К содержанию
РецензированоUZ2026

XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MEHNAT HAQI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

Shukurоv Zаfаr Nаzаrоvich · Zаfаr Shukurоv @gmаil.cоm (Denоv tаdbirkоrlik vа pedаgоgikа instituti) · Tojiddinov Xusan (Denоv tаdbirkоrlik vа pedаgоgikа instituti)

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda mehnat haqini buxgalteriya hisobiga olish va xodimga ish haqi hisoblash yo’llari uslublari va uning qonunchilik bilan bog’liqligi o’rganilgan Kalit so’zlar:mehnat haqi,vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi,ta’rif setkasi,ta’rif razryadi. Xalqaro amaliyotda kompaniyalar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning turli darajada belgilanishi, hisobda va hisobotda aks ettirishi, ichki nazorat yuritish va audit qilish tartiblari bir qator iqtisodiy-ijtimoiy huquqiy hujjatlar asosida olib boriladi. Kompaniyalarda xodimlarning ish vaqti, vazifalarning turli darajadaligi, hamda, noanʼanaviy xususiyatlaridan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning hisobini xalqaro standartlar va xorijiy tajriba asosida yuritish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Mehnatga haq toʻlash ‒ ish beruvchining qonunlarga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, jamoaviy bitimlarga va mehnat shartnomalariga muvofiq ish beruvchilarning xodimlar mehnatlari uchun haq hisoblash va toʻlashlarini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimidir1.Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi2. Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: − ish joyi(korxona yoki uning bo‘linmasi); − xodimning mehnat vazifasi − mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim; − ishning boshlanish kuni; − mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; − mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. Mehnat shartnomalari: − nomuayyan muddatga; − besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga; − muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin3. 1 K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit” O’quv qo’llanma. T-2024 2 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. IX bob, 153-modda 3 Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 370 ISSN: 2181-2861 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin: 1)taraflarning kelishuviga ko‘ra.Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin; 2)taraflardan birining tashabbusi bilan; 3)muddatning tugashi bilan; 4)taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra; 5)mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin. 6)yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan. Ish haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar ish bay va vaqtbay ish haqini hisoblash deb quyidagicha hisoblagan. ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me„yoriga ko’paytirish yo’li bilan topiladi; vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o’rtacha ish haqiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi deb taqidlagan.4 Odatda, har qanday korxonaning asosiy maqsadi foydani oshirish va xarajatlarni kamaytirish hisoblanadi. Amaliyotda esa, ayrim boshqaruv xodimlari xarajatlarni shakllantirish va kamaytirish bo’yicha to’g’ri siyosat yuritmaydi. Natijada, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat darajasi past bo'ladi. Xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish asosi sifatida Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanuvchi tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qoʻllanilay

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqot ishida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda mehnat haqini buxgalteriya hisobiga olish va xodimga ish haqi hisoblash yo’llari uslublari va uning qonunchilik bilan bog’liqligi o’rganilgan Kalit so’zlar:mehnat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqot ishida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda mehnat haqini buxgalteriya hisobiga olish va xodimga ish haqi hisoblash yo’llari uslublari va uning qonunchilik bilan bog’liqligi o’rganilgan Kalit so’zlar:mehnat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ish haqi, mehnat shartnomasi, mehnatga haq, ish beruvchi, mehnat haqi, vaqtbay ish, haq toʻlashning
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники