Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BANKLARNING INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YOʻLLARI
Abraxmatov Ulug'bek Pardayevich
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
This article analyzes the main risks encountered in the investment activities of banks, their causes and ways to reduce them. The study examines the types of risks (credit risk, liquidity risk, market risk, operational risk, etc.) in the investment policy of banks. Also, risk management mechanisms, insurance, diversification and capital adequacy requirements based on international banking practices are analyzed. As a result, proposals and recommendations have been developed to improve the efficiency of risk management in the banking system and ensure investment stability. Keywords: Investment risks, banking system, financial stability, risk management, diversification, capital adequacy. Аннотация: В статье анализируются основные риски, возникающие в инвестиционной деятельности банков, причины их возникновения и пути их снижения. В исследовании рассматриваются виды рисков (кредитный риск, риск ликвидности, рыночный риск, операционный риск и др.) в инвестиционной политике банков. Также анализируются механизмы управления рисками, их страхование, диверсификация и требования к достаточности капитала, основанные на международной банковской практике. В результате разработаны предложения и рекомендации по повышению эффективности управления рисками в банковской системе и обеспечению инвестиционной устойчивости. Ключевые слова: Инвестиционные риски, банковская система, финансовая устойчивость, управление рисками, диверсификация, достаточность капитала. Kirish Bugungi kunda bank tizimi mamlakat iqtisodiyotida eng muhim moliyaviy vositachi sifatida faoliyat yuritadi. Banklarning investitsion faoliyati iqtisodiyotning real sektoriga kapital oqimini ta’minlaydi, lekin bu jarayon muayyan risklar bilan bog‘liq. Investitsiya risklari – bu banklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning natijasi kutilgan foydadan farq qilishi xavfidir. Shuning uchun, risklarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish banklar barqarorligi uchun zarur shart hisoblanadi. Adabiyotlar sharhi Adabiyotlar tahlilida banklarning investitsiya faoliyati va risk boshqaruvi masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy ishlar amalga oshirilgan. A. Vaxabov, N. Muminov, D. Tojiboyeva kabi olimlar bank investitsiyalarining iqtisodiy samaradorligi va xavf omillarini o‘rganganlar. Xalqaro miqyosda esa Basel qo‘mitalari tomonidan ishlab chiqilgan kapital yetarliligi me’yorlari, risklarni diversifikatsiyalash va stress-test amaliyotlari keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida risklarni kamaytirishning huquqiy asoslari belgilangan. Investitsiya riski – bu investor tomonidan kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qotilish ehtimoli yoki investitsiya kutilgan daromadni bermasligi bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlikdir. Investitsiya risklarini umumiy tasniflash va ularni boshqarish bo‘yicha zamonaviy iqtisodiy nazariyalar keng o‘rganilgan. Masalan: Markovitsning Portfel Nazariyasi (Markowitz, 1952) investitsiyalarni diversifikatsiya Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 164 ISSN: 2181-2861 qilish orqali risklarni minimallashtirish imkonini beradi [1]. Ushbu nazariya risk va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishning asosiy tamoyillarini belgilaydi. Sharpe (1964) va Linter (1965) tomonidan ishlab chiqilgan CAPM modeli (Capital Asset Pricing Model) investitsiya risklarining bozordagi xavf-xatarlar bilan qanday bog‘liqligini tahlil qiladi [2]. Ushbu model bugungi kunda investitsiya faoliyatida xavf va daromadni hisoblashda keng qo‘llaniladi. Investitsiya faoliyatida moliyaviy va bozor risklari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni Reilly va Brown (2009) tomonidan yozilgan “Investment Analysis and Portfolio Management” asarida moliyaviy vositalar va bozor o‘zgarishlariga qarshi boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishda muhim manbadir deb hisoblagan [3]. Fabozzi (2012) tomonidan tayyorlangan “Fixed Income Analysis” kitobida Valyuta kursining o‘zgarishi, inflyatsiya va likvidlik xavfi kabi moliyaviy risklar haqida yozilgan [4]. Siyosiy va huquqiy muhit investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Kobrin (1979) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, siyosiy barqarorlik va investitsiya muhitining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi [5]. Siyosiy risklarni bashorat qilish va bartaraf etish usullari ushbu tadqiqotlarda keng yoritilgan. Huquqiy risklarni tahlil qilishda Ernst & Young tomonidan har yili chop etiladigan “Investment Climate Reports” huquqiy sharoitlar va qonunchilikka doir tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi. Investitsiya risklari bo‘yicha mavjud adabiyotlar ushbu mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur yoritadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, investitsiya risklarini boshqarishning samarali usullari diversifikatsiya, xedj qilish, sug‘urtalash va siyosiy barqarorlikni ta’minlash kabi yondashuvlar bilan bog‘liq. Shu bilan birga, mamlakatning o‘ziga xos s
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the main risks encountered in the investment activities of banks, their causes and ways to reduce them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the main risks encountered in the investment activities of banks, their causes and ways to reduce them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Investment risks, banking system, financial stability, risk management, diversification
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesBasis Of Trend Models, Anvar Norimovich Rakhimov +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021