К содержанию
РецензированоUZ2026

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI MOLIYAVIY HOLATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNING MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI

Hamroyev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridan biri sifatida buxgalteriya balansining batafsil ta'rifi, uning turlari va korxona moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, aktivlar, majburiyatlar va balansning har bir bo‘limi hamda moddalari iqtisodiy mohiyati yoritilgan bo‘lib buxgalteiya balansini tuzish va takomillashtirishga oid bir qancha takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: buxgalteriya balansi, aktiv, majburiyat, kapital, moliyaviy holat, balans moddalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy holatini to‘g‘ri baholash, uning aktivlari va majburiyatlarini haqqoniy aks ettirish muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning barqaror faoliyati, investorlarga ishonch uyg‘otishi va boshqaruv qarorlarining samaradorligi moliyaviy hisobotlarning, xususan, buxgalteriya balansining to‘g‘ri tuzilishiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga mos ravishda yuritilishi, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga rioya etilishi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu boisdan, buxgalteriya balansining mohiyati, turlari va ahamiyatini chuqur o‘rganish amaliy va nazariy jihatdan dolzarb masala hisoblanadi.Dastlab bir necha xorijiy va O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning tadbirkorlik subyektlari moliyaviy holati haqidagi qarashlarini ko‘rib chiqamiz. Rus iqtisodchi olimi N.S.Feyt buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rif bergan Balans –u tashkilotning aktivlari, majburiyatlari va aktsioner kapitalini aniq sana bo‘yicha ko‘rsatuvchi moliyaviy hisobot.1 Muayyan nazariya nuqtai nazaridan, balans shundagi “turlarni” tizimlashtirishga, kategoriyalar o‘rtasida bog‘lanishni ifodalashga xizmat qiladigan abstrakt tushuncha sifatida qaraladi. Y.V.Sokolovning fikricha, balans – bu kategoriya, ya’ni balans faqatgina raqamlar yig‘indisi emas, balki moliyaviy tarkib va munosabatlarni tizimli ko‘rsatadigan kategoriya.2 Buxgalteriya balansi haqida iqtisodchi olim Z.N.Qurbonov quyidagi fikrlarni bergan: “Buxgalteriya balansi – bu korxona xo‘jalik mablag‘larini ularning tarkibi va joylashuviga qarab, shuningdek, ularning shakllanish manbalari bo‘yicha ma’lum bir sanada guruhlaydigan va umumlashtiradigan hisobot jadvalidir.”3 Iqtisodchi olim Jabbarova.Ch.A o‘zining maqolasida buxgalteriya balansiga ta’rif berib, balansning real holatga mosligi haqida shunday fikrlar keltirgan. “Balansdagi ma’lumotlar real holatga mos kelishi kerak, lekin “to‘g‘rilik” va “real holat” tushunchalarini aralashtirmaslik kerak. Masalan, balans hujjatlari asosida to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi moddalardagi ma’lumotlar, masalan, eskirgan asosiy vositalar yoki qarzdorliklar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.’’4 Professorning fikrlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, balansdagi ma’lumotlar real holatga mos bo‘lishi lozim, ammo “to‘g‘rilik” (ya’ni hujjatlar asosida hisob-kitobning to‘g‘ri yuritilishi) bilan “real holat” (ya’ni amaldagi iqtisodiy vaziyat) bir xil tushuncha emas. Masalan, balans shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin agar undagi ayrim aktivlar (masalan, eskirgan asosiy vositalar) yoki qarzdorliklar haqiqiy qiymatini aks ettirmasa, 1 Feit N. S. Buxgalterskiy balans // Современные научные исследования и инновации. – 2020. – № 5. – С. 45–48. – URL: https://cyberleninka.ru/article/n/buhgalterskiy-balans-5 2 Соколов Я. В. Исследование современного состояния бухгалтерского баланса как источника информации о финансовом положении организации // Экономика и управление: проблемы, решения. – 2019. – Т. 3, № 6. – С. 112– 118. – URL: https://cyberleninka.ru/article/n/issledovanie-sovremennogo-sostoyaniya-buhgalterskogo-balansa-kak- istochnika-informatsii-o-finansovom-polozhenii-organizatsii 3 Qurbonov Z. N., Xotamov K. R. Teoriya buxgalterskogo ucheta. — Namangan davlat universiteti nashri, 2014. — NamDU Raqamli kutubxona. – URL: https://namdu.uz/uz/books/2476 4 THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE BALANCE SHEETJabbarovаCharos AminovnaLecturer in the Department of Budgetary Accounting andTreasury of the Tashkent Financial Institute Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 119 ISSN: 2181-2861 u holda balans haqiqiy iqtisodiy holatni to‘liq ko‘rsata olmaydi. Bu fikr buxgalteriya hisobida formal to‘g‘rilik va mazmunan haqqoniylik o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Ya’ni balans nafaqat hujjatlar asosida to‘g‘ri, balki haqiqatga ham mos bo‘lishi kerak. Balans – bu jadval bo‘lib, unda hisob obyektlari ikkita nuqtai nazardan – mulk va moliyalashtirish manbalari nuqtai nazaridan guruhlanib, ularning sonli qiymatlari ko‘rsatiladi. Balans ikki qismdan iborat: aktiv – mulk turlari va guruhlari bo‘yicha, passiv esa tashkilot kapitali va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot (balans hisoboti) - bu korxonaning ma'lum bir vaqt oralig'idagi aktivlari, majburiyatlari va kapitalini ko'rsatuvchi asosiy moliyaviy hujjat. Uning mohiyati korxonaning moliyaviy ahvoli va boyli

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridan biri sifatida buxgalteriya balansining batafsil ta'rifi, uning turlari va korxona moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridan biri sifatida buxgalteriya balansining batafsil ta'rifi, uning turlari va korxona moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyaviy hisobotlarning, buxgalteriya balansining, buxgalteriya balansi, real holatga, url https, moliyaviy holat, korxonaning moliyaviy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5