К содержанию
РецензированоUZ2022

TIJORAT BANKLARMI AKTIVLARINI DAROMADLILIGI VA LIKVIDLILIGI O’RTASIDAGI MUTANOSIBLIKNI TA’MINLASH YO’LLARI

Komilov Komronbek Umrbek o‘g‘li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022

Аннотация

Ishda tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va likvidliligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari yoritilgan. Bank aktivlarini boshqarishda daromad va likvidlik o‘rtasidagi optimal nisbatni topish, risklarni kamaytirish hamda barqarorlikni saqlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banki, aktivlar, daromadlilik, likvidlilik, muvozanat, risk boshqaruvi, moliyaviy barqarorlik “Mikrokreditbank” Kirish: O‘zbekiston iqtisodiyotida tijorat banklari moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda bank tizimida raqamli texnologiyalar joriy etilishi, kreditlash hajmining ortishi va kapital bazasining mustahkamlanishi ularning faoliyat samaradorligini yanada oshirdi. Banklar faoliyatida asosiy vazifa — daromadlilikni oshirish bilan birga likvidlilikni saqlab qolishdir. Chunki yuqori daromad olishga intilish likvidlik xavfini keltirib chiqaradi, likvidlikni oshirish esa daromadni kamaytiradi. Shu bois, tijorat banklari aktivlarini boshqarishda bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi optimal muvozanatni ta’minlash muhim hisoblanadi. Mazkur ishda tijorat banklari, xususan “Mikrokreditbank” misolida aktivlarning daromadliligi va likvidliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlash yo‘llari tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Asosiy qism: Tijorat banklari faoliyatining markaziy jihati – bu aktivlarni samarali boshqarish, ya’ni foyda olish bilan birga to‘lovga layoqatlilikni ta’minlashdir. Daromadlilik bank aktivlarining foyda keltirish darajasini ifodalasa, likvidlilik bankning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyatini bildiradi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasida tabiiy qarama-qarshilik mavjud: daromadlilikni oshirish uchun riskli, ammo yuqori foizli aktivlar tanlanadi, bu esa likvidlikni kamaytiradi.Shu sababli, har bir tijorat banki o‘z aktivlarini daromad keltiruvchi (kreditlar, investitsiyalar) va likvid aktivlar o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda joylashtirishi lozim. Zamonaviy bank menejmenti tizimida bu jarayonni aktiv-passivlarni boshqarish siyosati orqali tartibga solish keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab bank tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-216-son) milliy bank tizimining huquqiy poydevorini yaratdi.Keyinchalik ushbu qonun yangi iqtisodiy talablar asosida 2019-yil 5-noyabrda O‘RQ-580-son bilan yangilandi. Yangi tahrirda banklar faoliyatida korporativ boshqaruv, likvidlik me’yorlari va kapital yetarliligi bo‘yicha aniq talablar belgilandi. Bank tizimini chuqur isloh qilish maqsadida Prezidentning 2020-yil 12- maydagi PF-5992-sonli farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini 2020–2025-yillarda isloh qilish strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu strategiyada tijorat banklari faoliyatini bozor tamoyillariga o‘tkazish, davlat ulushini kamaytirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish belgilandi. AT «Mikrobank»ning aktivlar turlari bo‘yicha bank aktivlari dinamikasi 2021–2024 y. (mlrd so‘mda) 1. 1- jadval 1 https://mkbank.uz/uz/about/indicators/ Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 126 ISSN: 2181-2861 Tijorat banklari faoliyati iqtisodiyotning pul aylanish jarayonini ta’minlash, investitsiyalarni moliyalashtirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Banklar uchun asosiy masalalardan biri – bu daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi muvozanatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Mashhur iqtisodchi John Maynard Keynes o‘z asarlarida “likvidlik afzalligi” nazariyasini ilgari surgan. Unga ko‘ra, har bir moliyaviy institut nafaqat foyda ortidan quvishi, balki o‘z majburiyatlarini istalgan paytda bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu fikr bugungi tijorat banklari uchun ham dolzarb, chunki ortiqcha daromadga intilish likvidlik tanqisligiga olib kelishi mumkin. Frederic Mishkin, zamonaviy moliya tizimi bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi, bank aktivlarini boshqarishda risk, daromad va likvidlik uchligini muvozanatda ushlash zarurligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, har bir bank o‘z aktivlari tarkibini shu uch omilni hisobga olgan holda shakllantirsa, bu moliyaviy inqirozlarning oldini olishga yordam beradi. Ronald Coase esa iqtisodiy samaradorlik nazariyasida resurslardan oqilona foydalanish muhimligini ta’kidlab, ortiqcha risk yoki ortiqcha likvidlik har ikkala holatda ham foyda darajasini pasaytirishini qayd etadi. Shu bois tijorat banklari balansida nafaqat yuqori daromad keltiruvchi, balki tezkor naqdlashtiriladigan aktivlarning ham yetarli ulushi saqlanishi lozim. O‘zbekiston tajribasida ham ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yil 12- sentyabrda qabul qilingan PF–5177-sonli Prezident farmoni asosida tijorat banklari kapital bazasini mustahkamlash, aktiv portfellarni diversifikatsiya qilish va raqamli bank xizmatlarini riv

Доказательный фрагмент

«Ishda tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va likvidliligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ishda tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va likvidliligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tijorat banklari, aktivlarini boshqarishda, bank tizimini, ishda tijorat, daromadliligi likvidliligi, likvidliligi rtasidagi, rtasidagi muvozanatni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5