Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MOL-MULK SOLIG ‘INING SOLIQQA TORTISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich · Yarashova Gulmira O‘rol qizi
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2020
Аннотация
Tezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflar shakllantirilgan Kalit so ‘zlar: Mol-mulk, byudjet, resurs, yer solig ‘i, soliq kodeksi, Kirish: T.L.Krutyakovaning fikricha: “Korxonalarning mol-mulkiga soliqni joriy etishning asosiy maqsadlaridan biri soliq to‘lovchilarning foydalanilmayotgan mol-mulkni sotishdan manfaatdorligini oshirish edi”1 I.A.Mayburovning fikricha, tashkilotlarning mol-mulkiga soliq solish quyidagi maqsadlarda o‘rnatiladi: 1) hududiy byudjetlarni byudjet xarajatlarini moliyalashtirish uchun barqaror daromad manbai bilan ta’minlash; 2) ortiqcha mol-mulkni sotishda yoki uni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishda tashkilotga qiziqish uyg‘otish.2 Resurslardan oqilona va samarali foydalanish iqtisodiyot sohasining bosh masalasi bo‘lib, ularni soliqqa tortish orqali ulardan unumli foydalanish bugunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Resurs soliqlari tarkibiga: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Bugungi kunda resurslardan samarali foydalanishni inobatga olgan holda, mamlakatimiz soliq siyosatida resurslardan undiriladigan soliqlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soliqlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoni bilan yer uchastkalari va mol-mulkni soliqqa tortishni yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy qilish, yer va suv resurslari, yer qa’ridan qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Farmonga kura mol-mulk va yer soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot va yer uchastkalari) ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan bo‘lib, ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi: • Birinchi bosqichda (2021-2023 yillar) — ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi ob’ektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan; • Ikkinchi bosqichda (2022-2024 yillar) — yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan. “Mulk solig‘i ko‘pincha mashhur bo‘lmagan, boshqarish qiyin va egiluvchan soliq sifatida tasvirlanadi. Darhaqiqat, mahalliy hukumatning daromad, sotish va aksiz solig‘i kabi moslashuvchan daromad manbalariga emas, balki mulk solig‘iga tayanishi har qanday holatda ham, mahalliy hukumatlarga ko‘plab boshqa hukumatlar tomonidan duch kelgan jiddiy qiyinchiliklardan qochishga yordam berdi”3 “Mamlakatimiz soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 1 Крутякова Т.Л. Налог на имущество: изменения продолжаются // Новая бухгалтерия. – 2014. - № 12. – с. 15-22. 2 Майбурова И.А. Теория и история налогообложения: учебник / под редаксией. М.: Юнити-Дана. – 2014. – 422. 3 Алм, Жамес, Бусчман, Роберт Д., Сжоқуист, Давид Л. 2011. “Ретҳинкинг Лоcал Говернмент Релианcе он тҳе Пропертй Тах.” Регионал Сcиенcе анд Урбан Еcономиcс 41 (4): 320–31. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 217 ISSN: 2181-2861 • korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish; • korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi”4 Mol-mulkni soliqqa tortish 2019 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. Soliq kodeksining 410-modda. Soliq to‘lovchilar moddasiga binoan “yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish ob’ekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar”-deb belgilab quyilgan. Soliq Kodeksining 411-modda. Soliq solish obyekti sifatida “Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning molmulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti hisoblanadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan b
Доказательный фрагмент
«Tezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflar…»
Образец извлечения
Демо-превьюTezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chmas mulk, mol-mulk solig, soliq solish, zbekiston respublikasi, resurs soliqlari, solig ini, yer solig
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021