К содержанию
РецензированоRU2025

ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С МЕЖДУНАРОДНЫМИ ФИНАНСОВЫМИ ИНСТИТУТАМИ (1991–2021 гг.)

MUNOSABATLARI TARIXI (–) (O‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR BILAN) · Xabibullayev Hamidullo (O‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR BILAN)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной научной статье анализируются отношения Республики Узбекистан с международными финансовыми институтами, процесс их становления и роль в экономическом развитии страны. Исследование охватывает период с 1991 по 2021 год. В статье анализируются направления сотрудничества с Международным валютным фондом, Всемирным банком, Азиатским банком развития и Европейским банком реконструкции и развития. Изучаются программы, реализуемые международными финансовыми институтами в Узбекистане, их роль в кредитной 2 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ политике и экономических реформах. В выводах статьи также рассматриваются перспективы Узбекистана в международном сотрудничестве. Ключевые слова: Узбекистан, международные финансовые институты, Международный валютный фонд, Всемирный банк, Азиатский банк развития, Европейский банк реконструкции и развития, экономические реформы, инвестиции, стабильность, финансовая политика, модернизация, международное сотрудничество. 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan mamlakat yangi iqtisodiy yo‘lni tanladi. Markazlashgan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tish uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlash zarur edi. Shu jarayonda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston 1992-yilda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankiga (OTB) a’zo bo‘lib, xalqaro moliyaviy tizimga kirib bordi. Bu davrda xalqaro tashkilotlar mamlakatda islohotlarni amalga oshirish, moliya tizimini mustahkamlash va investitsiyalarni jalb etishda muhim o‘rin tutdi. Xususan, XVJ tomonidan makroiqtisodiy barqarorlik, byudjet siyosati va valyuta tizimini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar berildi. Mustaqillikdan keyingi dastlabki hamkorlik davri (1991–2000) Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. Inflyatsiya darajasi yuqori, ishlab chiqarish hajmi esa pasaygan bir paytda, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik mamlakat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 1992–1995-yillar oralig‘ida O‘zbekiston XVJdan bir nechta kredit liniyalarini oldi, Jahon banki esa energetika va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarni moliyalashtirdi. 1994-yilda milliy valyuta – so‘m joriy qilinishi mamlakat moliyaviy mustaqilligini mustahkamladi. Bu davrda xalqaro institutlarning asosiy maqsadi iqtisodiy tizimni barqarorlashtirish, moliyaviy intizomni o‘rnatish va tashqi savdo aloqalarini kengaytirishdan iborat edi. Hamkorlikning kengayishi va islohotlar bosqichi (2001–2010) 2000-yillarda O‘zbekiston iqtisodiy siyosatida barqarorlik davri boshlandi. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va XVJ bilan hamkorlik yanada kengaydi. Jahon banki “Ta’limni isloh qilish”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” kabi dasturlarni moliyalashtirdi. Osiyo taraqqiyot banki esa transport, suv xo‘jaligi va energetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirdi. 2006-yilda O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bank kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit dasturlarini taqdim etdi. Shu orqali xalqaro moliyaviy institutlarning mamlakatdagi ishonchi tiklandi. Ochiqlik siyosati davrida yangi bosqich (2016–2021) 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlanagan ochiqlik siyosati O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini oshirdi. Bu davrda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik strategik tus oldi. XVJ mamlakat valyuta tizimini liberallashtirish bo‘yicha maslahatlar berdi. Jahon banki ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. 2 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ OTB tomonidan 2017–2021-yillarda 40 dan ortiq loyiha moliyalashtirildi, shu jumladan, “Energiya samaradorligini oshirish”, “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” kabi dasturlar amalga oshirildi. COVID-19 pandemiyasi davrida xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonga 1,6 milliard dollarlik yordam ko‘rsatib, sog‘liqni saqlash tizimi va iqtisodiy tiklanish jarayonlariga hissa qo‘shdilar. Xulosa O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar bilan 1991–2021-yillar oralig‘idagi hamkorligi mamlakat iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutdi. Bu hamkorlik iqtisodiy barqarorlik, investitsion muhitni yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi. Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro moliyaviy institutlar bilan yangi bosqichdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, “yashil iqtisodiyot”, raqamli moliya va innovatsion taraqqiyot sohalarida faol ishtirok etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisobotlari (1991–2021). 2. Jahon banki rasmiy veb-sayti: www.worldbank.org 3. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) yillik hiso

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье анализируются отношения Республики Узбекистан с международными финансовыми институтами, процесс их становления и роль в экономическом развитии страны.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье анализируются отношения Республики Узбекистан с международными финансовыми институтами, процесс их становления и роль в экономическом развитии страны. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbekistan, international financial institutions, International Monetary Fund, European Bank for Reconstruction and Development, international cooperation., xalqaro moliyaviy institutlar, Jahon banki, стабильность, modernization, Европейский банк реконструкции и развития, Всемирный банк, Asian Development Bank, Азиатский банк развития, O‘zbekiston, международные финансовые институты, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, World Bank, modernizatsiya, Osiyo taraqqiyot banki, investitsiya, международное сотрудничество., экономические реформы, investment, инвестиции, financial policy, moliyaviy siyosat, Международный валютный фонд, barqarorlik, финансовая политика, модернизация, Узбекистан, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, xalqaro hamkorlik., economic reforms, iqtisodiy islohotlar, stability
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники