Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MAHALLIY SOLIQLARNI UNDURUVCHANLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Ravshanov Xurshid Akramovich
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va ma’muriy omillar tahlil qilingan. Soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, tadbirkorlik faolligining o‘sishi, soliq to‘lovchilarning moliyaviy intizomi hamda soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi mahalliy byudjet daromadlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, mahalliy soliqlarni undirishda axborot tizimlarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot mexanizmlarini rivojlantirish va hududiy soliq organlari faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar. mahalliy soliqlar, unduruvchanlik, soliq ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish, tadbirkorlik faolligi, soliq intizomi, mahalliy byudjet, soliq imtiyozlari, fiskal barqarorlik. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlar moliyaviy mustaqillikka erishish jarayonida mahalliy soliqlar va ularning unduruuvchanligi muhim o‘rin tutadi. Chunki mahalliy soliqlar nafaqat hududlarning fiskal barqarorligini ta’minlaydi, balki mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda asosiy moliyaviy manba sifatida xizmat qiladi. Shu boisdan, mahalliy soliqlarning unduruuvchanligini oshirish bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning undiruvchanligiga ta’sir qiluvchi omillar bu soliqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va samarali undirilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillar majmuasidir. Ularning har biri mahalliy soliq bazasining shakllanishi, kengayishi va boshqarilishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi. Ushbu tezisimizda mazkur omillarni tahlil qilishda 4 guruhga ajratilgan holatda (1.3.1-rasm) ko’rib chiqamiz xususan ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va ma’muriy boshqaruv guruhlari tarkibida ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga harakat qilamiz. Iqtisodiy Soliqlarni undiruvchanligiga Ma'muriy ta'sir etuvchi Ijtimoiy omillar guruhlanishi Demografik Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 287 ISSN: 2181-2861 1-rasm. Mahalliy soliqlarni undiruvchanligiga ta’sir etuvchi omillar guruhlanishi1 Mahalliy soliqlarning unduruvchanligi mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayonning samaradorligi iqtisodiy faoliyat darajasi, soliq ma’muriyatchiligi, aholi moliyaviy madaniyati hamda hududiy resurslar imkoniyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi mahalliy byudjet daromadlarining barqarorligi, hududlardagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyati va davlat moliyasining uzluksizligini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi omillar shartli ravishda to‘rt guruhga — iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy va demografik omillarga ajratiladi. Iqtisodiy omillar, avvalo, hududning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik faolligi, ishlab chiqarish hajmi va investitsiya muhiti bilan belgilanadi. Agar hududda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan bo‘lsa, soliq bazasi kengayadi, bu esa unduruvchanlikni oshiradi. Shu bilan birga, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarishning pasayishi yoki norasmiy iqtisodiyot ulushining yuqoriligi mahalliy soliqlar tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliq imtiyozlarining ortiqcha berilishi ham fiskal imkoniyatlarni qisqartiradi va byudjetning daromad qismidagi bo‘shliqlarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy omillar aholining soliqqa munosabati, moliyaviy savodxonligi va soliq intizomi bilan bog‘liq. Soliq to‘lovchilarning huquqiy bilimi va davlat organlariga bo‘lgan ishonchi qanchalik yuqori bo‘lsa, unduruvchanlik ham shunchalik barqaror bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, aholi o‘rtasida soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, ochiq ma’lumot platformalari orqali soliq mablag‘larining sarflanishini jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ammo ayrim hududlarda aholida soliq tizimiga nisbatan ishonksizlik, befarqlik va noqonuniy ish faoliyatining keng tarqalganligi soliqlarning to‘liq undirilishini qiyinlashtiradi. Ma’muriy omillar soliq ma’muriyatchiligi samaradorligi, nazorat tizimi va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimida raqamlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. “my.soliq.uz”, “Soliq mobil” ilovalari, elektron hisob-faktura tizimi kabi yechimlar soliq hisobini avtomatlashtirish va inson omilini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa soliqlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlaydi. Biroq ayrim hududlarda soliq organlari moddiy-texnika bazasining yetarli emasligi, xodimlar malakasining turlicha bo‘lishi va axborot tizimlarining to‘liq integratsiya qilinmagani ma’muriy samaradorlikni cheklab qo‘yadi. Demografik omillar aholining soni, yosh tarkibi, migratsiya jarayonlari va mehnat resurslari bilan bog‘liqdir. Hududda aholi soni ko‘payishi, mehnatga layoqatli qatlamning o‘sishi soliq bazasining kengayishiga xizmat qiladi. Binobarin, mig
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va ma’muriy omillar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va ma’muriy omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mahalliy soliqlarning, sir etuvchi, mahalliy soliqlar, mahalliy byudjet, soliq muriyatchiligi, soliqlarning vaqtida, soliqlarning unduruvchanligiga
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Научные статьиGaipova N2026
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009