К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDIT BERISH TARTIBI VA AMALIY HOLATINI TAHLILI

AMALIY HOLATINI TAHLILI · Davlatov Elbek Kamoliddin o`g`li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Tezisda tijorat banklarida ipoteka kreditini berish tartibi, uning asosiy bosqichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Unda ipoteka kreditlash jarayonining tartibi, mijozning to‘lov qobiliyatini baholash hamda garov ta’minotini belgilash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar, foiz stavkalari va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: ipoteka krediti, tijorat banklari, kreditlash tartibi, garov ta’minoti, foiz stavkasi, to‘lov qobiliyati, uy-joy bozori, moliyaviy tahlil. Bugungi kunda ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashda eng muhim moliyaviy vositalardan biri hisoblanadi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib borayotgani sababli, tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlarini berish tizimini takomillashtirish dolzarb masalaga aylanmoqda.Ipoteka kreditlash tizimi nafaqat fuqarolarning turmush darajasini oshirish, balki qurilish sohasi va unga bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ipoteka kreditini berish tartibi, uning iqtisodiy mohiyati hamda amaliyotdagi holatini chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maruzada tijorat banklarida ipoteka kreditlarini berish jarayoni, ularning shartlari, foiz stavkalari, garov ta’minoti hamda amaliy muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Shu orqali ipoteka kreditlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Ipoteka krediti - bu ko'chmas mulkni (uy-joy) sotib olish uchun bank yoki boshqa moliyaviy yordamdir. Kreditning olinayotgan sharti - sotib olingan ko'chmas mulkgarov sifatida ta'minlanadi, ya'ni agar qarz oluvchi o'z samaradorligini bajara olmasa, bank garovga olingan mulkni sotib olish huquqiga ega. Ipoeka krediting mohiyati • asosiy maqsadi: Shaxsga yoki oilaga ko'chmas mulk (uy-joy) sotib olish uchun yordam ko'rsatish. • Ta'minot: Kredit ta'minoti sifatida sotib olinayotgan uy-joy yoki boshqa ko'chmas mulk garovga qo'yiladi. • Qarz xulosasi: qanday, uy-joy narxining bir ko'rinishi (masalan, 70-90% ni qoplaydi, qolgan qarz oluvchi o'zi to'laydi. • Foiz stavkasi: Kredit uchun foiz stavkasi foyda, uni qarz oluvchi kredit vaqt davomida to'lab boradi. • To'lov muddati: Kredit uzoq muddatga beriladi, masalan, 10, 15, 20 yoki undan ham ko'p yillar uchun. • To'lovlar: Qarz oluvchi har oyda kreditning ishlashi va foizlarini oshirish to'lab boradi. • Bank huquqlari: Agar qarz oluvchi kredit to'lovlaridan orqada qolsa, bank garovga olingan mulkni sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Tijorat banklarida ipoteka kreditini ajratish tartibi Tijorat banklarining ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga, qurilish sohasini rivojlantirishga hamda iqtisodiyotda investitsion faollikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli ipoteka kreditini ajratish jarayoni qat’iy tartib va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ipoteka kreditini ajratish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Mijoz tomonidan ariza topshirish bosqichi Ipoteka krediti olish istagida bo‘lgan fuqaro yoki yuridik shaxs bankka yozma ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta); • daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ish joyidan maosh spravkasi yoki soliq hisobotlari); • garovga qo‘yiladigan ko‘chmas mulk hujjatlari; Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 145 ISSN: 2181-2861 • oilaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (zaruratga ko‘ra). Bank xodimlari arizani qabul qilib, dastlabki tahlilni amalga oshiradilar va mijoz kredit olish uchun talab etiladigan minimal mezonlarga javob beradimi — shuni aniqlaydilar.1 2. Mijozning to‘lov qobiliyatini baholash Bu bosqichda bank kredit risklarini kamaytirish maqsadida mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qiladi. Baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: • o‘rtacha oylik daromad miqdori; • mavjud qarz majburiyatlari; • oilaviy xarajatlar darajasi; • ish joyining barqarorligi. Agar mijozning daromadlari kredit to‘lovlarini muntazam amalga oshirishga yetarli bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘tiladi. 3. Garov obyekti va uning qiymatini aniqlash Ipoteka kreditining asosiy xususiyati shundaki, u garov ta’minoti evaziga beriladi. Garov obyekti sifatida ko‘chmas mulk — uy, kvartira, yer maydoni yoki boshqa mol-mulk olinadi. Garov qiymatini aniqlash mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Baholov natijasi asosida bank kredit miqdorini belgilaydi. Odatda, kredit summasi garov qiymatining 70–80 foizidan oshmaydi. 4. Kredit shartlarini belgilash Baholash natijalari asosida bank kreditning asosiy shartlarini belgilaydi: • kredit summasi va muddatini (odatda 10–20 yilgacha); • foiz stavkasini (bozor holatiga va bank siyosatiga qarab); • to‘lov jadvalini va foizlarni hisoblash tartibini; • kreditning maqsadli yo‘nalishini (uy sotib olish, qurish, rekonstruksiya qilish).

Доказательный фрагмент

«Tezisda tijorat banklarida ipoteka kreditini berish tartibi, uning asosiy bosqichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda tijorat banklarida ipoteka kreditini berish tartibi, uning asosiy bosqichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ipoteka kreditini, sotib olish, qarz oluvchi, ipoteka kreditlash, chmas mulk, tijorat banklarida, banklarida ipoteka
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5