Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA YASHIL BYUDJETLASHTIRISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI
Kasimov Azamat Abdukarimovich
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 197-214 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, yashil byudjetlashtirish bо‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi, islohotlari hamda soha bо‘yicha yuzaga kelgan asosiy muammolari о‘rganilgan. Yashil byudjetlashtirishning asosiy maqsadlari va uning afzalliklari yoritilib berilgan. Kalit sо‘zlar: yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, byudjet, yashil byudjetlashtirish, ekologiya, iqtisodiy rivojlanish. Bugungi kunda har qanday mamlakatning nafaqat barqaror iqtisodiy rivojlanishida, balki, vujudga kelgan global ekologik muammolarni bartaraf etishda ham davlat byudjeti muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning e’tiroficha atrof-muhitni byudjetlashtirish davlatlar byudjet islohotining asosiy vositalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Ya’ni, “Yashil byudjetlashtirish” atrof-muhitga ta’sir mezoniga asoslangan byudjet xarajatlarining yangi tasnifi bо‘lib, atrof-muhitni rivojlantirish uchun davlat resurslarini belgilashdir. Hozirgi davrda iqlim о‘zgarishlari bо‘yicha strategik ustuvorliklar, jumladan iqlim о‘zgarishi bо‘yicha milliy, mintaqaviy va global majburiyatlarning bajarilishi ham aynan yashil byudjetlashtirish holati bilan baholanayotganligi sir emas. Shu boisdan, keyingi davrda mamlakatimizda ham barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga erishish va iqlim о‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha О‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga о‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-436-son qarori bilan ustuvor yо‘nalishlar sifatida (a) iqlim о‘zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishga va byudjet jarayonlariga kiritish hamda (d) soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va ta’siri tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va oshkor qilish uchun “yashil” byudjet metodologiyasini joriy etish – “yashil” ustuvor yо‘nalishlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir kо‘rsatadigan soliqlar va davlat xarajatlari ulushini baholash uchun “yashil” byudjet metodologiyasini joriy etish belgilangan [1]. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek “yashil” byudjetlashtirishni samarali tashkil etish, “yashil” moliyalashtirishni kengaytirish, bunda “yashil” investitsiyalarni keng jalb etish tamoyillari asosida mamlakatimizning “yashil” iqtisodiyotga о‘tishini jadallashtirish – mazkur sohani yanada takomillashtirish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish va mavzuning dolzarb masalalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ta’kidlash joizki, “yashil” iqtisodiyot va “yashil” byudjetlashtirish davlat va biznes о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik jarayonining umumiy samarasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat “о‘yin qoidalarini” belgilab, bozor va infratuzilmani zamonaviy sharoitlarga moslashtirishi, shuningdek “yashil” investitsiyalarni jalb qiluvchi turli iqtisodiy rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratishi, ushbu investitsiyalarni samarali yо‘naltirilishida nazorat vazifasini bajarishi lozim. “Yashil iqtisodiyot” atrof muhitni, bioxilmaxillikni va ekotizim xizmatlarni saqlash, “yashil” ish о‘rinlari tashkil etish imkoniyatini va qashshoqlik muammosi hal etilishini ta’minlovchi barqaror taraqqiyot masalalarini qamrab oladi [2]. N.Maxmudov fikricha, tabiatning tabiiy qonunlari bilan hisoblashmaslik natijasida dunyoda “jigarrang” iqtisodiyot degan tushuncha shakllandi. Bugun “jigarrang” iqtisodiyotdan “yashil” iqtisodiyotga о‘tish insoniyat uchun hayot-mamot masalasidir. “Yashil” iqtisodiyot insonning tabiatga bо‘lgan munosabatini muqobillashtirish asosida atrof-muhit tozaligini, tabiiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi [3]. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 229 ISSN: 2181-2861 K.Daniekning fikricha, “yashil iqtisodiyot” iqtisodiyot va ekotizim о‘rtasidagi munosabatlardan iborat bо‘lib, tezkor barqaror rivojlanishning asos hisoblanadi. Albatta, aksariyat ta’riflarda barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot ajratib kо‘rsatilgan bо‘lsada, ikkinchi tomondan ayrim nazariyalarda “yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanish bо‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vosita sifatida tavsiflaydi [4]. “Yashil iqtisodiyot” atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi (Pierce) tomonidan 1989 yilda “Green Economy Blue Book” nomli kitobida qayt etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, tabiiy resurslarning kamayishi, agar iqtisodiy kengayish mavjud tabiiy resurslar chegarasidan oshib ketsa, iqtisodiy о‘sish doimiy turg‘unlikda bо‘lishdi [5]. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi esa 1989 yilda “Yashil iqtisodiyot uchun loyiha” hisobotida paydo bо‘lgan va u Yevropa mamlakatlari iqtiso
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yashil iqtisodiyot, yashil byudjetlashtirish, yashil iqtisodiyotga, jigarrang iqtisodiyot, iqtisodiyot yashil, iqtisodiyot jigarrang, yashil sish
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009