К содержанию
РецензированоUZ2026

FOYDA SOLIGʻINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING O`ZBEKISTON RESLIKASI SOLIQ TIZIMIDAGI OʻRNI

Zaynalov Jaxongir Rasulovich · Abdulxaeva Shaxnoza Muxammadievna

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati, shuningdek, uning O`zbekiston Reslikasi soliq tizimidagi oʻrni koʻrib chiqilada. Shuningdek foyda soligʻining iqtisodiyotdagi rolini oʻrganishga e’tibor qaratiladi. Kalit soʻzlar: iqtisodiy subyekt, rivojlanish, foyda soligʻi, soliq tizimi, O`zbekiston Reslikasining byudjeti, tushumlar, foyda, nazorat, soliq imtiyozlari. Jahon tajribasilariga kоʻra soliq sohasida samarali tizim yaratib soliqni tartibga solish iqtisodiyotini boshqarishning eng muhim shakli hisoblanadi. Soliq tizimi yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta taqsimlash orqali aholining ijtimoiy turmushini yaxshilashda xizmat qiladi. Soliq siyosatii orqali ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va rivojlantirish imkonini beradi. Soliqlarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati davlat xazinasini tоʻldiruvchi asosiy manba bоʻlib, soliqlar yordamida davlat оʻz vazifalarini bajarish uchun zarur bоʻlgan moliyaviy resurslarni ta`minlaydi. Davlat tomonidan aholi va korxonalarning daromadlarining bir qismini оʻzlashtirish shakli sifatida namoyon bоʻladi. Davlatning vazifalarining kengayishi moliyaviy resurslar uchun ehtiyojlari yanada oshishiga olib keladi. Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirishga, soliq islohotlarining davomi sifatida soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish orqali soliq bazasini yanada kengaytirish, aksiz soligʻi stavkalarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish, daromadlarni deklaratsiyalash tizimini soddalashtirish va bosqichma-bosqich majburiy taqdim etish amaliyotini joriy etish orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini undirish tartibini yanada takomillashtirish budjet daromadlari oʻsishini taʼminlovchi omillar sifatida xizmat qilishi taʼkidlangan1. Fiskal barqarorlikni taʼminlash yoʻnalishida: – konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini YIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik; – soliq, bojxona va budjet siyosatini JST talablariga uygʻunlashtirish; – soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va uning samaradorligini yanada oshirish. Foyda soligʻi korxonalar va tashkilotlar tomonidan olingan daromaddan undiriladigan asosiy soliqlardan biridir. Foyda soligʻining asosiy mohiyati shundaki, u davlat byudjet daromadlarining salmoqli qismini tashkil qilib, davlat sogʻliqni saqlash, maorif va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilmalarni ijtimoiy himoya qilishi hamda takomillashtirishi mumkin. Foyda soligʻi iqtisidiyotda bir qator asosiy vazifalarni bajarib, ular jumlasiga quyudagilar kiradii: Birinchidan, tadbirkorlik faoliyati va investitsiyalarni ragʻbatlantirish imkonini beradi; Ikkinchidan yangi loyihalarni moliyalashtiradi va ishlab chiqarishni rivojlantirish investorlarni jalb qilish imkonini yaratiladi; Uchinchidn foyda soligʻi taqsimot vazifasini ham bajaradi. Masalan, aksiya egalariga dividendlar toʻlashga yoʻnaltirilib adolatli taqsimlash imkonini beradi. Foyda soligʻi quyidagi funksiyalarini oʻz ichiga oladi (1-ra sm) 1 https://www.imf.org/en/Publications/CR/Issues/2024/07/11/Republic-of-Uzbekistan-2024-Article-IV- ConsultationPress-Release-and-Staff-Report-551710 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 306 ISSN: 2181-2861 Foyda solig’ining funksiyalari Fiskal funksiya Taqsimlash funksiyasi Rag’batlantiruvchi funksiya Tartibga solish funksiyasi 1-rasm. Foyda soligʻining funksiyalari2 1. Foyda soligʻining asosiy funksiyasi fiskal funksiya boʻlib, u ta’lim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya infratuzilmani rivojlantirish va davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi. 2. Foyda soligʻining taqsimlash funksiyasi yanada adolatli daromadlarni taqsimlash imkonini beradi. 3. Tartibga solish funksiyasi: foyda soligʻidan iqtisodiy faollikni tartibga solish va investitsiyalarni ragʻbatlantirish uchun foydalanish mumkin. 4. Ma’muriy funksiya: foyda soligʻi soliq toʻlovlarini nazorat qilish va yigʻish bilan bogʻliq ma’muriy funksiyani bajarib, soliq tartib-taomillari va talablarini belgilaydi. Foyda soligʻi shuningdek, mikroiqtisodiy darajada quyidagi bir nechta funksiyalarni ham bajaradi: ➢ Davlat budjetini moliyalashtirish, yani jamoat xizmatlari, infratuzilma va boshqa davlat dasturlarini moliyalashtiridi. ➢ Soliq toʻlovlarini nazorat qilish va yigʻish bilan bogʻliq ma’muriy funksiyani ham bajaradi. ➢ Iqtisodiyotni tartibga solish. Foyda soligʻidan iqtisodiyotni tartibga solish uchun foydalanish mumkin. ➢ Daromadlarni taqsimlash. Daromad soligʻi yanada adolatli taqsimlanishni taʼminlashga yordam beradi ➢ Iqtisodiy ragʻbatlantirish. Daromad soligʻi tadbirkorlar va kompaniyalar uchun oʻsish va rivojlanishga turtki boʻlishi mumkin. ➢ Nazorat. Foyda soligʻi korxonalar faoliyatini nazorat qilish va nazorat qilish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Davlat soliq solish tizimidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, moliyaviy hisobot talablariga hamda boshqa qoidalar va normalarga amal qiladi. Makroiqtisodiy darajada foyda soligʻi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Iqtisodiyotni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati, shuningdek, uning O`zbekiston Reslikasi soliq tizimidagi oʻrni koʻrib chiqilada.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati, shuningdek, uning O`zbekiston Reslikasi soliq tizimidagi oʻrni koʻrib chiqilada. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foyda soligʻi, foyda soligʻining, tartibga solish, imkonini beradi, nazorat qilish, soligʻi soliq, soliq tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники