К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJETINI SHAKLLANISHIDA BILVOSITA SOLIQLARNING FISKAL SAMARADORLIGI

Abdulxayeva Shaxnoza Muxammadievna

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2024

Аннотация

Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng istiqbolli soliqlardan biri sifatida davlat xizmatlarini moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega. Bilvosita soliqlarni hisoblash va ularni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamaytiradi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ushbu maqolada uni bartaraf etish soliq tizimini yanada samarali va adolatli qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi Kalit so‘zlar: davlat byudjeti daromadlari, QQS, aksiz solig‘i, soliq nazorati, iqtisodiy barqarorlik, soliq boshqaruvi, davlat moliyasi, soliqlarni hisoblash usullari, soliq tizimi, soliq islohoti, soliq siyosati, soliq ma’murchiligi, soliq to‘lovchi, soliq imtiyozi. O‘zbekistonda bilvosita soliqlar joriy qilingandan boshlab shu kungacha budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanib, budjet tizimining barqaror shakllantiruvchi manbalaridan biri hisoblandi. Bilvosita soliqlar orqali yig‘iladigan mablag‘lar davlat budjetining barqarorligini ta’minlashda yuqori fiskal samaraga ega. 2024 yilda bilvosita soliqlar Davlat budjeti daromadlarning asosiy qismini tashkil qilib, umumiy daromadlar prognozining 41,3 foizini tashkil etadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar 74,0 trln so‘mni, aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar 22,7 trln so‘mni, yoki bojxona bojlari bo‘yicha tushumlar 14,8 trln so‘mni tashktl etadi. 2024 yilda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari taqchilligi 3,1 foiz miqdorida prognoz qilinayotgan bo‘lib, 2025–2026 yillarda taqchillik 1,8-2,2 foizgacha pasayishi prognoz qilingan.1 Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal siyosatning yuritilishi orqali barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda. Davlat budjetini shakllantirishda soliq tushumlarining yuqori ulushi bilvosita soliqlar hisobidan to‘ldiriladi. To‘g‘ri soliqqa tortilmagan, qayd etilmagan daromadlar bilvosita soliqlarga tortiladi. Shunday qilib, bilvosita soliqlar shu kungacha budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisobladi. Soliq tizimini isloh qilish uchun bir qator siyosatchilar bir qator maqsadlar belgilashni e’tirof qildilar. Bularning ichida eng muhimlari: nisbatan soddalik (simplicity), barqarorlik (stability), adolatlilik (fairness fairness), daromadlarni muvozanatli taqsimlash (adequate revenue) va iqtisodiy samaradorlik (economic efficiency), fiskal samaradorlik (fiscal efficiency) kabi tamoyillar asosidagi pirovard maqsadlar ilgari surilishini e’tirof etadilar (C. Alan Garner)2. Soddalilik soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida soliqlarni hisoblash va budjetga o‘tkazishdagi xarajatlarni kamaytirish orqali davlat moliyaviy faoliyatida iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shuningdek, soliq tizimining soddaliligi soliq to‘lovchilarning soliqlar to‘g‘risidagi bilimlarini, soliq madaniyatini oshirishga imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Buning natijasida soliq to‘lovchilar soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida soliqlarni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamayishiga zamin yaratadi. Bilvosita soliqlarning undilishining asosiy maqsadi va funksiyasi fiskal funksiya hisoblanadi. Fiskal samaradorlik soliq yukining budjetga bilvosita soliqlar tushumlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal siyosatning yuritilishi orqali barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda. 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi “O‘zbekiston – 2030” 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard AQSh dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish, kelgusi 7 yilda asosiy 1 Budjetnoma 2024-2026 yil. Toshkent 2023 yil. 2 C. Alan Garner Consumption Taxes: Macroeconomic Effects and Policy Issues Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 323 ISSN: 2181-2861 kapitalga 250 mlrd AQSh dollardan ortiq investitsiyalarni o‘zlashtirish va unda 110 mlrd AQSh dollardan ortiq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, 2030 yilga borib yillik eksport hajmini esa 45 mlrd AQSh dollarga yetkazish, Davlat qarzini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik vazifasini ta’minlash maqsad qilingan. Prognozlarga ko‘ra 2023-2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,6-5,8 foiz doirasida, 2025-2026 yillarda mos ravishda 6,2 va 6,4 foizgacha o‘sishi ko‘zga tutilgan. 3 Quyidagi 1-jadvalda iqtisodiy o‘sishdan kelib chiqib 2025-2026 yillarda Davlat budjeti daromadlari prognozi va mo‘ljallari keltirilgan. Soliq turlari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi va mo‘ljallari, trln so‘m4 Soliq turlari 2023 2024 yil 2025 2026 yil mo‘ljal yil prognoz yil mo‘ljal Bevosita soliqlar 73,3 85,6 102,8 120,4 Bil

Доказательный фрагмент

«Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng istiqbolli soliqlardan b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng istiqbolli soliqlardan b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilvosita soliqlar, soliqlarni hisoblash, davlat budjeti, aksiz solig, qismini tashkil, yicha tushumlar, tushumlar trln
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5