слова: Режим. Уголовно-исполнительные учреждения. Уголовно- исполнительный кодекс. Правила внутреннего распорядка. Моральное исправление. Порядок исполнения наказания. Права и обязанности осужденных. Поисково- спасательная деятельность. Jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 7- moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Rejim (fransuz tilida resime, lotinchada esa resimen) boshqaruv degan ma’noni anglatadi. Rejim so‘zi bir necha lug‘aviy ma’nolarga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi, boshqaruv usuli, ishda, ovqatlanishda, dam olishda, uyquda, davolanishda o‘rnatilgan hayot tartibi bo‘lib, muayyan maqsadlarga erishish uchun qo‘yiladigan qoidalar, tadbirlar, normalar yig‘indisidir. 242 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish joylarida rejimning qanday bo‘lishi va uning asosiy talablarini belgilashda: birinchidan, jazoning muayyan turi (ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shu jumladan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish) bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, jazoni ijro etish koloniyalarining tartib turiga ham bog‘liqdir (masalan, manzil-koloniyasi yoki umumiy, qattiq yoxud maxsus tartibli koloniyalar). Jazoni ijro etish muassasalarida rejim deganda, jazoni ijro etish jarayonida jinoyat-ijroiya qonunchiligi va boshqa qonunosti huquqiy normalari tomonidan belgilab qo‘yilgan jazoni ijro etish va o‘tash tartibi tushuniladi. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2012-yil 29- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 174-sonli buyrug‘i bilan yanada aniqlashtirilgan. Jazoni ijro etish va o‘tash tartibi (rejimi) maxsus adabiyotlarda yuridik va pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Yuridik nuqtai nazardan olib qaralganda rejim – jazoni ijro etish va o‘tashning jinoyat- ijroiya huquqi normalari tomonidan belgilangan tartibi va bu normalarga rioya etish yoki rioya etmaslik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatdir. Pedagogik nuqtai nazardan rejim tarbiya vositasi bo‘lib, u mahkumning ongiga shunday ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liqki, unga ko‘ra mahkum jamiyat uchun zararli bo‘lgan qarashlari va odatlarini tashlashi lozim. Shuning uchun ham rejimni huquqiy tartibga solish ma’lum ma’noda pedagogik vazifalarga ham bo‘ysundirilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim mahkumlarga nisbatan jazolash, tarbiyalash, ta’minlovchi va boshqa shu kabi bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, rejimni amalga oshirish jarayonida mahkumga nisbatan ba’zi bir huquqiy cheklashlar vujudga keladi va bu jazolashda namoyon bo‘ladi. Rejim qoidalari jazoni amalga oshirar ekan, mahkumni qonun talablariga rioya qilishga, intizomni buzmaslikka, ma’muriyatning qonuniy talablariga so‘zsiz itoat etishga, o‘zining salbiy xulq-atvorini o‘zgartirishga, mehnatga, o‘qishga vijdonan munosabatda bo‘lishga majbur qiladi va bu orqali tarbiyalash funksiyasini bajaradi. Rejimning ahamiyati yana shundan iboratki, u mahkumlarga axloqan ta’sir ko‘rsatishning boshqa vositalari (tarbiyaviy ish, ijtimoiy foydali mehnat, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi, jamoatchilik ta’siri)ni qo‘llash uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratadi va albatta, jazoni ijro etish muassasalarida yetarlicha tartib bo‘lmasa, bu choralardan birortasi ham samara bermaydi. Bunda rejimning ta’minlovchi funksiyasi namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati faqat mahkumlardan emas, balki muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ishchi va xizmatchilardan ham jinoyat- ijroiya qonunchiligiga va ichki tartib qoidalariga rioya qilishini talab etadi va bu bilan nafaqat mahkumlar tomonidan balki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan ham turli ko‘rinishdagi tartibbuzarliklar, huquqbuzarliklarni oldini olish funksiyasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 7-moddasining 3-qismiga binoan axloqan tuzatish vositasi hisoblangan jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qo‘llaniladi. Shunday qilib, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni ijro etish va o‘tash rejimi uning huquqiy prinsiplar

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются содержание, правовые основы режима в исправительных учреждениях и его роль в моральном исправлении осужденных.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются содержание, правовые основы режима в исправительных учреждениях и его роль в моральном исправлении осужденных. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Regime. Penal institutions. Criminal-executive code. Rules of internal, Rejim. Jazoni ijro etish muassasalari. Jinoyat-ijroiya kodeksi. Ichki tartib qoidalari. Axloqan tuzatish. Jazo tartibi. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari. Tezkor-qidiruv faoliyati., Режим. Уголовно-исполнительные учреждения. Уголовно-исполнительный кодекс. Правила внутреннего распорядка. Моральное исправление. Порядок исполнения наказания. Права и обязанности осужденных. Поисково-спасательная деятельность., Regime. Penal institutions. Criminal-executive code. Rules of internal procedure. Moral correction. Punishment procedure. Rights and obligations of convicts. Search and rescue activities.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники