К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PUL BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ollanazarov Shoxrux Zokir o`g`li · Xudoyqulov Humoyiddin Ilhom o`g`li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur tezis ishida Oʻzbekiston Respublikasida pul bozorining hozirgi holati, uning tarkibiy tuzilmasi hamda asosiy ishtirokchilari faoliyati tahlil qilingan. Pul bozorining mamlakat moliya tizimidagi oʻrni va ahamiyati, likvidlikni ta’minlash hamda qisqa muddatli moliyaviy instrumentlar orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida milliy pul bozori infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy elektron toʻlov tizimlarini keng joriy etish, Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali olib borish yoʻnalishlari hamda moliya bozorini liberallashtirish jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, Oʻzbekistonda pul bozorini rivojlantirish istiqbollari sifatida raqamli valyuta mexanizmlarini joriy etish, banklararo likvidlikni oshirish, qisqa muddatli moliyaviy vositalarni kengaytirish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: pul bozori, moliya tizimi, Markaziy bank, likvidlik, moliyaviy instrumentlar, pul-kredit siyosati, elektron to‘lov tizimlari, raqamli valyuta, iqtisodiy rivojlanish. O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning va amalga oshirilayotgan davlat rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri — milliy pul bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish hamda aholining investitsiyalar hisobidan daromad manbalarini yaratishdir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida milliy iqtisodiyotini shakllantirgan har bir davlat ham pul bozorini rivojlantirmasdan to‘liq natijaga erisha olmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim tarkibiy qismlaridan biri mamlakatning moliyaviy tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, pul bozori moliya sektorining eng muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, pul bozorining rivojlanish darajasi orqali mamlakat moliyaviy tizimini umuman baholash mumkin. Pul bozori allaqachon universal iqtisodiy siyosatning ajralmas qismiga aylangan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda esa ushbu bozor orqali, bir tomondan, davlat, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, aholi o‘zlariga zarur mablag‘larni jalb qiladi, ikkinchi tomondan esa, korxona, tashkilot va aholi o‘z bo‘sh mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish orqali iqtisodiy foyda (daromad) oladi. Pul bozori — bu moliya bozorining bir qismi bo‘lib, unda asosan qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan) kredit operatsiyalari amalga oshiriladi. Pul bozoridagi operatsiyalar korxonalarning aylanma mablag‘lari harakati va banklarning qisqa muddatli resurslariga xizmat qiladi. Keng ma’noda olganda, pul bozori — bu jismoniy shaxslar, davlat va nodavlat institutlar pulga bo‘lgan talab bilan, banklar esa pul taklifi bilan ishtirok etadigan bozor hisoblanadi. Pul bozori iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy hujjatlarda turlicha ta’riflanadi, ammo biz uning asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Pul bozoridagi operatsiyalar tijorat banklari tomonidan, bir tomondan, bank likvidligini ta’minlash yoki mablag‘larni joylashtirish orqali daromad olish maqsadida, ikkinchi tomondan, Markaziy bank tomonidan — pul-kredit siyosatining maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi (Regulation, 2018). Bizning fikrimizcha, xalqaro tajribalarga tayangan holda pul bozori ishtirokchilarini kengaytirish zarur. Bunday holatda, pul bozorini faqat tijorat banklari va markaziy bank bilan cheklab qo‘ymasdan, balki quyidagi ishtirokchilar bilan boyitish lozim: hukumat, bank bo‘lmagan moliyaviy vositachilar, dilerlar va brokerlar, Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 138 ISSN: 2181-2861 nomoliyaviy tashkilotlar, aholi, aktivlarni boshqaruvchi agentliklar, nazorat organlari hamda sanoat uyushmalari. Tahlil va natijalar. Har qanday iqtisodiyotda pul bozori bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. U tijorat banklariga likvidlikni boshqarish orqali narx signallarini shakllantirish, likvidlik va foiz stavkalarini yumshatish, moliyalashtirishni ta’minlash, kapital chegaralarini belgilashda yordam beradi hamda pul-kredit siyosati ta’sirini amalga oshirish, likvidlikni tartibga solish va moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tijorat banklari o‘rtasida mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining yagona elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim 2018-yilda “Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda “Banklararo pul bozorida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari”ga muvofiq tashkil etilgan1. So‘nggi 25 yil davomida inflyatsion targetlash (maqsadli inflyatsiya siyosati) pul-kredit siyosati amaliyotlari majmuasi sifatida hamda narxlar barqarorligiga erishishning eng samarali usullaridan biri sifatida tobora ommalashdi. Bugungi kunda bu yondashuvni 30 dan ortiq mamlakatlar, jumladan rivojlang

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis ishida Oʻzbekiston Respublikasida pul bozorining hozirgi holati, uning tarkibiy tuzilmasi hamda asosiy ishtirokchilari faoliyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis ishida Oʻzbekiston Respublikasida pul bozorining hozirgi holati, uning tarkibiy tuzilmasi hamda asosiy ishtirokchilari faoliyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pul bozori, qisqa muddatli, pul bozorini, pul bozorining, bozori moliya, markaziy bank, pul-kredit siyosati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники