К содержанию
РецензированоUZ2026

XO‘JALİK YURİTUVCHİ SUBYEKTLARDA SOLİQ MAJBURİYATLARİ HİSOBİ

Yuldashova Farangiz Taxirovna · Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi (Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti)

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini hisobga olish jarayonida aylanmadan olinadigan soliqning amaliy jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: Aylanmadan olinadigan soliq, soliq majburiyatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, buxgalteriya hisobi, soliq tizimi, raqamlashtirish, elektron hisobot, soliq imtiyozlari, fiskal barqarorlik, soliq ma’murchiligi. Hozirgi raqamli iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini to‘g‘ri va shaffof yuritish davlat moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobining zamonaviy axborot texnologiyalari asosida avtomatlashtirilishi moliyaviy intizomni mustahkamlaydi, soliq hisobotlari aniqligini oshiradi hamda inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi. Soliq majburiyatlari hisobi buxgalteriya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, korxonalarning davlat oldidagi moliyaviy javobgarligini ifodalaydi. Bugungi kunda “e-Hisob”, “my.soliq.uz” kabi elektron platformalar soliq organlari bilan axborot almashinuvini tezlashtirmoqda. ERP tizimlari, bulutli texnologiyalar va elektron invoislar asosida hisobot yuritish esa soliqqa oid risklarni kamaytiradi. Soliq hisobining raqamlashtirilishi korxonalarda ichki nazoratni kuchaytirish bilan birga davlat soliq siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli bu yo‘nalishning o‘rganilishi ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Soliq majburiyatlari hisobi — bu xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat byudjeti va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi majburiyatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobotda aks ettirish jarayonidir. U Soliq kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilangan milliy buxgalteriya standartlariga asoslanadi. Soliq majburiyatlari tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: -foyda solig‘i (yuridik shaxslar uchun); -qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); -ijtimoiy soliq; -jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS); -mol-mulk, yer va suv soliqlari. -Aylanmadan olinadigan maxsus soliq rejimi Shu o’rinda biz xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlari hisobini yuritishda soddalashtirilgan soliq tizimi aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda raqamli iqtisodiyot sharoitida avtomatlashtirilgan soliq hisobotlarini shaklantirish va taqdim etishda mavjud muammolar ilmiy amaliy yechimlari to’g’risida tadqiqot olib boramiz. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar aylanmadan soliq to‘lash tartibini qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasiga asosan soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari1 ushbu soliq to‘lovchilari deb e’tirof etilishi belgilangan. Shuningdek soliq kodeksining 470-moddasiga asosan Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi belgilangan bo‘lib bunda hisobot 1 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasi Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 364 ISSN: 2181-2861 davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari boʻyicha — hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari boʻyicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay. Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlar hisobini yuritishda soliq majburiyatlarini bajarishda va to‘g‘ri, shaffof hisob yuritish muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda mazkur tezisimizda olib borayotgan tadqiqot mavzumiz doirasida majburiyatlar mazmun mohiyatini tushunish mavjud muammolarni bartaraf etish hamda oldini olishda asosiy qadam sifatida qaraladi. Majburiyat - bu xo‘jalik subyektining amalga oshirilgan harakatlari (bitimlar) natijasida shakllangan jalb qilingan mablag‘lar manbai bo‘lib, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelgusi to‘lovlar uchun yuridik asos sifatida xizmat qiladi2. Aylanmadan olinadigan solik tulovi summasi savdo va umumiy ovkatlashni korxonalari misolidan ko‘radigan bo‘lsak olib borilgan savdo faoliyati turlari bo‘yicha ular uchun belgilangan soliq stavkasini har bir faoliyat turiga to‘g‘ri keluvchi soliq solish bazasi summasiga kupaytirish orqalq topiladi. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi summasi yil boshidan boshlab o‘sish tartibida hisob-kitob yuritiladi. Jami hisoblangan soliq summasi va oldingi xisob-kntob summasi o‘rtasidagi farq oxirgi xisobot davriga (chorakka) to‘g‘ri keladigan soliq summasini bi

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini hisobga olish jarayonida aylanmadan olinadigan soliqning amaliy jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolar ilmiy asosda tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini hisobga olish jarayonida aylanmadan olinadigan soliqning amaliy jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jalik yurituvchi, aylanmadan olinadigan, soliq majburiyatlari, yurituvchi subyektlarda, davri yakunlari, yakunlari boʻyicha, soliq davri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники