Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI TAHLILI
Qudratov Umidjon Komiljon O’g`li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning qiymatini tekshirish va amortizatsiya usullarini o’rganish, hisob siyosatini tekshirish, audit dalillarini yig`ish, inventarizatsiya o`tkazish, ichki nazoratni baholash, amortizatsiya hisob kitobini qayta hisoblash va audit xulosasini berish haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, amortizatsiya, amortizatsiyalangan qiymat, inventarizatsiya, auditorlik tekshiruvi, aktivlar, auditorlik xulosasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdan iboratdir. Ushbu jarayonda korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu – asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, mahsulot sifati va hajmini bevosita belgilab beradi. Asosiy vositalardan samarali foydalanish uchun ularning texnik holatini doimiy nazorat qilib borish, eskirgan qismlarni o‘z vaqtida yangilash va ularning qiymatini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Shu nuqtai nazardan asosiy vositalar amortizatsiyasini hisoblash masalasi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi. Amortizatsiya — bu asosiy vositalarning qiymatini ularning foydalanish muddati davomida bosqichma- bosqich mahsulot tannarxiga o‘tkazish jarayonidir. To‘g‘ri tashkil etilgan amortizatsiya siyosati korxonaning moliyaviy natijalariga, foyda miqdoriga hamda kelajakdagi investitsion faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, amortizatsiyani hisoblash usullarini tanlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. T.Toshmurodov fikricha, “Asosiy vositalarning amortizatsiyasi korxona ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ularning qiymatini asta-sekin mahsulot tannarxiga o’tkazish jarayonidir. Bu jarayon korxonaning haqiqiy moliyaviy natijasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi” A.Mavlonov fikriga ko’ra “Amortizatsiya ajratmalari korxonaning o’z ishlab chiqarish vositalarini yangilash Manbai sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, amortizatsiya siyosati investitision faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak” O‘zbekiston Respublikasida bu jarayonni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, ularga muvofiq korxonalar o‘zlarining asosiy vositalari uchun belgilangan amortizatsiya me’yorlari asosida amortizatsiya ajratmalarini amalga oshiradilar. Biroq iqtisodiyotning jadal modernizatsiyalashuvi, texnologik yangilanishlar va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish jarayonida amortizatsiya siyosatini takomillashtirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ushbu ishda asosiy vositalar amortizatsiyasining mohiyati, hisoblash usullari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri va amortizatsiya hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 339 ISSN: 2181-2861 holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi.1 Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar, konservatsiya qilingan asosiy vositalar.2 Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida tizimli taqsimlanadi. Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan sanadan toʻxtatiladi. Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujja
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning qiymatini tekshirish va amortizatsiya usullarini o’rganish, hisob siyosatini tekshirish, audit dalillarini yig`ish, inventarizatsiya o`tkazish, ichki nazoratni bahol…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning qiymatini tekshirish va amortizatsiya usullarini o’rganish, hisob siyosatini tekshirish, audit dalillarini yig`ish, inventarizatsiya o`tkazish, ichki nazoratni bahol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- asosiy vositalar, ishlab chiqarish, asosiy vositalarni, ularning qiymatini, korxonaning ishlab, asosiy vositalarning, amortizatsiya ajratmalarini
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020