Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SOLIQ NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Shodmonov Davron Do’stmurodovich · ORCID ID: ---
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 127- 143 · 2026
Аннотация
В данной статье рассмотрены теоретические вопросы налогового контроля в условиях цифровой экономики. Результаты проверок налогового контроля по формам и видам представлены на основе информации, полученной из практики. Ключевые слова: цифровизация, налог, налоговый контроль, налоговая проверка, налоговый аудит Аnnotation: This article discusses theoretical issues of tax audit in the digital economy. The results of tax control audits by form and type are presented on the basis of information obtained from practice. Key words: digitalization, tax, tax control, tax audit. KIRISH. Iqtisodiyotni raqamlashtirishning rivojlanishi sharoitida soliq nazoratini va umuman soliq tizimini o‘zgartirish zaruratga aylandi, chunki raqamlashtirish katta ma’lumotlar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Soliq nazoratini rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri bu "katta ma’lumotlar" (Big Date) deb ataladigan texnologiyalarni joriy etishdir. Ushbu texnologiyalar (Big Date) tufayli soliq organlari uchun bir qator imkoniyatlar ochiladi: ular soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi, soliq to‘lovchilarning noqonuniy faoliyatini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlaydi. TADQIQOT METODLARI. Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqamlashtirish modellari kabi metodlardan foydalanildi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq nazorati soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash qo‘shimcha soliqlar, jarimalar va penyalar shaklida budjetga qo‘shimcha to‘lovlarni undirish imkonini beruvchi hamda bu orqali soliq qonunchiligini buzilishini oldini olish yoki minimallashtirishni ta’minlaydigan turli raqamli axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashga asoslanadi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlari va umuman soliq tizimini rivojlantirish, jumladan, soliq nazorati bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, u hozirgi kunda nafaqat ilmiy munozaralar obyekti, balki jiddiy amaliy muammoga ham aylanib bormoqda. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘rganilayotgan masala iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq xizmati faoliyatini birinchi bosqichda, raqamli iqtisodiyot sharoitida esa keyingi bosqichda aniq tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni hal etish zarurligini tavsiflaydi. Raqamli makon juda keng ko‘lamli va subyektlarning soliqlarni to‘lamagan holda daromad olish imkoniyatlari shunchalik kengki, bunday imkoniyatlarning yaratilish va ulardan foydalanish tezligi ham juda tez o‘sib bormoqda. Natijada, davlatlarning barcha soliq xizmatlari va soliq nazorati tizimlari ham nazoratni kerakli darajada amalga oshira olmaydi. Bu esa soliq nazorati tizimini raqamlashtirishni talab qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI Hozirgi vaqtda soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirish masalalari mamalakatimiz va xorijiy adabiyotlarda tez-tez ishlatiladigan tushuncha bo‘lib qolmoqda. Biroq, meyoriy huquqiy hujjatlarda ham, iqtisodiy adabiyotlarda ham yuqoridagi tushunchalar har xil talqin qilinmoqda. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 312 ISSN: 2181-2861 Bu borada Т.А.Ефремова quyidagi fikrlarni bildirgan, samarali soliq nazoratini tashkil etishning birinchi navbatdagi sharti esa soliq va buxgalteriya hisobotlarining elektron tarzda taqdim etishning zamonaviy ilg‘or axborot texnologik tizimga asoslangan soliq nazorati hisoblanadi1. I.Zhuravleva va S.Shamayevlarning fikricha, "Raqamli hukumat" tushunchasi turli davlatlar siyosatida tobora ko‘proq aks etmoqda. Shu bilan birga, ushbu konsepsiyaning rivojlanishi ko‘plab sohalarda, jumladan, soliq munosabatlari sohasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish, bir tomondan, fuqarolar va tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va yig‘imlarni hisoblash jarayonini soddalashtirish, ularga qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar va amaldagi soliq imtiyozlari to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini bersa, boshqa tomondan, soliq organlariga ishlarning bir qismini avtomatlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi2. K.A.Faizova o‘zining ilmiy ishlarida raqamlashtirish sharoitida soliq nazoratini o‘zgartirishning asosiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilgan. Bugungi kunda soliq organlari faoliyatida soliq qonunchiligiga muvofiq soliq nazorati va ma’muriyatchiligini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beruvchi nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi yuqori sifatli dasturiy ta’minotdan foydalanilmoqda. Soliq nazoratini raqamli o‘zgartirishning huquqiy tartibga solishga ta’siri nuqtai nazaridan quyidagi o‘tish davri qoidalari qayd etilgan: soliq tartib-qoidalarini raqamli shaklda amalga oshirish soliq nazorati bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni bir xil shaklda amalga oshirishni nazarda tutadi; shuningdek, soliq nazorati jarayonidan korrupsion harakatlar va inson omilini istisno qilis
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассмотрены теоретические вопросы налогового контроля в условиях цифровой экономики.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассмотрены теоретические вопросы налогового контроля в условиях цифровой экономики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digitalization, tax, tax control, tax audit
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021