К содержанию
РецензированоUZ2026

FISKAL BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI · Jumayev Tursunpoʻlat Baxtiyor o‘g‘li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlarining tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari, soliq yukini optimallashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va budjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, milliy soliq tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va soliq imtiyozlarining natijaviyligini baholash masalalari ham o‘rganiladi. Tezisda fiskal barqarorlikning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri, soliq siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi va davlat moliyasining barqarorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: Fiskal siyosat, fiskal barqarorlik, soliq imtiyozlari, budjet daromadlari, iqtisodiy samaradorlik, davlat moliyasi, soliq yuklamasi, yashirin iqtisodiyot, investitsion jozibadorlik, makroiqtisodiy barqarorlik, YAIM, budjet taqchilligi, soliq ma’murchiligi, soliq turlari, soliq yengilliklari, soliq bazasi, davlat qarzi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, soliq siyosatini liberallashtirish, fiskal mustahkamlik, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda fiskal siyosatning roli beqiyosdir. Davlat budjetining barqarorligi, daromadlar bazasining kengayishi va xarajatlarning samaradorligi mamlakatning makroiqtisodiy muvozanatini ta’minlaydigan asosiy omillardandir. Shu nuqtai nazardan, fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlari muhim iqtisodiy vosita sifatida e’tirof etiladi. Fiskal barqarorlik – bu davlatning o‘z daromadlari hisobidan majburiyatlarini muntazam va to‘liq bajarish qobiliyati, davlat qarzining nazorat ostida bo‘lishi va iqtisodiy siyosatning uzoq muddatda izchil amalga oshirilishidir. Ushbu tushuncha davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashni, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida fiskal barqarorlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur strategiyaga muvofiq, mamlakatda uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida tashqi va ichki ta’sirlarga moslashuvchan fiskal siyosat yuritish, budjet taqchilligini YAIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik, davlat qarzini YAIMning 50 foizidan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlari asosiy manba hisoblanadi. Shu bois soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholash juda muhim. Soliq imtiyozlari — bu ayrim xo‘jalik subyektlari yoki tarmoqlarga soliq yukini kamaytirish orqali iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida qo‘llaniladigan mexanizmdir. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich liberallashtirilib, soliq imtiyozlari tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, ayrim tarmoqlar uchun berilgan uzoq muddatli imtiyozlar bekor qilinib, ularning o‘rniga natijaviylikka asoslangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi. Bunda maqsad — budjetga tushumlarni barqaror saqlagan holda, iqtisodiy faollikni oshirishdir. Fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq siyosati va budjet intizomi o‘zaro uzviy bog‘liq. Soliq siyosatining izchilligi, adolatli soliqqa tortish tizimi va samarali soliq ma’murchiligi davlat moliyasining mustahkamligini ta’minlaydi. Shu jihatdan, soliq imtiyozlarining tahlili ularning qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy natijalarini aniqlash imkonini beradi. Soliq imtiyozlarining samaradorligini baholashda bir necha mezonlarga e’tibor qaratiladi: • investitsiyalar hajmining o‘sishi; Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 224 ISSN: 2181-2861 • yangi ish o‘rinlarining yaratilishi; • ishlab chiqarish hajmining kengayishi; • eksport ulushining ortishi; • budjetga tushumlarning barqarorligi; • iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir. Agar soliq imtiyozlari bu natijalarga erishishga xizmat qilsa, ular iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Aks holda, ular fiskal barqarorlikka xavf tug‘dirishi, budjet daromadlarining kamayishiga olib kelishi mumkin. Davlat budjetining daromad bazasini mustahkamlashda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish, elektron soliq tizimlarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar bazasini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ham fiskal barqarorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Soliq turlari bo‘yicha byudjetga tushgan tushumlar (2021–2023-yillar, mlrd so‘mda) № Soliq turlari 2021-yil 2022-yil 2023-yil 31-mart 31-mart 31-mart Byudjetga tushumlar, jami 29 344 34 500 37

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlarining tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlarining tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fiskal barqarorlikni, soliq imtiyozlarining, soliq imtiyozlari, barqarorlikni minlashda, minlashda soliq, davlat budjeti, yashirin iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5