К содержанию
РецензированоUZ2026

PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOTNING XO’JALIK FAOLIYATIDAGI AXAMIYATI VA TUZISH TARTIBI

Ismoilov Shapaxat Sodiqovich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Maqolada tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi, “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”ni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning shaklini ishlab chiqish va hisobot ko’rsatkichlarini shakllantirishning tartibiga aloxida e’tibor qaratilgan. Tayanch so’zlar: aktiv passiv muomalalar, asosiy faoliyat, operatsion faoliyat, moliyaviy faoliyat, investitsion faoliyat, pul mablag’lari, pul mablag’lari ekvivalenti, pul oqimlari, buxgalteriya hisobi, bulgalteriya hisobining xalqaro standartlari, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, moliyaviy hisobot. Annotatsiya: V stat’ye rasmatrivayet’sya voprosi sostavleniya i razrabotki standartnoy tablitse pokazateley“Otchet’ dvijeniya o denejnix sredstv i osoboye vnimaniye udaleno texnichekiye aspekta pokazateley otchetov. The summary: In this article described question of composing and doing standard tables devoting to “Cash flow statement” and carefully paid attention to the technical aspects of indications of statement. Klyucheviye slova: operatsii aktiv-passiv, osnovnoy deyatel’nost’, operatsionnoy deyatel’nost’, finansovoy deyatel’nost’, buxgalterskiy uchet, mejdunarodniye standarti buxgalterskogo ucheta, otchet’ dvijeniya o denejnix sredstv, finansoviy otchetnost’, denejniye ekvivalentiy. Key words: active and passive operations, main activity, operation activity, financial activity, accounting, balance equity, international accounting standards, cash flow statement, financial statement, internal cycle, financial management. Moliyaviy hisobotning Xalqaro standartlarida korxona moliyaviy cholatining hakiqiy o’zgarishini tavsiflaydigan ma’lumotlarni yoritish nazarda tutiladi. Bunda hisobot tuzishda pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini tashkil etuvchi moddalar o’rtasidagi harakat bilan bog’lik pul oqimlari hisobot ko’rsatkichlariga kiritilmasligi lozim, degan talab ko’yiladi. Bunday toifadagi sof pul oqimlari korxona pul muomalalarini nazorat qilish va tartibga solishning aniq ob’yektini ko’rsatadi. Bunda korxonaning moliyaviy ahvoliga tashqi ta’sir ko’rsatmaydigan, ichki aylanmalar ko’rsatiladi. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishda pul mablag’lari oqimini aks ettirish va yoritish muhim ahamiyatga ega. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda schyotlar o’rtasidagi o’zaro pul mablag’lari aylanmalarini ochib berish pulning "bekor aylanishi"ni baholashga imkon beradi. Bular valyuta mablag’larini konvertatsiyalash, korxonaning joriy va maxsus schyotlaridagi pul mablag’lari qoldiqlarini saqlab turish, kassaga hisob-kito6 schyotidan pul olinishi va kassadan pul mablag’larini xisob-kitob schyotiga topshirish va boshqalar. Ular kapitalning qo’shimcha o’sishiga ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lib ko’rinishi mumkin, haqiqatda kurs tafovutlarini, depozit stavkalar bo’yicha foizlar hisoblash va hokazolar hisobiga ko’rsatib o’tilgan aktiv-passiv muomalalar xususiy kapitalning o’zgarishiga olib keladi. SHu jihatlari bilan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moliyaviy nazorat va moliyaviy menejment sohasiga to’g’ri keladi. Hisobot pul mablag’larining balansdagi qoldiq summalarinigina emas, pul massasi aylanmalarining summalari bilan o’zaro bog’lashga, korxona pul aylanmalarining tavsifini va manbalarining muhim jihatlarini hamda ushbu aylanmalarning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini ochib berish, pul kapitali aylanishining samaradorligini tavsiflash imkonini beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning muhim tarkibiy qismlaridan biri mulkdorlar va uchinchi shaxslar tomonidan pul mablag’larining xo’jalik aylanmasiga jalb qilinishi va undan chiqarilishi to’g’risidagi axborotlar hisoblanadi. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 373 ISSN: 2181-2861 Operatsion faoliyat bilan bog’liq pul oqimlari tushumi va sarflanishi to’g’risidagi axborotlar pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning eng muhim elementi hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, moliyaviy va investitsion faoliyat oborotlariga tegishli bo’lmagan, pul kapitali xarakatlanishining barcha moddalari korxonaning odatdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq joriy pul hisob-kitoblari katoriga kiradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning ikkinchi elementi, investitsion faoliyat bilan bog’liq pul aylanmalaridir. Faoliyatning ushbu turi korxona mablag’larining uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarga, qimmatli kog’ozlarga va kelgusida barqaror daromadlar olishni ta’minlaydigan hukuklarga yondosh bo’lib, shuning uchun kapital aktivlar toifasiga tegishli bo’ladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning belgilangan shaklini ishlab chiqishi va bosh daftardagi, hamda "kassa", "hisob kitob schyoti", "valyuta schyoti", "bankdagi maxsus schyotlar" va boshqa pul mablag’lari schyotlarining hisob registrlarida aks ettirilgan ko’rsatkichlar bog’liqligidan foydalanishi mumkin. Agar korxona ma’muriyati moliyaviy axborotlarni to’liq aks ettirishga harakat qilayotgan bo’lsa, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot konsepsiyasini ishla

Доказательный фрагмент

«Maqolada tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi, “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”ni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning shaklini ishlab ch…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi, “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”ni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning shaklini ishlab ch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
active and passive operations, main activity, operation activity, financial activity
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5