Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
«ЗНАЧЕНИЕ ПРЕЗУМПЦИИ НЕВИНОВНОСТИ В УГОЛОВНОМ СУДОПРОИЗВОДСТВЕ»
Xamdamov Temurmalik Azizbek o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В данной статье кратко раскрывается, что такое презумпция невиновности, где она впервые появилась и зачем она необходима. Ключевые слова: Презумпция невиновности, «самосуд», Конституция, Верховный суд, Европейская конвенция. “THE IMPORTANCE OF THE PRESUMPTION OF INNOCENCE IN CRIMINAL JUSTICE” Annotation. This article briefly explains what the presumption of innocence is, where it first originated, and why the presumption of innocence is necessary. Keywords: Presumption of innocence, “vigilantism”, Constitution, Supreme Court, European Convention. Aybsizlik prezumpsiyasi-bu gumonlanuvchining, ya’ni jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan isbotlanmaguniga qadar ushbu shaxsning aybsiz deb topilishidir. Bu prinsip davlatimizda oliy qadiryat hisoblangan inson sha’nini himoya qilish uchun ham asosiy vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Bazi insonlar hali aybi sudda isbotlanmagan shaxsga nisbatan tuxmat va bo’xtonlar yog’dirishadi, hamda, hozirda jamiyatimizga tanish bo’lgan bir tushuncha ham mavjud. Bu “Samosud” tushunchasidir, ya’ni noqonuniy sud qilish va jazo tayinlash, hozirda ko’pchilik insonlar ushbu hatti-harakatning qurboniga aylanishmoqda bunday qonunbuzarliklarga chek qo’yish uchun esa aybsizlik prezumpsiyasi eng yaxshi chora hisoblanadi. Shu sababdan bu prinsip O’zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo’lgan Konsitutsiyasining 28- moddasida ham shunday ko’rsatilgan: ”Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanilmaydi”[1]. Ushbu prinsip nafaqat O’zbekistonda balki boshqa davlatlar qonunchiligida ham ajralmas xususiyatga ega. Masalan: xalqaro munosabatlarda asosiy qonunlardan biri bo’lib kelayotgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida “Jinoyat sodir etishda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud muhokamasi yo’li bilan aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir” [2] deb ko’rsatilgan. Shuningdek, Inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini himoya qilish to’grisidagi Yevropa konvensiyasida hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktda ham mazkur prinsip alohida qoida 2 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sifatida ko’rsatilganini ta’kidlash joiz. Biroq bu prinsip O’zbekiston qonunchiligida Konsitutsiyadan tashqari bir qator qonunlarda ham qayd etib o’tilgan. Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi 2- bandiga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud hukmlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: Sudlar hukm chiqarishda, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va JPKda belgilangan sudning hukmi qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi, faqat sudlar tomonidan, oshkoralik, jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqilishi, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi, odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda va tarjimon yordamidan foydalanishini taʼminlash, taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarning bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi, aybsizlik prezumpsiyasi asosida chiqarilishi va ish boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal qiladilar. Ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga koʻra cheklanish, hukmni qonuniy emas deb topishga asos boʻladi. [3] Albatta, bu qonun kecha yoki bugun paydo bo’lgani yo’q, aybsizlik prezumpsiyasining ilk belgilari qadimgi yahudiy qonunlarida boʻlgan. Shuningdek, Qadimgi Rim huquqi bilan bogʻlangan boʻlib, XII-asr Italiya huquqida aybsizlik prezumpsiyasi rasman amal qilgan. Bu davrda aybsizlik prezumpsiyasining qoʻllanishi bugun talqin etiladigan darajada keng boʻlmagan. Yaʼni, hamma ham bu huquqdan foydalana olmagan. Prezumpsiyaning bu shakli tanlov prezumpsiyasi deb atalgan. Undan faqat sharafli, namunali hayot kechirgan hamda yaxshi xulq-atvori bilan tanilgan insonlar, asosan, jamiyatning obroʻli vakillari foydalana olgan, xolos. Tanlov prezumpsiyasining mazkur cheklangan funksiyasi Kontinental Yevropa maktabida shakllangan. Bunga qarshi oʻlaroq, aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng boʻlishi kerakligi haqidagi nazariya Kanonikal huquqda vujudga kelgan. Mazkur maktab vakillari oʻz qarashlarini inson fitratan gunohsiz boʻladi, shuning uchun prezumpsiyani barchaga qoʻllash kerak, deya asoslashgan. XV-asrga kelib, Italiyaning oʻzida aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng umumiy prinsip
Доказательный фрагмент
«В данной статье кратко раскрывается, что такое презумпция невиновности, где она впервые появилась и зачем она необходима.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье кратко раскрывается, что такое презумпция невиновности, где она впервые появилась и зачем она необходима. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Presumption of innocence, “vigilantism”, Constitution, Supreme Court, Конституция, European Convention., Yevropa konvensiyasi., Европейская конвенция., “samоsud”, Konsitutsiya, Презумпция невиновности, Oliy sud, Верховный суд, «самосуд», Ayibsizlik prezumbsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025