К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHALIY SOLIQLAR VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARI

Norqulov Eldor Komiljon o‘g‘li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan mahalliy soliqlar tizimi, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni, mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda ularni undirish mexanizmlarining mazmuni yoritilgan. Shuningdek, soliq tizimidagi islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va soliq to‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar tahlil qilingan. Tadqiqotda mahalliy soliqlarning turlari, ularni undirishda zamonaviy yondashuvlar hamda soliq organlarining faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: mahalliy soliqlar, davlat byudjeti, byudjet tizimi, moliyaviy mustaqillik, soliq siyosati, fiskal siyosat, soliq mexanizmi, soliq ma’murchiligi, soliq to‘lovchi, soliq organlari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yig‘imlar, soliq stavkasi, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, raqamlashtirish, elektron to‘lov tizimi, soliq islohoti, iqtisodiy barqarorlik, hududiy rivojlanish, soliq intizomi, moliyaviy boshqaruv, byudjet daromadlari, soliq nazorati, davlat soliq qo‘mitasi, kadastr qiymati, fiskal intizom, shaffoflik, elektron hisob-kitob, soliq siyosatini takomillashtirish. O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimi mustaqillik yillarida bosqichma-bosqich isloh qilinib, bugungi kunda zamonaviy moliyaviy boshqaruv tizimining ajralmas qismi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu jarayonda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular hududiy byudjetlarni shakllantirishda asosiy manba hisoblanadi. Mahalliy soliqlar — bu faqat muayyan ma’muriy-hududiy birlik doirasida undiriladigan, uning byudjetiga tushadigan majburiy to‘lovlardir. Ular davlat soliqlari kabi umumrespublika ehtiyojlarini emas, balki aynan mahalliy infratuzilma, ijtimoiy soha va kommunal xizmatlar tizimini rivojlantirishni moliyalashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, hozirda asosiy mahalliy soliqlar qatoriga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. Ayrim hollarda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilik doirasida turli yig‘imlar, masalan, avtoturargohlar uchun to‘lov, reklama joylashtirish uchun yig‘im, savdo faoliyati bilan bog‘liq ruxsat yig‘imlari ham joriy etilishi mumkin. Ushbu soliqlar mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, hududning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Mahalliy soliqlarning asosiy vazifasi — bu moliyaviy resurslarni joylarda shakllantirish orqali iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashdir. Shu bilan birga, ular byudjetlararo munosabatlarning muvozanatini saqlab turishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tuman yoki shahar byudjeti asosan mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan tushgan mablag‘lar hisobiga to‘ldiriladi. Bu tushumlar esa o‘z navbatida maktablar, bog‘chalar, tibbiyot muassasalari, yo‘llar va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishda ishlatiladi. Mahalliy soliqlarni undirish mexanizmi deganda, soliqqa tortish jarayonining huquqiy, tashkiliy va texnologik asoslari tushuniladi. Bu mexanizm soliq to‘lovchilarni aniqlash, soliq bazasini hisoblash, stavkalarni belgilash, imtiyozlar qo‘llash, to‘lovlarni qabul qilish va nazorat qilish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan barcha soliqlar, jumladan mahalliy soliqlarni undirish elektron tizimlar orqali amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda “my.soliq.uz” elektron portali, mobil ilovalar, QR-to‘lov tizimlari, onlayn hisob-kitob mexanizmlari keng joriy etildi. Bu esa soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq tushumlarini oshirish va yashirin iqtisodiy faoliyatni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Mahalliy soliqlarni undirishda muhim jihatlardan biri — soliq to‘lovchilarni to‘g‘ri hisobga olishdir. Har bir fuqaro yoki tashkilotning soliq majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Bunda yer maydoni, bino yoki inshootning qiymati, foydalanilayotgan suv hajmi kabi obyektiv mezonlar asosida soliq bazasi aniqlanadi. Soliq stavkalari esa viloyatlar, tumanlar kesimida tabaqalashtirilgan holda belgilanadi. Shu orqali iqtisodiy imkoniyatlar darajasi inobatga olinadi va adolat tamoyiliga amal qilinadi. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 249 ISSN: 2181-2861 №1 Mahalliy soliq Soliq ob’ekti Soliq stavkasi Undirish Mahalliy turi (yoki bazasi) mexanizmi byudjetdagi o‘rni 1 Yer solig‘i Yer maydoni Yerning sifati, Kadastr organlari Mahalliy (geodezik o‘lchov joylashuvi va ma’lumotlari asosida byudjetning asosiy asosida) maqsadiga qarab soliq organlari manbalaridan biri belgilanadi tomonidan hisoblanadi 2 Mulk solig‘i Jismoniy shaxs Kadastr Har yili 1-iyulgacha Mahalliy (jismoniy mulkidagi bino va qiymatiga to‘lov xabarnomasi daromadlarni shaxslardan) inshootlar nisbatan yuborilad

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan mahalliy soliqlar tizimi, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni, mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda ularni undirish mexanizmlarining ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan mahalliy soliqlar tizimi, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni, mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda ularni undirish mexanizmlarining ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mahalliy soliqlar, solig yer, yer solig, mol-mulk solig, mahalliy soliqlarni, zbekiston respublikasida, soliq lovchilarga
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5