К содержанию
РецензированоUZ2026

QURILISH TASHKILOTLARIDA FOYDA SOLIG’INI HISOBLASH VA TO’LASH TARTIBI

TO’LASH TARTIBI · Eshmamatova Muxlisa Abdurashid qizi

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda qurilish tashkilotlarida foyda solig‘ining mazmuni, uni hisoblash va to‘lash tartibi, amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yoritiladi. Kalit so’zlar: Qurilish tashkilotlari, soliqqa tortish tartibi,foyda solig‘i,soliq imtiyozlari, xarajatlar, daromadlar. Kirish. Qurilish sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi.Sababi u nafaqat ishlab chiqarish va infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlaydi, balki shuningdek aholini yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, ularning turmush darajasini oshirish va investitsiyalarni jalb etishda ham katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “qurilish sohasi davlatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari rivojlanishiga katta turtki beradigan sohadir”1. Shu bois, ushbu tarmoqda samarali soliq siyosatini yuritish va soliqqa tortish mexanizmlarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda qurilish tashkilotlarining faoliyati davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar, ayniqsa foyda solig‘i orqali muhim o‘rin egallaydi. Foyda solig‘i korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini aks ettiruvchi asosiy soliq turi bo‘lib, u korxonaning iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi. Qurilish korxonalari uchun foyda solig‘ini to‘g‘ri hisoblash, vaqtida to‘lash hamda hisobotlarni yuritish tartibini o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Foyda solig‘i xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olinadigan foydadan undiriladiagan bevosita soliq va asosiy davlat soliqlaridan biridir.U korxona va tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijasini ko’rsatadi va shuningdek davlat byudjetining muhim daromad manbasi hisoblanadi. Soliq kodeksining 13-moddasida moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega boʻlgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi. Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.2 Yuridik shaxslar foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: • ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan taqiqlangan faoliyatdan tashqari); • o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lishi; • mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo‘lishi; • bankda hisob raqamiga ega bo‘lishi; • identifikatsion raqamga ega bo‘lishi. • mahalliy hokimiyat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi Umumiy tartib bo‘yicha yuridik shaxslar qayd etilgan shartlarga javob bersagina foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar3.Shunga ko‘ra qurilish tashkilotlari ham ko‘rsatilgan shartlarga javob bera olgani uchun foyda solig‘i to‘lovchilaridan biri hisoblanadi. Qurilish tashkiloti-bu turli bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Bunday 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil 27-iyul kuni Qurilish sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqidan.Manba: https://president.uz/ 2 https://lex.uz/acts/-152637 3 A.V.Vahobov Jo‘raev A.S., Soliqlar va soliqqa tortish, Toshkent, 2009. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 265 ISSN: 2181-2861 tashkilotlar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, o‘z moliyaviy va soliq majburiyatlarini mustaqil bajaradi. Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari qatoriga yangi obyektlar qurilishi, mavjud binolarni qayta ta’mirlash, injenerlik kommunikatsiyalarini tortish, yo‘l va ko‘priklar barpo etish ishlari kiradi. Qurilish tashkilotlarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi. Qurilish tashkilotlarining jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo‘lgan bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar,qurulish ob‘ektlari topshirish yoki shartnomalar asosida olingan daromad hisobidan shakillanadi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar; • boshqa daromadlar. Foyda ko’rsatilgan solig‘i soliq bazasi korxonaning umumiy daromadlaridan qonun hujjatlarda ko’rsatilgan tartibda xarajatlar chiqarib tashlangandan keying miqdorga teng bo’ladi.Qurulish tashkilotlarida xo’jalik yurituvchi subyektlaridagi kabi xarajatlar mavjud.Bular xom-ashyo materiallarini sotib olishga ketadigan xarajatlar,ishchi-xodimlarning ish haqi,soliqlar,transport xarjatlari, asosiy vositlar va nommoddiy aktivlarining amortizatsiya ajratmalari shuningdek ma’muriy xarajatlar va boshqa xarajatlar.Qurulish tashkilotlarida ishlab chiqargan ya‘ni qurib bitkazilgan ob‘ektlari realizatsiya

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda qurilish tashkilotlarida foyda solig‘ining mazmuni, uni hisoblash va to‘lash tartibi, amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda qurilish tashkilotlarida foyda solig‘ining mazmuni, uni hisoblash va to‘lash tartibi, amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foyda solig, qurilish tashkilotlarining, yuridik shaxslar, ega lishi, soliqqa tortish, jalik yurituvchi, shartlarga javob
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5