Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA FISKAL BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY MASALALARI
dotsent Abishov Muxammed Sarsenbaevich · v.b. dotsent Jumanova Venera Arepbaevna
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonida fiskal barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy masalalari tahlil qilinadi. Fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari, soliq-byudjet mexanizmlarini modernizatsiya qilish jarayonlari, daromad manbalarining diversifikatsiyasi hamda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi davlat siyosatining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba (OECD, Janubiy Koreya, Qozog‘iston) asosida O‘zbekiston uchun mos keluvchi model takliflari ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, fiskal siyosat, fiskal barqarorlik, soliq daromadlari, byudjet defitsiti, makroiqtisodiy barqarorlik, fiskal islohotlar. Hozirgi davrda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda fiskal barqarorlikni ta’minlash masalasi iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy inqirozlar, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, energiya narxlaridagi o‘zgarishlar va geosiyosiy beqarorlik fiskal barqarorlikni mustahkamlash zaruratini kuchaytirmoqda [1]. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimi tubdan yangilandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 24-avgustdagi PQ–4803-son “Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori orqali fiskal siyosatning o‘rta muddatli rejalashtirish tizimi joriy etildi [2]. Mazkur hujjat davlat byudjeti siyosatini iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va aholining farovonligini oshirish bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda. Fiskal barqarorlik tushunchasi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) ta’rifiga ko‘ra, fiskal barqarorlik — bu davlatning o‘z majburiyatlarini uzoq muddat davomida muammosiz bajarish, byudjet defitsitini nazorat ostida ushlab turish va qarz yukini iqtisodiy o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda boshqarish qobiliyatidir [3]. O‘zbekiston sharoitida fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq siyosatining samaradorligi, daromadlar bazasining kengayishi va byudjet intizomini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, davlatning ijtimoiy majburiyatlari (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya) hajmi ortib borayotgani sharoitida fiskal yukning ortiqcha bo‘lishi makroiqtisodiy muvozanatga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, davlat moliyasida daromadlar va xarajatlar o‘rtasida optimal nisbatni saqlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir [4]. Davlat byudjeti daromadlari mamlakat iqtisodiy tizimining moliyaviy asosi bo‘lib, u davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini bajarish imkonini beradi. Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayoni fiskal siyosatning eng muhim elementi hisoblanadi. Davlat daromadlari tizimi, avvalo, soliq daromadlari, soliqsiz tushumlar, davlat mulkidan olinadigan foyda, hamда xorijiy moliyaviy yordam kabi manbalardan tashkil topadi [5]. Iqtisodiy nazariyada davlat byudjeti daromadlarining barqarorligi uch asosiy tamoyilga tayanadi: 1. Fiskal yetarlilik – davlat xarajatlarini to‘liq qoplash uchun daromadlar hajmi yetarli bo‘lishi kerak; 2. Fiskal adolat – soliqqa tortish tizimi ijtimoiy tenglikni ta’minlashi lozim; 3. Makroiqtisodiy barqarorlik – soliq-byudjet siyosati iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini saqlashi kerak [6]. Klassik iqtisodchilar, xususan, A. Smit va D. Rikardo nazariyalarida fiskal siyosat “davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi” bilan izohlanadi. Smitning fikricha, davlat fiskal siyosatni iqtisodiy faoliyatni Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 204 ISSN: 2181-2861 qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash va moliyaviy intizomni saqlash vositasi sifatida yuritishi lozim. Zamonaviy sharoitda esa fiskal barqarorlik tushunchasi nafaqat daromadlar barqarorligiga, balki davlat qarzining xavfsiz darajada ushlab turilishiga ham tayanadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, fiskal barqarorlikni saqlash uchun davlat qarzining YaIMga nisbati 60 foizdan oshmasligi tavsiya etiladi (Maastricht mezonlari) [7]. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2017-yildan boshlab amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida davlat byudjeti ochiqligi, soliq siyosatini soddalashtirish, va byudjet xarajatlarini optimallashtirishga katta e’tibor qaratildi [8]. 2020-yildan boshlab “O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi”ning yangi tahriri amaliyotga tatbiq etilishi fiskal boshqaruvda muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu kodeksda fiskal siyosatning asosiy tamoyillari — oshkoralik, samaradorlik, javobgarlik va barqarorlik sifatida belgilandi [9]. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini soliq tushumlari tashkil etadi. 2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 400 trillion so‘mdan oshgan bo‘lib, shundan 82 foizi soliq
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonida fiskal barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonida fiskal barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- davlat byudjeti, fiskal barqarorlikni, fiskal siyosatning, fiskal barqarorlik, zbekiston respublikasi, sish sur, davlat moliyasini
Смежные источники
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Applied sciencesBasis Of Trend Models, Anvar Norimovich Rakhimov +22021