К содержанию
РецензированоUZ2022

QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING JORIY QILINISHI

Normurodov Salohiddin

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022

Аннотация

Ushbu tezisda bugungi kundagi islohotlardan kelib chiqqan holda malakatimizda kichik biznes egalarining soliqqa tortish mexanizmlari va qonuniy tartiblari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar:Soliq kodeksi,yagona soliq to‘lovi,aksiz solig‘i,bojxona boji,QQS,soliq tizimi. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, balki soliqqa tortish tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan. Soliqlar – davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalar qatori soliq sohasida ham bir qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Shu munosabat bilan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar bo’yicha quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”1. Kichik biznes subyektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini, yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo'yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Kichik biznes subyektlari o'z xohishlariga binoan soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan soliqlarni to'lashlari mumkin. Agar korxonalar umumbelgilangan soliq tizimida faoliyat yuritsa Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan belgilangan barcha turdagi soliqlar bo'yicha hisobot topshirishlari hamda soliq to'lovlarini to'lashlari shart. Shu sababli kichik biznes subyektlariga umumbelgilangan soliqlarni hisoblash va to'lashning alohida tartibi nazarda tutilmagan. Kichik biznes subyektlari soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to'lovchilar uchun, agar Soliq Kodeksning 373-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi: Soliq kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda to'lov manbaida undiriladigan foyda solig'i; Soliq kodeksining 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i; agar Soliq kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, aksiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig'i; agar Soliq kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar; qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; bojxona to'lovlari; yagona ijtimoiy to'lov; davlat bojlari; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im; avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2024 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 174 ISSN: 2181-2861 yig'im. Yagona soliq to'lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi: aksiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g'isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno; So

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda bugungi kundagi islohotlardan kelib chiqqan holda malakatimizda kichik biznes egalarining soliqqa tortish mexanizmlari va qonuniy tartiblari haqida so‘z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda bugungi kundagi islohotlardan kelib chiqqan holda malakatimizda kichik biznes egalarining soliqqa tortish mexanizmlari va qonuniy tartiblari haqida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kichik biznes, soliq kodeksining, nazarda tutilmagan, kodeksining -moddasida, yagona soliq, aksiz solig, biznes subyektlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5