Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
DAVLAT XARIDLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Xolto‘rayev Abduraxmon · O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022
Аннотация
Ushbu tezisda davlat xaridlari nima uchun mamlakatga kerak ekanligi va ularning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida aytib etilgan va ushbu tizimni rivojlantirish haqida bir necha usllar keltirib o‘tilgan.Va bunga oid bir qancha statistik ma’lumotlar va qonun loyihalari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: xom-ashyo, buyum, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatdagi predmetlar, elektr energiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Davlat xaridi deganda davlat tomonidan, davlat buyurtmachilarining tovarlar, ish, xizmatlar xarididir. Joriy davrdagi islohotlarning ustivor yo‘nalishlaridan bo‘lib davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan mablag‘ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishish xisoblanadi. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Bozordagi tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan talab va taklifni muvozanatlashuvida davlat tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar alohida o’rin tutadi. Davlat xaridining predmeti bo’lib, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlarga - xom-ashyo, buyum, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatdagi predmetlar, elektr energiyasi, shuningdek, tovarlarni etkazib berish bo’yicha xizmatlar qiymati (agar u tovarning bahosidan yuqori bo’lmasa) kiritiladi. Davlat xaridlarining subyektlari bo’lib davlat buyurtmachilari, xarid komissiyasi, ixtisoslashgan tashkilot, ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori. Davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi: 1) budjet buyurtmachilari: -davlat organlari va muassasalari; -budjet tashkilotlari; -xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar; -davlat maqsadli jamg‘armalari; -budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar; 2) korporativ buyurtmachilar: -davlat korxonalari; Davlat xaridlari oxirgi yillarda sezilarli darajada o‘sgan misol uchun: 2023-yil I choragi bo‘yicha jami 79 228 mlrd.so‘m miqdordagi davlat xaridlari amalga oshirilgan.1 Unga ko‘ra; 1 https://www.imf.uz/ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti) ma’lumotlari asosida Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 293 ISSN: 2181-2861 1-rasm. Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar2 Sohani yanada rivojlantirish maqsadida qonunlar qabul qilingan ulardan eng asosiylari sifatida davlat xaridlari sohasini takomillashtirish maqsadida 2021 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-684- sonli “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilingan. Ushbu Qonunning amal qilishi: O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida va boshqa davlat dasturlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni ro‘yobga chiqarish chog‘ida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini yuritish chog‘ida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga; agar donor mamlakatlarning, xalqaro tashkilotlarning, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik ko‘makni va boshqa tashqi beg‘araz ko‘makni taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasiga beriladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga. Bunda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartib-taomillarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik ko‘makni va boshqa tashqi beg‘araz ko‘makni taqdim etish shartlarida belgilangan tartib- taomillardan qat’i nazar, davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi; agar moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordamini taqdim etish hamda boshqa beg‘araz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtirish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordami hisobidan hamda boshqa beg‘araz, qaytari
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda davlat xaridlari nima uchun mamlakatga kerak ekanligi va ularning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida aytib etilgan va ushbu tizimni rivojlantirish haqida bir necha usllar keltirib o‘tilgan.Va bunga oid bi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda davlat xaridlari nima uchun mamlakatga kerak ekanligi va ularning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida aytib etilgan va ushbu tizimni rivojlantirish haqida bir necha usllar keltirib o‘tilgan.Va bunga oid bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- davlat xaridlari, zbekiston respublikasi, beg araz, davlat xaridlariga, lib davlat, mablag lari, amalga oshiriladigan
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021