Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA BANKLARNING ROLINI KUCHAYTIRISH YO`NALISHI VA TAKLIFLAR
Esanov Javohir Iskandar o`g`li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida eksport salohiyatini oshirishda tijorat banklarining tutgan o‘rni va ularning faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Banklarning eksportni moliyalashtirishdagi roli, eksport kreditlari va kafolat mexanizmlarining ahamiyati, shuningdek, eksportni rag‘batlantiruvchi moliyaviy xizmatlar tizimini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Ishda eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashda banklarning imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion moliyaviy instrumentlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqtisodiyotining tashqi savdo salohiyatini oshirish va milliy bank tizimining raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Eksport, bank tizimi, eksport krediti, moliyalashtirish, eksport kafolati, tashqi savdo, eksportyor korxona, xalqaro moliya institutlari, raqobatbardoshlik, moliyaviy instrumentlar. Hozirgi global iqtisodiy sharoitda bank tizimining iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi roli davlat va hududlar iqtisodiy barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, banklarning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishi va real sektorni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu maqolada banklarning iqtisodiyotni real sektorini rivojlantirishdagi roli, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha samarali choratadbirlar tahlil qilinadi. Banklar tomonidan real sektorni moliyalashtirish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu resurslarni maqsadli taqsimlash, uzoq muddatli kreditlash dasturlarini amalga oshirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali ta’minlanadi. Banklar faoliyatining samaradorligini oshirish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga erishish mumkin 1 Banklar real sektorni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki ular ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlab, milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ular tomonidan taqdim etilayotgan uzoq muddatli kreditlar, lizing xizmatlari va garov ta’minoti asosida ajratiladigan mablag‘lar real sektorning texnologik yangilanishiga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga va raqobatbardoshlikni kuchaytirishga yordam beradi. Shuningdek, banklarning moliyaviy xizmatlarini kengaytirish va innovatsion moliyalashtirish vositalarini tatbiq etish real sektor korxonalariga xalqaro bozorlarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi. Eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish, sug‘urta va akkreditiv xizmatlarini taklif etish orqali banklar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshiradi va tashqi savdoni rivojlantiradi. O‘zbekiston Respublikasida eksport faoliyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator huquqiy, institutsional va moliyaviy islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda bank tizimi eksportni moliyalashtirish, kafolatlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish orqali muhim rol o‘ynamoqda. Tijorat banklari eksportyor korxonalar uchun quyidagi asosiy xizmatlarni ko‘rsatadi: 1. Eksport kreditlari — eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash va ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ajratiladi. 2. Eksport kafolatlari — eksport shartnomalarini bajarilishini ta’minlash uchun banklar tomonidan beriladigan moliyaviy kafolat turlaridir. 3. Faktoring va forfeyting xizmatlari — eksport operatsiyalaridan tushadigan to‘lovlarni tezlashtirishga va moliyaviy risklarni kamaytirishga xizmat qiladi. 1 Ahmedov A.A., Jo‘rayev B.M. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Toshkent, 2022 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 170 ISSN: 2181-2861 4. Valyuta operatsiyalari — xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish, shuningdek, valyuta risklarini boshqarish imkonini beradi. Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”, Asaka bank, Ipoteka-bank, Agrobank, Xalq banki kabi yirik tijorat banklari faol ishtirok etmoqda. Ular eksportni rivojlantirish maqsadida xorijiy moliya institutlari, masalan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda turli kredit liniyalarini joriy etgan.2 Banklar faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari Eksport salohiyatini oshirishda banklar rolini kuchaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda chora- tadbirlarni amalga oshirish zarur: • Eksportni moliyalashtirish infratuzilmasini rivojlantirish, ya’ni eksportga mo‘ljallangan maxsus kredit liniyalarini kengaytirish. • Eksport sug‘urtasi va kafolat tizimini takomillashtirish, banklar tomonidan eksport bitimlarining xavf darajasini
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida eksport salohiyatini oshirishda tijorat banklarining tutgan o‘rni va ularning faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida eksport salohiyatini oshirishda tijorat banklarining tutgan o‘rni va ularning faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- amalga oshirish, eksport salohiyatini, moliya institutlari, xizmat qiladi, real sektorni, banklar tomonidan, taraqqiyot banki
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021