К содержанию
РецензированоUZ2022

MAHALLIY SOLIQLAR VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARI

Safarov Jahongir

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022

Аннотация

Ushbu tezisda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi va dinamikasi statistik ma‟lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, soliq tizimi, soliq daromadlari, fiskal siyosat, byudjet barqarorligi, liberallashtirish, keshbek, soliq qo‘mitasi, mahalliy soliqlar, Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin. Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq; b) yer soligʻi; v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq; g) reklama soligʻi; d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq; e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq; j) kurort yigʻimi; z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim; i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim; m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim; n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim; o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim; p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar; r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar; s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim; Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi. Soliqlar Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 235 ISSN: 2181-2861 va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi. Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.1 Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillaridan boshlab tadbirkorlik sohasini rivojlantirish maqsadida soliqlardan imtiyoz va preferensiyalar berib kelinmoqda. Buning natijasida, bugungi kunga kelib tadbirkorlik sohasi jadal rivojlandi. Shu bilan birgalikda amaliyotda shunday holatlar ham mavjudki, soliq to‘lovchilar obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar summasini to‘lab bera olmaydi. Ushbu to‘lanmagan summa soliq qonunchiligiga binoan, soliq qarzi hisoblanib, soliq organlari tomonidan majburiy undirishga qaratiladi. 2023-2024-yillar mobaynida respublikada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni hamda ular ichida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ulushini quyidagilar orqali ko‘rishimiz mumkin. Ko’rinib turibdiki, yurdik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib turibdi. Respublika bo‘yicha 2023-yilda subyektlar soni 838,5 mingtani, 2024-yilda 892 mingtani, 2025-yilda 901 mingtani,. Bu 2025-yilda 2023-yilga nisbatan 137,5 mingtaga yoki 20,6 foizga ko‘payganligini anglatadi.Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizda soliq undirish jarayonlari ham mutanosib ravishda o‘sgani

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mahalliy soliqlar, huquqini beruvchi, soliqlar mahalliy, davlat hokimiyati, mahalliy organlarining, oʻzbekiston respublikasi, solinadigan soliq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5