К содержанию
РецензированоUZ2020

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PENSIYA TIZIMINING MOLIYAVIY TAHLILI VA DEMOGRAFIK TENDENSIYALARI

Maxmudov Omon Tuxtayevich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi va demografik tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Pensiya jamgʻarmasi daromad va xarajatlarining dinamikasi, davlat transfertlari ulushi, ijtimoiy sugʻurta bazasining kengayish tendensiyalari oʻrganilgan. Maʼlumotlar asosida 2020–2024-yillar davomida ish haqi fondining oʻsishi, soliq imtiyozlari natijasidagi yoʻqotishlar, pensiya jamgʻarmasining transfertlarga bogʻliqligi hamda iqtisodiy faol aholi va pensionerlar nisbati hisoblangan. Ilmiy tahlil natijalari pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash uchun raqamlashtirish, investitsion diversifikatsiya va nodavlat jamgʻarmalarni rivojlantirish zarurligini koʻrsatdi. Shu asosda muallif tomonidan tizimni moliyaviy va institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: pensiya tizimi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy sugʻurta, davlat transfertlari, imtiyozlar siyosati, ish haqi fondi, demografik bosim, moliyaviy barqarorlik, dependency ratio, raqamlashtirish, nodavlat jamgʻarma, investitsion diversifikatsiya. Pensiya tizimi — ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy institutlardan biri boʻlib hisoblanadi. Uning vazifasi aholiga mehnat faoliyatini yakunlagandan keyin moddiy taʼminotini kafolatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash va milliy iqtisodiyotning barqarorligini saqlash hisoblanadi. Pensiya tizimi shuningdek ichki investitsiya manbai sifatida ham iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan davlat transfertlari, majburiy ijtimoiy toʻlovlar va nodavlat jamgʻarmalarning uygʻunlashuvini nazarda tutadi. Pensiya tizimi nafaqat aholini ijtimoiy himoya qiladi, balki iqtisodiyotning quyidagi yoʻnalishlariga taʼsir koʻrsatadi: Ichki isteʼmol bozori — pensiya daromadlari aholining xarid qobiliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa umumiy yalpi talabni barqarorlashtiradi. Investitsion faoliyat — pensiya jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya bozoriga yoʻnaltirish orqali iqtisodiy oʻsish surʼatlariga taʼsir koʻrsatadi. Mehnat bozori — pensiya yoshi va mehnat staji orqali mehnat resurslarining faol yoshdagi qismini boshqarish imkoni yaratiladi. Pensiya tizimining barqarorligi birinchi navbatda aholining demografik dinamikasiga bogʻliq boʻlib, agar ishlayotgan aholi ulushi pensiya yoshidagi aholidan kamaysa, tizimda “demografik nomutanosiblik” yuzaga keladi. Shu sababli koʻpgina davlatlar pensiya yoshini oshirish, ish staji talablarini kuchaytirish yoki nodavlat jamgʻarmalarni ragʻbatlantirish orqali muvozanatni saqlashga intiladi. Moliyaviy barqarorlik nuqtayi nazaridan esa, pensiya tizimidagi asosiy muammo — toʻlov qobiliyatidir. Toʻlangan badallar bilan amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari oʻrtasidagi muvozanat buzilganda, davlat transfertlari hisobiga qoplash zarurati tugʻiladi. Tahliliy maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida Pensiya tizimidagi mavjud holat va muammolarni oʻrgandik. 1-jadval Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining 2024-yildagi ijrosi (mlrd.soʻmda) Koʻrsatkichlar Reja (mlrd soʻm) Ijro (mlrd soʻm) Ijro (%) Hisobot davri boshiga qoldiq 3 183,8 3 037,3 - Jami daromadlar 63 459,9 63 415,6 99,9 Pensiya jamgʻarmasi tushumlari 47 478,3 47 145,0 99,3 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 242 ISSN: 2181-2861 Davlat byudjeti transfertlari 15 981,6 16 270,6 101,8 Jami xarajatlar 64 094,8 64 041,0 99,9 Hisobot oxirida qoldiq 2 402,4 2 411,9 - 1-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki 2024-yilda jami daromadlar rejaga nisbatan 99,9% ijro etilgan. Pensiya jamgʻarmasi tushumlari (47145,0 mlrd.soʻm) rejaga nisbatan kam miqdorda yigʻilgani ish haqi fondidan tushumlarning toʻliq yigʻilmasligi — norasmiy sektor va imtiyozlar bilan bogʻliq. Davlat transfertlari 16270,0 mlrd. soʻm bilan rejadan 101.8% ijro qilib, kamomadni yopishda asosiy rol oʻynagan. Bu holat jamgʻarmaning byudjetdan mustaqil faoliyat yuritish qobiliyati cheklanganligini koʻrsatadi. Yil oxirida saqlangan 2411,9 mlrd soʻmlik qoldiqning 1,45 trlni depozitda ekanligi jamgʻarmaning likvid aktivlari mavjudligini koʻrsatadi, ammo bu mablagʻlar jamgʻarma xarajatlarini barqaror moliyalashtirishga yetarli emasligini koʻrsatdi. 2-jadval maʼlumotlari asosida tahlillarimizni davom ettiradigan boʻlsak, ish haqi fondining yarimdan koʻproq oʻsishi jamgʻarma daromadlarining oʻsishida asosiy omil hisoblanadi. Biroq imtiyozlar tufayli yoʻqotishlar 2020-yilda 17,7 trln.dan 2024-yilda 36,6 trln.gacha oʻsgan. 2-jadval Pensiya jamgʻarmasi daromadlarining dinamikasi tahlili (mlrd.soʻmda) Jamgʻarma Imtiyozlar tufayli Ish haqi fondi Yil daromadlari Oʻsish (%) yoʻqotish (mlrd (mlrd soʻm) (mlrd soʻm) soʻm) 2020 118 007,8 20 592,3 — 17 677,5 2021 147 387,7 26 569,0 129,0 21 553,9 2022 189 863,6 33 180,0 124,9 26 959,4 2023 232 760,1 39 805,6 120,0 31 993,1 2024 271 737,5 47 145,0 118,4 36 574,6 Bu koʻrsatkichlar soliq siyosatining ijtimoiy yoʻnalishdagi qoʻllab-quvvatlovi natijasida jamgʻarma uchun potensia

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi va demografik tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi va demografik tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mlrd soʻm, pensiya jamgʻarmasi, davlat transfertlari, ish haqi, pensiya tizimi, pensiya tizimining, ijtimoiy sugʻurta
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5