К содержанию
РецензированоUZ2026

AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEZONLARI

BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEZONLARI · Xakimova Nasiba Abduraimovna

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan. Shuningdek, aholi daromadlarini tarkibi, unda asosan aholining ish haqi daromadlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyati natijasida olinadigan daromadlari, davlatning yangi ish o’rni yaratish bilan bog’liq xarajatlari va uning smaradorligi tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Ish haqi, tadbirkorlik, lizing, depozit, biznes, moliya, rentabellik, investitsiya, innovatsiya. Aholining daromad jihatdan ijtimoiy tabaqalarga ajralishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan holat bo‘lib, aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalanishi o‘zida turli ijtimoiy-demografik guruhlar o‘rtasida daromadlarning notekis taqsimlanishini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat aholisi o‘rtasida daromadlar tengsizligini tahlil qilish aholi turmush darajasi to‘g‘risidagi xulosalarni ham keltirib chiqaradi. Negaki, mamlakatda aholi turmush darajasining to‘rt toifasi (farovonlik, meyoriy daraja, kambag‘allik, qashshoqlik) dan qaysi birida aholi ulushining yuqoriligi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat qandayligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, aholi turmush darajasi deyilganda aholining zarur moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, aholi iste’moli va ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi tushuniladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish, aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash, iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to‘laqonli o‘tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalarga ustuvor darajada ahamiyat qaratilmoqda. “Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish” vazifasi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Yuqoridagi ta’kidlardan kelib chiqib, bizningcha, bu borada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy mahsulot hajmi va aholi daromadning ko‘payishiga hamda iqtisodiy o‘sish va aholi turmush sifatini oshirishdagi asosi va davlatning ushbu sohaga ko‘magi quyidagi sohalarda o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. Jumladan, aholi daromadi oshishi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni ko‘payishi; milliy iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni baholash va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Birinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy nazariy qarashlarni umumlashtirish; ikkinchidan, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadi va harajatini muvofiqlashtiriga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning uslubiy jihatlarini o‘rganish; uchinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sishni hozirgi holati va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; to‘rtinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar asosida tahlil qilish; beshinchidan, aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish va uni prognozlarini ishlab chiqish. Ana shu zaruriyat tufayli aholi daromadlari va harajatlari bo‘yicha imtiyozlar mavjudligi yoki berilayotganligi, iqtisodiyotni barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 1- jadval Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 135 ISSN: 2181-2861 O’zbekiston Respublikasida 2020-2024-yillarda aholi jon boshiga umumiy va real daromadlarning o’zgarish tendensiyasi1 1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, milliy iqtisodiyotning yangi tarkibiy o‘zgarishi daromadlar tarkibini ham bevosita o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, aholi umumiy daromadlari 2023-yilda 728826,1 mlrd. so‘mdan hisobot yilida 764574,0 mlrd. so‘mgacha oshib borgan, yoki 126, 3 % ga oshgan. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar esa 2024-yilda 20638,7 ming so‘mga oshib, 110,0 % ga teng bo‘lgan. Qayd etish kerakki, turmush darajasini umuman real daromad emas, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad tashkil qilib, daromadlarning oshib borishi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, aholining harid qobiliyatini ortishi natijasida ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga erishiladi. “Turmush darajasi: – tor ma’noda aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning daromad va xarajatlar bilan ta’minlanishi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
barqaror iqtisodiy, aholi turmush, aholi daromadlari, aholi jon, jon boshiga, iqtisodiy sish, sish aholi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники