К содержанию
РецензированоUZ2026

SOLIQ QARZDORLIGI: SABABLARI, TAHLILI VA UNI KAMAYTIRISH MEXANIZMLARI

Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq qarzdorligining kelib chiqish sabablari, uni kamaytirishning huquqiy va institutsional mexanizmlari, shuningdek xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan takliflar tahlil qilingan. Soliq qarzdorligi davlat byudjetining barqarorligiga bevosita ta’sir etuvchi omil sifatida baholangan hamda qarzdorlikni qisqartirishda soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish va monitoring tizimlarini rivojlantirishning roli yoritilgan. Kirish Davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lgan soliqlar to‘liq undirilmaganda, byudjet barqarorligi buziladi va fiskal siyosat samaradorligi pasayadi. Shu sababli, soliq qarzdorligi muammosi har bir davlatning fiskal siyosatida muhim nazorat obyekti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda soliq islohotlari natijasida qarzdorlik hajmini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsa- da, bu yo‘nalishda hali ham tizimli muammolar mavjud. Soliq qarzdorligi nafaqat davlat byudjeti daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki tadbirkorlik subyektlarining likvidlik darajasini pasaytiradi, investitsion faollikni cheklaydi va soliq intizomini susaytiradi. Shu bois, soliq qarzini tahlil qilish, uning tarkibi, shakllanish sabablari hamda undirish mexanizmlarini ilmiy asosda o‘rganish zarurdir. Soliq qarzdorligining mohiyati va sabablari Soliq qarzdorligi — bu soliq to‘lovchining belgilangan muddatda to‘lamagan soliq majburiyatlari yig‘indisidir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga ko‘ra, soliq qarzi soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov muddati o‘tgan, ammo to‘lanmagan majburiyat sifatida hisoblanadi. Soliq qarzdorligining kelib chiqishiga quyidagi asosiy sabablarini ko‘rsatish mumkin: ✓ Moliyaviy likvidlik tanqisligi — korxonalar daromadlarining kamayishi yoki xarajatlarning ortishi natijasida soliqni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatining yo‘qolishi; ✓ Hisob-kitobdagi xatoliklar — buxgalteriya hisobotlarida yoki elektron tizimlarda xato to‘ldirilgan ma’lumotlar natijasida noto‘g‘ri qarz shakllanishi; ✓ Soliq ma’muriyatchiligining yetarli emasligi — monitoring tizimlari sustligi yoki tekshiruvlar samaradorligining pastligi; ✓ Soliq to‘lovchilarning ong darajasi pastligi — ayrim fuqarolar va korxonalar tomonidan soliqni to‘lash majburiyatiga befarq munosabatda bo‘lish. ✓ Shuningdek, makroiqtisodiy omillar (inflyatsiya, kredit resurslari yetishmasligi, ishlab chiqarish hajmining kamayishi) ham soliq qarzdorligining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Soliq qarzdorligini undirish mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Majburiy ijro byurosi to‘g‘risida”gi qonun soliq qarzlarini undirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni belgilaydi. Ushbu mexanizmlar uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Ixtiyoriy to‘lov bosqichi – soliq organi qarzdorga bildirishnoma yuboradi, belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, keyingi choralarga o‘tiladi. 2. Majburiy undiruv bosqichi – soliq organi qarzdorning bank hisobvarag‘iga taqiq qo‘yadi, mol-mulkini xatlaydi yoki MIB orqali undiruvni amalga oshiradi. 3. Sud tartibida undirish – sud qarori asosida mol-mulk realizatsiya qilinadi yoki majburiy tartibda to‘lov amalga oshiriladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchining moliyaviy holatini inobatga olgan holda quyidagi yengilliklar qo‘llaniladi: ✓ Soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash; Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 208 ISSN: 2181-2861 ✓ Kechiktirish (moratoriy) berish; ✓ Penya va jarimalarni kamaytirish yoki bekor qilish. Bu mexanizmlar soliq to‘lovchilarning barqaror faoliyatini saqlab qolish hamda davlat manfaatlarini muvozanatlashtirishga xizmat qiladi. Soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha takliflar Soliq qarzdorligini samarali boshqarish uchun quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni chuqurlashtirish zarur: ✓ Elektron monitoring tizimini kengaytirish. “Soliq qarzlarini monitoring qilish” platformasini avtomatlashtirish orqali qarzdorlik holatini real vaqt rejimida kuzatish. ✓ Ma’muriy ko‘rsatkichlarni integratsiyalash. DSQ, MIB, bank tizimi va Adliya organlari o‘rtasida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. ✓ Moliyaviy rag‘bat tizimini joriy etish. O‘z vaqtida soliq to‘laydigan tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit yoki tenderlarda ustunlik berish. ✓ Xalqaro tajribani joriy etish. Polsha, Niderlandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda soliq qarzini avtomatik hisobga olish va risklarni baholash tizimlaridan foydalanish. ✓ Soliq madaniyatini oshirish. Soliq to‘lovchilarga ma’rifiy va maslahat xizmatlarini kengaytirish orqali soliq intizomini mustahkamlash. ✓ Xulosa O‘zbekiston Respublikasida soliq qarzdorligini kamaytirish masalasi fiskal siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatda yaratilgan huquqiy baza va elektron nazorat tizimlari qarzdorlikni aniqlash va undirishda samaradorlikni oshirmoqda. Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, xalqaro tajribalarni milliy tizimga tatbiq etish hamda soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro ishonch asosidagi hamkorlikni kuchaytirish kelgusida soliq qarz

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq qarzdorligining kelib chiqish sabablari, uni kamaytirishning huquqiy va institutsional mexanizmlari, shuningdek xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan taklifla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq qarzdorligining kelib chiqish sabablari, uni kamaytirishning huquqiy va institutsional mexanizmlari, shuningdek xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan taklifla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq qarzdorligining, soliq qarzdorligi, soliq qarzdorligini, zbekiston respublikasida, soliq qarzini, respublikasida soliq, qarzdorligining kelib
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5