К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARINI TRANSFORMATSIYA QILISHNING DOLZARB MASALALARI

QILISHNING DOLZARB MASALALARI · Mamitova Sabina Bakir qizi

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonining dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Bank tizimini modernizatsiya qilish va uni xalqaro moliya standartlariga moslashtirish, korporativ boshqaruv, raqamli texnologiyalar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, banklarni transformatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda mavjud muammolar, ularni hal etish bo‘yicha takliflar hamda tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: pul bozori, moliya tizimi, Markaziy bank, likvidlik, moliyaviy instrumentlar, pul-kredit siyosati, elektron to‘lov tizimlari, raqamli valyuta, iqtisodiy rivojlanish. So‘nggi yillarda jahon moliya bozorida yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar tijorat banklari faoliyatida transformatsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. Banklar nafaqat moliyaviy vositachilik vazifasini bajaruvchi institut, balki iqtisodiy taraqqiyotning drayveri sifatida ham faoliyat yuritishi lozim. Shu boisdan ham raqamli texnologiyalarni joriy etish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston bank tizimi misolida olib qaralganda, so‘nggi besh yil davomida sezilarli o‘zgarishlarga erishildi. 1Avvalo, banklarning transformatsiyasi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunda banklar raqamli xizmatlarni kengaytirish, xalqaro standartlarga moslashish va mijozlarga qulay moliyaviy muhit yaratishga intilmoqda. Misol tariqasida, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar sonining yildan-yilga ortishi, mobil ilovalar orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar hajmining keskin o‘sishi keltirilishi mumkin. Bu esa banklarning yangi avlod mijozlar talabiga moslashayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, banklarda korporativ boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish natijasida shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik darajasi oshmoqda. Boshqaruv organlarida mustaqil direktorlar ulushining ko‘payishi, risk-menejment bo‘limlarining faoliyatini kuchaytirish ham transformatsiya samaradorligining muhim natijalaridan biridir. Bu esa xalqaro investorlarga ishonch bag‘ishlaydi va banklarning xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga zamin yaratadi. “Transformatsiya qilish” so‘zi lotincha “transformare” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “o‘zgartirish”, “yangilash”, “tubdan isloh qilish” degan ma’noni bildiradi. Transformatsiya qilish – bu tizim, tashkilot yoki jarayonni zamonaviy talablarga mos holda o‘zgartirish va takomillashtirish demakdir. Tijorat banklarini transformatsiya qilish deganda — banklarning boshqaruv tizimi, moliyaviy faoliyati, xizmat ko‘rsatish shakli va texnologiyalarini zamonaviy xalqaro standartlarga mos ravishda tubdan yangilash jarayoni tushuniladi.2 O‘zbekistonda bank transformatsiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Korporativ boshqaruvni joriy etish — ya’ni bank faoliyatini xalqaro menejment usullari asosida boshqarish. 2. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash — masalan, mobil bank, internet banking, onlayn kreditlash. 3. Moliyaviy shaffoflikni oshirish — xalqaro buxgalteriya va hisobot standartlarini joriy etish (IFRS). 4. Davlat ulushini kamaytirish — banklarni xususiylashtirish va investorlar jalb etish. 1 Karimov, I. (2021). O‘zbekiston bank tizimida transformatsion islohotlar: Nazariya va amaliyot. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti 2 Qodirov, S. (2023). Tijorat banklarida raqamli transformatsiya: imkoniyat va xavf-xatarlar. Toshkent: TDIU ilmiy jurnali. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 39 ISSN: 2181-2861 5. Risk-menejment tizimini rivojlantirish — risklarni aniqlash va boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini tatbiq etish. Tijorat banklarini transformatsiya qilish yo‘nalishlari31 -jadval Transformatsiya jarayonlarining iqtisodiyotdagi real ta’sirini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkichlar muhim manba sifatida xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bank-moliya sektori hajmi va sifati jihatidan keskin o‘sib bormoqda. Masalan, 2020-yilda tijorat banklarining aktivlari hajmi qariyb 325 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 700 trln so‘mdan oshdi. Shu davr ichida banklarning ustav kapitali ham ikki baravarga ko‘payib, xalqaro moliya bozorida faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirdi.4 Raqamlashtirish ko‘rsatkichlariga to‘xtalsak, 2020-yilda mobil bankingdan foydalanuvchi mijozlar soni 4 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 12 milliondan oshdi. Bu esa transformatsiya jarayonlarining aholi orasida keng qamrovli natija berayotganini ko‘rsatadi. Qolaversa, pandemiya davrida shakllangan masofaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj banklarni yangi biznes-modellarga o‘tishga majbur etdi. Shu sababli bug

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonining dolzarb masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonining dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transformatsiya qilish, tijorat banklarini, banklarini transformatsiya, joriy etish, tizimini modernizatsiya, modernizatsiya qilish, xalqaro moliya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5