К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH VA TAHLIL QILISHDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISH MASALALARI

Mirzanov Berdak Joldasbaevich · Joldasbaeva Tillaxan Nuwratdin qizi

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilish jarayonlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablariga muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada xalqaro standartlarga o‘tishning zarurligi, xarajatlarni tan olish va baholashda MHXS tamoyillarining o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, milliy va xalqaro yondashuvlar o‘rtasidagi asosiy tafovutlar tahlil qilingan. MHXS asosida xarajatlar hisobi va ishlab chiqarish tannarxini shakllantirishning metodik asoslari, buxgalteriya amaliyotida ularni tatbiq etish yo‘llari hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: xarajatlar, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlarni tahlil qilish, moliyaviy boshqaruv, audit, iqtisodiy samaradorlik. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor mexanizmlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda global iqtisodiy makondagi integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etish mamlakatning modernizatsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllandi. Mazkur yo‘nalishning amalga oshirilishi iqtisodiy tizimning ochiqligi, raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, u O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bunda, iqtisodiy islohotlarning muhim tarkibiy qismi sifatida hisob tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish masalasi alohida e’tibor markazida turibdi. Chunki global iqtisodiy makonda moliyaviy axborotning ishonchliligi, shaffofligi va solishtiriluvchanligi nafaqat ichki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, balki xorijiy investorlar, moliya institutlari va xalqaro hamkorlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS)ni tatbiq etish uchun mustahkam normativ-huquqiy asos shakllantirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ–4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda muhim hujjat hisoblanadi. Mazkur qarorga muvofiq, davlat korxonalari hamda yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritish majburiy etib belgilandi. Shu bilan birga, Moliya vazirligi huzurida MHXSni joriy etish bo‘yicha metodik muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etilib, bu standartlarning amaliyotda izchil qo‘llanishi uchun zarur tashkiliy va institutsional asos yaratdi. Ushbu huquqiy islohotlar xalqaro moliyaviy hisobot tamoyillarini milliy tizimga tatbiq etishning zarurligini ta’minlab, korxonalarning moliyaviy intizomini mustahkamlash, ularning xalqaro auditdan o‘tish imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy investorlar bilan axborot almashinuvi sifatini oshirish imkonini bermoqda. MHXSga asoslangan shaklda yuritilishi, eng avvalo, korxona faoliyati natijalarini xalqaro miqyosda taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, u iqtisodiyotda moliyaviy intizomni mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarining ishonchliligi reytingini oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro standartlarga muvofiq hisobot yuritish investorlar, auditorlar, soliq organlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun axborotning aniqligi hamda oshkoraligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron hisobot tizimlarini joriy etish va korporativ boshqaruv tamoyillarini rivojlantirish jarayonlari MHXS amaliyotini keng qo‘llash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Ayniqsa, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularni xalqaro auditdan o‘tkazish va xalqaro kapital bozorlariga chiqish jarayonlarida MHXSning ahamiyati beqiyosdir. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 380 ISSN: 2181-2861 MHXS – buxgalteriya hisobi, audit hamda tahlil sohalarida yagona metodologik yondashuvni shakllantirish orqali moliyaviy axborotning ishonchliligi, shaffofligi va taqqoslanish darajasini oshirishga xizmat qiluvchi me’yoriy tizim hisoblanadi. MHXSning asosiy maqsadi – turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini yagona tamoyillar asosida ifodalash hamda xalqaro miqyosda taqqoslanadigan hisobot tizimini yaratishdan iboratdir [4]. Yangi O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining amaliy bosqichida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish masalasi davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. MHXSni milliy amaliyotga joriy etish buxgalteriya hisobotlarining shaffofligini ta’minlash, moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) bilan MHXS o‘rtasida konseptual va metodologik jihatdan bir qator t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilish jarayonlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablariga muvofiqlashtirish masalalari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilish jarayonlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablariga muvofiqlashtirish masalalari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlarga, moliyaviy hisobotning, hisobotning xalqaro, xalqaro standartlari, joriy etish, zbekiston respublikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5