К содержанию
РецензированоUZ2026

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET VA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR BO’YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETALARI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH VA TAQDIM ETISH TARTIBI

Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi · Yuldashova Farangiz Taxirovna (Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti)

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda xarajatlar smetasi, unga kiritiladigan xarajatlar turlari, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning taqsimlanishi, shtatlar jadvali, tuzilishi va tarkibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar Kirish. Budjet tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va ijtimoiy sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy moliyaviy mexanizmlaridan biridir. Ularning moliyaviy resurslari asosan davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda budjetdan tashqari manbalar hisobiga shakllanadi. Shuning uchun daromad va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi bu tashkilotlar uchun eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy rejasi sifatida smeta va shtatlar jadvali muhim hujjatlar sirasiga kiradi. Ular yordamida tashkilot o‘z faoliyatini moliyaviy jihatdan rejalashtiradi, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlaydi va davlat tomonidan ajratilgan resurslar ustidan nazoratni amalga oshiradi. Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetlarida hamda mahalliy budjetlarda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Budjet smetasi — bu budjet tashkilotining maʼlum bir moliya yili uchun moʻljallangan daromadlari va xarajatlarini belgilovchi asosiy moliyaviy hujjatdir. Smetada tashkilotning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlar turlari aniq tasnif asosida keltiriladi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari soʻmda tuziladi. Xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha ishlarni tashkil etish davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, qoʻmitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va boʻlimlari oʻzlariga boʻysunuvchi tashkilotlarga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va iqtisodiyot va moliya organining mazkur masala boʻyicha koʻrsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.1 Budjet smetasi quyidagi maqsadlarda tuziladi: ✓ Tashkilot faoliyatining moliyaviy asoslarini belgilash; 1 https://lex.uz/ru/docs/-2520442?ONDATE=28.12.2024 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 281 ISSN: 2181-2861 ✓ Ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash; ✓ Budjet ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish; ✓ Xarajatlarning iqtisodiy tasnifini to‘g‘ri aks ettirish. ✓ Budjet smetasi davlat g‘aznachiligi orqali moliyalashtirishning asosiy hujjati sifatida xizmat qiladi. Budjetdan tashqari mablagʻlar — bu tashkilotning to‘lovli xizmatlar, xo‘jalik faoliyati, homiylik mablagʻlari, xalqaro grantlar, shuningdek, boshqa qonuniy manbalar hisobiga olingan tushumlaridir. Bu mablagʻlar hisobidan: ✓ qo‘shimcha moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ✓ xodimlarni rag‘batlantirish, ✓ ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash, ✓ kapital taʼmirlash va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Budjetdan tashqari mablagʻlar bo‘yicha alohida smeta tuziladi. Unda mablagʻ manbalari, rejalashtirilgan daromadlar, xarajatlar yo‘nalishlari aniq ko‘rsatiladi. Bu smeta ham Moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3 -sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sоnli qarоriga asоsan qayta tahrirlangan2) muvоfiq byudjet tashkilоtlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan.3 Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjeti mablag‘i bilan ta’minlanadi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo‘shimchalar; III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq); IV. Boshqa xarajatlar. Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida budjet tashkilotlari budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi. Moliya organlari tomonidan belgilangan budjet parametrlari hamda tegishli ko‘rsatmasi asosida budjet tashkilot

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda xarajatlar smetasi, unga kiritiladigan xarajatlar turlari, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning taqsimlanishi, shtatlar jadvali, tuzilishi va tarkibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda xarajatlar smetasi, unga kiritiladigan xarajatlar turlari, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning taqsimlanishi, shtatlar jadvali, tuzilishi va tarkibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xarajatlar smetasi, budjet tashkilotlari, budjet budjetdan, budjetdan mablag, shtatlar jadvali, mablag lar, xarajatlar smetalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники