Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIGINI UNDIRISH MEXANIZMI VA UNI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Komilov Shohruh
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2-16 · 2026
Аннотация
Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. Yuqori hamda pasaytirilgan QQS stavkalar joriy etilgan mamlakatlar va ulardagi imtiyozli stavkalar haqida ma’lumotlar keltirilib, nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasini ma’lum sohalarga qo‘llash orqali ham turli xil sohalarni rivojlantirish mumkinligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash va ma’lum birlaridan imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: QQS, soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, stavka, pasaytirilgan stavka, ijtimoiy-iqtisodiy, tovar va xizmatlar,soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari. Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi. O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi va QQS ma’muriyatining o‘ziga xos jihatlari haqida umumiy ma’lumot berib, mamlakatda soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay muhit yaratish muhimdir. Bundan tashqari, O‘zbekistonning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va QQS ma’muriyatiga bo‘lgan yondashuvi raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanmoqda. Bu esa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni jadal rivojlantirish davrida mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi.1 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab sohalar qatorida soliq sohasida ham keng islohotlar amalga oshirish orqali bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Misol uchun, tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini mutanosib taqsimlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida soliq imtiyozlari ro‘yxati bir muncha qisqartirildi. Bu orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) zanjirsimon mexanizmini tiklashga ma’lum darajada erishildi. Mamlakatimizda 2019 yildan tadbirkorlik sub’ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratildi va bunda ushbu mezon sifatida yillik oborot (yalpi tushum) belgilandi . Tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra QQS qamrovini kengaytirish uchun yillik tushumi 1 mlrd.so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tishi va QQS to‘lovchisiga aylanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu tartib o‘rnatilgandan so‘ng, uzoq yillar davomida asosan yagona soliq to‘lovchisi sifatida faoliyat yuritgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmaslik maqsadida o‘z tushumlarni yashirish, tovar aylanmasini 1 mlrd.so‘mga yetkazmasdan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini to‘xtatib, yangidan firma ochish orqali o‘z soliq rejimida (aylanmadan olinadigan soliq) qolishga harakat qilishdi. Soliqqa tortishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki QQSning birinchi 1 Matkarimov Dilshodbek Ilxomovich Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori https://doi.org/10.5281/zenodo.14060112 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 232 ISSN: 2181-2861 darajali, ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan yuqori va (yoki) imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalarni qo‘llash orqali soliq tushumlarini oshirish mumkin. Shu maqsadda, QQS bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan soliq stavkalari o‘rganib chiqilib, mazkur soliqning imtiyozli stavkalarini mamlakatimizda joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. QQS birinchi marotaba joriy etilgan 1954 yildan bugungi qadar dunyodagi 175 ta mamlakatda QQS yoki unga o‘xshash bo‘lgan iste’mol solig‘i (tovar va xizmatlar uchun) sifatida joriy etilgan bo‘lib, ushbu soliq turi bo‘yicha bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida belgilangan bazaviy stavkaning eng yuqorisi 27%ni (Vengerya) va eng quyisi 4.5% (Andorra)ni tashkil etadi. Mamlakatimizda QQS ilk bor 1992 yilning 1 yanvarida joriy qilingan. 32 yildan buyon amalda qo‘llanilib kelayotgan QQSning ilk stavkasi 30 foiz qilib belgilangan bo‘lib,
Доказательный фрагмент
«Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shilgan qiymat, qiymat solig, joriy etilgan, soliq lovchilarga, lovchilarga xizmat, xizmat rsatish, ziga xos
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021