К содержанию
РецензированоUZ2026

UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TAMINLASHDAGI ROLI

BARQARORLIKNI TAMINLASHDAGI ROLI · Yusupov Gulboy Amirovich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola korxonalarning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini taʼminlashda uzoq muddatli aktivlarning ahamiyatini tahlil qiladi. Uzoq muddatli aktivlarning mohiyati, tasnifi, hisobga olish tartibi va eskirish usullari yoritiladi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlar auditining maqsadlari, asosiy bosqichlari va amalga oshiriladigan protseduralari batafsil koʻrib chiqiladi. Maqolada ushbu jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari va zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Kalit soʻzlar: Uzoq muddatli aktivlar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, eskirish, amortizatsiya, aktivlar auditi, moliyaviy hisobot, baholash, aktivlarning qimmatsizlanishi, MHXS (IFRS), milliy hisob standartlari. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda1. Moliyaviy barqarorlikning asosiy omillaridan biri sifatida uzoq muddatli aktivlar — ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar hamda uzoq muddatli investitsiyalar — korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy resurslardandir. Uzoq muddatli aktivlardan samarali foydalanish, ularning yangilanish sur’ati va amortizatsiya siyosatining oqilona yuritilishi korxona kapitalining aylanish tezligi, rentabellik darajasi hamda investitsion jozibadorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, iqtisodiy o‘sishning innovatsion bosqichida korxonalarning texnik va texnologik bazasini mustahkamlash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda2. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan “O‘zbekiston –2030” strategiyasi doirasida ishlab chiqarishning texnologik yangilanishini jadallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va mahalliy korxonalar moliyaviy mustaqilligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora- tadbirlar ham uzoq muddatli aktivlarning ahamiyatini yanada oshirmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida uzoq muddatli aktivlarning hajmi va ulardan foydalanish samaradorligi barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 370 trillion so‘mdan oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning 60 foizdan ortig‘i sanoat va infratuzilma tarmoqlariga yo‘naltirilgan. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va texnologik yangilashga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida uzoq muddatli aktivlardan foydalanish samaradorligi bir xil emas. Sanoat, transport va energetika sohalarida asosiy vositalarning eskirish darajasi 35–45 foizni tashkil etmoqda, bu esa moliyaviy barqarorlikni saqlash uchun modernizatsiya va kapital ta’mirlashga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmini oshirish zaruratini bildiradi. Korxonalarning moliyaviy hisobotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli aktivlarning yuqori ulushi aktivlar umumiy hajmida korxonaning uzoq muddatli investitsion siyosat yuritayotganini bildiradi. Ammo ayrim hollarda aktivlarning qayta baholanishi, eskirish koeffitsientining ortishi hamda amortizatsiya siyosatining yetarli darajada samarali bo‘lmasligi natijasida korxona rentabelligi pasayib, likvidlik darajasi kamayadi. 1 G‘ulomov S.S., Xodiev B.Y., Abdullaeva G.R. Korxona iqtisodiyoti. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2020. 2 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. “Korxonalarda moliyaviy tahlilni amalga oshirish metodikasi”. – Toshkent: Moliya, 2021. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 367 ISSN: 2181-2861 So‘nggi yillarda qabul qilingan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” va “Sanoat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida asosiy vositalarni yangilash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar uzoq muddatli aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali korxonalarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini kengaytirish, lizing va kredit mexanizmlarini soddalashtirish natijasida ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vositalarni yangilashga bo‘lgan faolligi ortmoqda. Shu bois, uzoq muddatli aktivlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish, ularni tahlil qilish va monitoringini avtomatlashtirish hozirgi davrda muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Uzoq muddatli aktivlarning moliyaviy barqarorlikka ta’sirini baholashning an’anaviy usullari ko‘p hollarda faqat asosiy vositalarning hajmi yoki amortizatsiya darajasiga tayanadi. Ammo zamonaviy iqtisodiyot sharoitida bu yondashuv yetarli emas. Shu sababli, ushbu tadqiqot doirasid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola korxonalarning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini taʼminlashda uzoq muddatli aktivlarning ahamiyatini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola korxonalarning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini taʼminlashda uzoq muddatli aktivlarning ahamiyatini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uzoq muddatli, muddatli aktivlarning, korxonalarning moliyaviy, ishlab chiqarish, muddatli aktivlar, muddatli aktivlardan, aktivlarning ahamiyatini
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники