К содержанию
РецензированоUZ2022

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI

TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI · Haqnazarov Baxtiyor

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022

Аннотация

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mavjud tizimli kamchiliklar, ularning iqtisodiy o‘sish va investitsion faollikka ta’siri hamda xalqaro tajriba asosida ularni bartaraf etish choralari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: soliqlar, soliq kodeksi, soliq siyosati, soliq tizimi, soliq yuki, fiskal islohotlar, iqtisodiy barqarorlik, investitsion jozibadorlik. Soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish – iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishda muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq, ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, tadbirkorlik va investitsion faollikka, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va majburiy to‘lovlarning yetarli darajada yig‘ilishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar ham aniqlanmoqda. 1Jumladan: — birinchidan, umumiy soliq to‘lovchilarga yuklanayotgan soliq og‘irligining yuqoriligi, shuningdek, soddalashtirilgan va umumiy soliqqa tortish tizimlarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari o‘rtasida soliq yukining sezilarli darajada farqlanishi; — ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish mexanizmining samarador emasligi natijasida soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘lari cheklanib, mahsulot tannarxi oshib borishi va bu holat yirik hamda kichik biznes o‘rtasida hamkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi; — uchinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan belgilangan yuqori soliq stavkalari sababli ayrim tadbirkorlar tomonidan haqiqiy xodimlar soni va ish haqi fondini yashirish holatlarining kuzatilishi; — to‘rtinchidan, soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligini kuzatish va nazorat qilishning ta’sirchan tizimi yo‘qligi tufayli sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi, ayrim xo‘jalik subyektlarini imtiyozlar orqali asossiz qo‘llab-quvvatlash holatlarining mavjudligi; — beshinchidan, davlat organlari o‘rtasida axborot almashish tizimining to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani, elektron soliq boshqaruvi va soliq nazoratining zamonaviy shakl va usullarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; — oltinchidan, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi mavjud emasligi sababli, bu jarayonlar tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlar va tekshiruvlar orqali salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; — yettinchidan, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ma’muriy boshqaruv mexanizmlari samarasizligi natijasida ularning yig‘ilish darajasi pastligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq ro‘yxatga olish hamda ularning qiymatini adolatli aniqlash tizimining yo‘qligi. Bu kabi muammolar soliq siyosatini yanada takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun chuqur islohotlarni talab etadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etish hamda soliq siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF- 1 Tilabov N.T. Soliq siyoatini liberallashtirish – iqtisodiy barqarorlik kafolati Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 220 ISSN: 2181-2861 4947-sonli2 “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” va 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli3 “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmonlarida belgilangan vazifalar asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ular xalqaro ekspertlar, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalari va keng jamoatchilik muhokamalari natijalariga asoslanadi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: — birinchidan, iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirish, shuningdek, soddalashtirilgan va umumiy soliqqa tortish tizimlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari uchun teng sharoit yaratish; — ikkinchidan, soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning turlarini optimallashtirish, bir xil soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlarning operatsion xarajatlarini qisqartirish; — uchinchidan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat byudjeti daromad bazasini kengaytirish va moliyaviy mustahkamlikni oshirish; — to‘rtinchidan, soliq qonunchiligini soddalashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish va halol soliq to‘lovchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish; — beshinchidan, soliq munosabatlarini tartibga soluvchi ikkilamchi me’yoriy hujjatlarni cheklash, S

Доказательный фрагмент

«Tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq siyosatini, soliq yukini, soliqqa tortish, bartaraf etish, tizimini soddalashtirish, soliq muriyatchiligini, soddalashtirish hamda
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5