К содержанию
РецензированоRU2025

ОСНОВНОЙ ВРЕДИТЕЛЬ КАРТОФЕЛЯ – КОЛОРАДСКИЙ ЖУК (LEPTINOTARSA DECEMLINEATA).

Sobirjonova Ximoyatxon Xabibullo qizi · Siddiqova Nodira Kamildjanova

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье представлены сведения о биологии колорадского жука, его вредоносности и эффективных мерах борьбы, которые являются одной из актуальных проблем в картофелеводстве. Ключевые слова: вредитель, колорадский жук, личинка, куколка, поколение. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida, jumladan sabzavot va kartoshkachilikka ham katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa aholini meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ekin maydonlarida sabzavot ekinlari salmog‘ini o‘rtacha yilga 3 mln tonnaga, poliz ekinlari 1 mln tonnaga, kartoshkachilikni esa 400-500 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan edi. Kishlok xujalik maxsulotlaridan yukori xosil olish chora- tadbirlari natijasida ko‘pchilik fermer xo‘jaliklar, sabzavot-poliz va kartoshkadan yuqori hosil olmoqdalar. Ular o‘rtacha har bir gektar sug‘oriladigan yerdan 300-350 sentner hosil olishga erishmoqdalar. Sabzavot-poliz va kartoshkadan mo‘l hosil olishda ilg‘or agrotexnologik tadbirlarga amal qilish bilan kolorado kungizi tarqalishining oldini olish, ularni paydo bo‘lish sabablarini to‘g‘ri aniqlash ularga qarshi kurash choralarini izchillik bilan amalga oshirish lozim. Kartoshkachilikka ham katta e’tibor berilmokda. Kartoshkachilikni rivojlantirishda tuproq sharoitlari hisobga olinib, ayniqsa Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan viloyatlarida kartoshkachilik uchun qulay sharoit mavjudligi, bu sohada ijobiy natijalar beryapdi. Umuman olganda respublikamizda kartoshka 40-42 ming gektar maydonga ekilib, hozirda 380-440 ming tonnaga yaqin yalpi hosil yetishtirilmokda. Hosildorlik respublika bo‘yicha olganda o‘rtacha 200 sentner bo‘lsa, ilg‘or xo‘jaliklarda 250-300 sentnerni tashkil qilmoqda. 2 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Respublika hukumati kartoshkachilikni yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish borasida kartoshkachilik sohasini konsentratsiya qilish, ixtisoslashtirish, yetishtirish jarayonlarida yangi usullarni kiritish, hosildorlikni oshirish borasida izlanishlarni ko‘paytirishni olimlar, qishloq xo‘jalik xodimlari zimmasiga yuksak vazifa qilib qo‘ydi. Hozirgi kunda kartoshkachilik sohasida ancha muvaffaqiyatlarga erishilmoqda, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, serhosil navlarni keltirib ekish va O‘zbekiston sharoitida takomillashtirish, ayniqsa Gollandiya, Belgiya kabi qishloq xo‘jaligi madaniyati yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada katta ishlar amalga oshirilmokda. Kartoshkadan O‘zbekiston sharoitida ikki marta hosil olish kasallik va zararkunandalarni yo‘qotish, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Sabzavot-poliz va kartoshkachilikda yangi, ixcham traktor, kultivator, seyalka, ekuvchi moslamalar, yig‘uvchi kombaynlar yaratish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga ko‘p hollarda ekin o‘suv davrida va keyinchalik hosilni omborxonalarda saqlash paytida har xil zararkunandalar ta’sirida hosilning ancha qismi nobud bo‘ladi va sifati keskin pasayadi. Ximoya choralari va boshqa tadbirlarni muntazam qo‘llanmaslik natijasida zararkunandalar, ayniqsa shaxsiy tarmoqlarda ko‘p uchraydi va katta zarar keltiradi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishdir. Buning uchun zararkunanda qo‘zg‘atuvchisini to‘g‘ri aniqlash uning rivojlanishi, tarqalishi bir mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlashi hamda ma’lumotlarga ega bo‘lish va shular asosida ekinni himoya qilishning samarali muddatlarini bilish va usullarini qo‘llash lozim bo‘ladi. Tadqiqot usullari. Kolorado (kartoshka) qo‘ng‘izi bargxo‘rlar oilasiga mansub bo‘lib, faqat qo‘ng‘izlik davrida tuproqning 18-70 sm gacha chuqurligida qishlab chiqadi, bu tuproq iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Erta bahorda qo‘ng‘izlari qishlagan joylardan tuproq yuzasiga ko‘tarila boshlaydilar. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab kanadalik olimlarning ma’lumotiga asosan qo‘ng‘izlar tuproq harorati 22-230S issiqlikka yetganda, Fransiyalik, Belgiyalik va boshqa olimlar ma’lumotlariga qaraganda 14-150S gradus ayrim hollarda 100S yetganda qo‘ng‘izlar tuproq yuzasiga uyg‘onib chiqishlari mumkin degan xulosalar bor. Bahorda vaqtinchalik sovuqlar bo‘lsada, qo‘ng‘izlarning uyg‘onishi 1-2 haftaga, hatto 3 hafta kechikadi. Asosan fevral oyining o‘rtalarida qo‘ng‘izlar paydo bo‘lib, iqlim sharoitiga qarab may hatto iyun oylarigacha boradi. Namgarchilikning ko‘p bo‘lishi, yuqori atmosfera haroratida qo‘ng‘izlarning uyqudan uyg‘onishi tezlashadi. Qo‘ng‘izlar qishlab qolgan joylaridan tuproq yuzasiga chiqishlari bilan darhol suv izlab topib qoniqib ichib keyin kartoshka ekilgan maydonlarga o‘ta boshlaydilar. Agarda qo‘ng‘izlar tuyib suv ichib chanqog‘ini yaxshi qondirsa, kuzda qishlashdan oldin tuyib ovqatlanganligi tufayli bahorda ovqat vaqtida suv top

Доказательный фрагмент

«В статье представлены сведения о биологии колорадского жука, его вредоносности и эффективных мерах борьбы, которые являются одной из актуальных проблем в картофелеводстве.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлены сведения о биологии колорадского жука, его вредоносности и эффективных мерах борьбы, которые являются одной из актуальных проблем в картофелеводстве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pest, Colorado potato beetle, larva, pupa, generation, g‘umbak, вредитель, колорадский жук, generation., avlod., личинка, zararkunanda, поколение., куколка, lichinka, kolorado qo‘ng‘izi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники