К содержанию
РецензированоUZ2026

“OʻZBEKİSTON SHAROİTİDA CHİQİNDİLARNİ QAYTA İSHLASH KORXONALARİNİ MOLİYALASHTİRİSHNİNG AFZALLİKLARİ VA KAMCHİLİKLARİ”

Xudoyberdiyev Muhammad Norqobil o`g`li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning mavjud holati, afzalliklari va kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiy o‘sishni ham rag‘batlantiradi. Kalit so‘zlar: chiqindilarni qayta ishlash, moliyalashtirish, yashil iqtisodiyot, davlat-xususiy sheriklik, ekologik barqarorlik, investitsiya, Oʻzbekiston. Oʻzbekistonda ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu jihatdan chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish iqtisodiy barqarorlik va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligi — loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishining asosiy omilidir. Tadqiqotda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, xalqaro moliya institutlarining grant va kredit dasturlari, shuningdek, investitsiya muhitining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning afzalliklari — ekologik foyda, iqtisodiy samaradorlik, yangi ish o‘rinlari yaratish va resurslarni tejash bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yuqori boshlang‘ich sarmoya, moliyaviy risklar, texnologik va kadrlar salohiyatining cheklanganligi kabi kamchiliklar mavjud. Moliyalashtirish iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. U kapital resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularning qaytishini ta’minlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Chiqindilarni qayta ishlash korxonalari esa, o‘z tabiati bilan kapital talab qiluvchi soha bo‘lib, yuqori texnologiyalarni, logistika tizimini va ekologik xavfsizlik me’yorlarini talab qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ–4821-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish konsepsiyasi”da chiqindilarni qayta ishlash, qayta foydalanish va energiya ishlab chiqarish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. № Yo‘nalishlari Afzalliklari Kamchiliklari 1 Iqtisodiy Qayta ishlangan chiqindilar ikkilamchi Yuqori boshlang‘ich sarmoya talab samaradorlik xomashyo sifatida ishlab chiqarishga etiladi, sarmoya qaytish muddati uzoq. kiradi, import hajmini kamaytiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi. 2 Investitsion Davlat va xalqaro moliya institutlari Kredit stavkalari yuqoriligi hamda jozibadorlik (EBRD, UNDP, GEF) tomonidan grant kichik korxonalar uchun va kredit dasturlari mavjud holatda moliyalashtirish imkoniyati ajratilishi. cheklangan. 3 Ekologik Chiqindilar hajmi kamayadi, poligonlar Ekologik nazorat va chiqindilarni barqarorlik yuklamasi yengillashadi, havoga saralash tizimi yetarlicha chiqayotgan zararli modda kamayadi. shakllanmaganligi. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 37 ISSN: 2181-2861 4 Energiya Qayta ishlangan chiqindilardan Energiya ishlab chiqaruvchi tejamkorlik energiya olish tabiiy resurslardan texnologiyalar importga bog‘liqligi, foydalanishni kamaytiradi. energiya ishlab chiqarish samaradorligi past darajadaligi. 5 Ijtimoiy Yangi korxonalar yangi ish o‘rinlari Soha mutaxassislari, texnik kadrlar samaradorlik yaratadi va aholi bandligi oshadi. yetishmasligi. 6 Resurslardan Qayta ishlash tabiiy resurslardan Qayta ishlangan mahsulotlarning ichki oqilona foydalanish bosimini kamaytiradi. bozordagi talab darajasining pastligi. foydalanish 7 Hududiy Viloyat va tumanlarda chiqindilarni Ba’zi hududlarda logistika va tashish rivojlanish yig‘ish va qayta ishlash infratuzilmasi tizimi rivojlanmagan. rivojlanadi. 8 Davlat-xususiy Davlat kafolatlari bilan investorlar jalb Sheriklik jarayonida byurokratik sheriklik qilinadi, barqaror moliyalashtirish to‘siqlar va uzoq muvofiqlashtirish mexanizmi yaratiladi. jarayonlari mavjudligi. 9 Xalqaro O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot” Global moliya resurslariga kirish integratsiya sohasida xalqaro loyihalarda ishtirok raqobatli qat’iy talablarni oshiradi. etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 10 Texnologik Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish Import texnologiyalariga qaramlik va rivojlanish orqali chiqindilarni qayta ishlash texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining samaradorligini oshirish. yuqoriligi. Chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari (1- jadval) Xulosa: O‘zbekiston sharoitida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirish ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ushbu sohani rivojlantirish orqali chiqindilardan foydalanish samaradorligini oshirish, tabi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning mavjud holati, afzalliklari va kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash sohasini moliyalashtirishning mavjud holati, afzalliklari va kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qayta ishlash, chiqindilarni qayta, yashil iqtisodiyot, ishlab chiqarish, afzalliklari kamchiliklari, ishlash korxonalarini, energiya ishlab
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5