К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA JISMONIY SHAXSLAR DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TRANSFORMATSIYA QILISH VA ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINI TA’MINLASH JARAYONIDA XORIJ TAJRIBASINING O‘RNI

TAJRIBASINING O‘RNI · G’afforov Kamronbek Shovkatovich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimida ulushi tobora ortib borayotgan bir sharoitda, uning samaradorligini oshirish davlat budjetining daromad qismini mustahkamlash, soliqqa tortish jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, soliq yukini oqilona taqsimlash orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Shu boisda O‘zbekiston soliq tizimidagi transformatsiyalarni tahlil qilish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish hamda ularning eng samarali jihatlarini milliy amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoritiladi. Kalit so‘zlar: jismoniy shaxslar daromad solig‘i, soliqqa tortish tizimi, soliq islohotlari, fiskal siyosat, xorij tajribasi, iqtisodiy samaradorlik, soliq ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish, ijtimoiy adolat. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimining samaradorligi davlatning fiskal barqarorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ushbu soliq ma’murchiligi tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, soliq stavkalari soddalashtirildi, ma’muriyatchilik raqamlashtirildi va soliqqa tortish bazasini kengaytirish choralari ko‘rildi. Biroq bu islohotlarning samaraligini oshirish uchun xorij tajribasini chuqur tahlil etish zarur. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali jismoniy shaxslar daromad solig‘i tizimi soliq yukining adolatli taqsimlanishi, ma’muriy soddalik va ixtiyoriy to‘lov intizomining yuqoriligi bilan belgilanadi. Masalan, Estoniyada raqamlashtirilgan “e-Tax” tizimi orqali soliq deklaratsiyalarining 95 foizdan ortig‘i avtomatik tarzda shakllantiriladi, bu esa ma’muriy xarajatlarni 40 foizga kamaytirgan. Buyuk Britaniyada esa progressiv daromad solig‘i tizimi orqali yuqori daromadli qatlamlardan olinadigan soliqlar orqali ijtimoiy tenglik ta’minlanmoqda[1]. Janubiy Koreyada esa soliqqa tortish jarayonining to‘liq raqamlashtirilishi natijasida yashirin daromadlar ulushi 5 foizdan pastga tushgan. Tadqiqotlar olib borish natijasi tahlili shuni ko’rsatadiki, jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari va ularning fiskal samaradorligi o‘rtasida muhim bog‘liqlik mavjud. O‘zbekiston bo‘yicha 2018–2024-yillar davrida o‘tkazilgan empirik tahlil natijalari shuni tasdiqlaydiki, 2019-yilda joriy etilgan 12 foizlik yagona soliq stavkasi soliq tushumlarining barqaror o‘sishini ta’minladi. Xususan, 2018-yilda YAIMga nisbatan jismoniy shaxslar daromad solig‘i ulushi 2,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 3,4 foizga yetdi. Shu bilan birga, norasmiy bandlikning qisqarishi va deklaratsiyalash tizimining kengayishi hisobiga soliq bazasi 1,3 barobarga oshgan. Shuningdek, Estoniya, Polsha va Koreya kabi mamlakatlarda kuzatilgan soliq ishonchi indeksi (tax morale index) bilan O‘zbekiston ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi taqqoslama tahlil soliqqa ixtiyoriy to‘lov darajasi va raqamlashtirish darajasi o‘rtasida ijobiy korrelyatsiyani ko‘rsatdi (r=0,68). Bu esa O‘zbekistonda raqamli soliq boshqaruvini yanada rivojlantirish va “my.soliq.uz” tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi. 1-jadval Xorijiy davlatlarda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi (2020 - 2024-yillar, foizda) [2] Yil № Davlat nomi 2020 2021 2022 2023 2024 1 O‘zbekiston 14,1 14,9 15,8 16,3 16,5 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 227 ISSN: 2181-2861 2 Estoniya 19,4 19,8 20,2 20,7 21 3 Polsha 22,5 22,8 23 23,5 24,1 4 Janubiy Koreya 28,9 29,2 29,5 29,8 30,1 1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining byudjet daromadlaridagi ulushi 2020–2024-yillar oralig‘ida 14,1% dan 16,5% gacha oshgan.Bu davrda o‘sish 2,4 foiz punktni tashkil etib, soliqqa tortish bazasining kengayishi va elektron ma’muriyatchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq. Estoniyada bu ko‘rsatkich 19,4% dan 21% gacha oshib, o‘rtacha 1,6 foiz punkt o‘sish kuzatilgan. “e-Tax” tizimining samarali ishlashi, avtomatlashtirilgan deklaratsiyalar va soliq to‘lovchilarning yuqori intizomi bunga asos bo‘lgan [3]. Polsha misolida esa 2020–2024-yillar oralig‘ida o‘sish 1,6 foiz punktni tashkil etgan (22,5% - 24,1%). Bu mamlakatda progressiv stavkalar qo‘llanilishi va o‘rta daromadli qatlamning kengayishi soliq bazasini oshirgan[4]. Janubiy Koreyada 2020–2024-yillarda eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan 28,9% dan 30,1% gacha o‘sish. Bunda to‘liq raqamlashtirilgan soliq tizimi, elektron hisob-fakturalar va yashirin iqtisodiyotning past darajasi muhim rol o‘ynagan[5]. O‘zbekiston soliq tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiyalar jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning samaradorligini oshirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va byudjet daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlash yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilada. Xorijiy tajriba va ilmiy yondashuv asosida ishlab chiqilgan takliflar soliq siyosatini yanada modernizatsiya qilish uchun amal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimida ulushi tobora ortib borayotgan bir sharoitda, uning samaradorligini oshirish davlat budjetining daromad qismini must…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimida ulushi tobora ortib borayotgan bir sharoitda, uning samaradorligini oshirish davlat budjetining daromad qismini must… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jismoniy shaxslar, soliqqa tortish, daromad solig, shaxslar daromad, daromadlarini soliqqa, tizimi soliq, dan gacha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники