Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЫРАЖЕНИЕ ПРАГМАТИЧЕСКОГО ЗНАЧЕНИЯ МОРФОЛОГИЧЕСКИМИ СРЕДСТВАМИ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
TERAPEVTIK YONDASHUVLAR · Iskandarova Dilnoza Tolibjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada musiqa inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirining dolzarbligi asoslab beriladi. Maqolada V.A.Motsartning klassik asarlari va rok musiqasining e’tiborni jamlash, xotira faolligi, shuningdek, emotsional holatni boshqarish qobiliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: musiqa terapiya, Motsart effekti, bilish jarayonlari, xotira, plastiklik, ruhiy jarayonlar, davolovchi ta’sir. Ma’lumki, barcha tirik mavjudotlar atrof-muhitni qabul qilish va anglash imkonini beruvchi sezgi organlariga ega. Hayotimiz davomida rang, tovush va hid bizni doimiy ravishda kuzatib boradi. Ushbu axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash va o‘zlashtirish usullari, ularning psixikaga, kayfiyatga, xatti-harakatga va inson qarorlariga ta’siri qadim zamonlardan beri insoniyat e’tiborida bo‘lgan. Rangi inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud [1], ushbu maqolada esa musiqaning ta’siri tahlil qilinadi. Bu fenomenni o‘rganishga ham ko‘plab tadqiqotlar bag‘ishlangan. Ma’lumki, qadimgi Yunonistonda odamlar bilan ishlaydigan mutaxassislar hisoblangan shifokorlar, sudyalar, o‘qituvchilar uchun maxsus kasbiy talablar mavjud bo‘lgan. Ularning eng asosiy sharti musiqani chuqur o‘rganish va uning inson psixikasiga ta’sirini tushunish edi. O‘sha davrda umumiy uyg‘unlik sog‘lomlik kafolati deb hisoblangan, har qanday muvozanatsizlik esa kasallikning sababi sifatida qaralgan. Hatto Eski Ahd kitobida ham musiqaning shifobaxsh kuchi haqida rivoyat keltirilgan: Dovud ruhiy tushkunlikda bo‘lgan Shoh Shaulni arfa chalish orqali davolagan. San’atlar homiysi Apollon va uning o‘g‘li Eskulap qadimgi yunon mifologiyasida shifobaxshlik xudosining musiqaga aloqasi mavjudligini bildirgan. Pifagor, Aristotel, Platon kabi antik davrning mashhur olimlari musiqaning davolovchi va oldini oluvchi kuchi borligini ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola qilganlar. Ularning fikricha, musiqa faqat inson ichki olamida emas, balki butun koinotda ham uyg‘unlik va 10 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 muvozanatni ta’minlaydi. Aristotel musiqani nafaqat davolash, balki ruhni poklash vositasi deb ham hisoblagan. Qadimgi Rimning Minerva ma’budasi esa musiqachilar va shifokorlarga birdek ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan [2]. Qadim zamonlardayoq olimlar musiqaning inson psixikasiga, ayniqsa, psixoemotsional sohasiga kuchli va qarama-qarshi yo‘nalgan ta’sir ko‘rsatishini kuzatganlar. Filosofiga xos bo‘lgan bu kuzatuvlar, asosan, tavsifiy xarakterga ega bo‘lsa-da, fan taraqqiyoti jarayonida “nima uchun?” va “qanday qilib?” kabi savollarga ilmiy javoblar topish zarurati tug‘ilgan. Fan rivojlangani sayin, musiqani psixiatriyada davolovchi vosita sifatida qo‘llash tajribasi ham shakllandi. XIX asr boshlarida frantsuz psixiatr J.E.D.Eskirrol ruhiy kasalxonalarida musiqa terapiyani amaliyotga joriy etishni taklif qilgan. Keyinchalik, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musiqaning psixikaga ta’sir mexanizmini empirik tarzda o‘rganishga qaratilgan ilk harakatlar boshlangan. V.M.Bexterev, I.M.Dogel, I.R.Tarxanov kabi olimlar musiqaning markaziy asab tizimi, nafas olish, qon aylanish faoliyatiga foydali ta’siri haqida ilmiy ma’lumotlar keltirgan. Masalan, I.M.Dogel (1888) va I.M.Sechenov (1901) marsh musiqasining mushak faoliyatini rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuzatganlar. Rus fiziologi I.R.Tarxanov esa quvonch bag‘ishlaydigan kuylar yurak urishini sekinlashtirishi, yurak qisqarishlarini kuchaytirishi, qon tomirlarni kengaytirishi va qon bosimini me’yorga keltirishi mumkinligini isbotlagan. Aksincha, asabiylashtiruvchi musiqa bu holatlarning mutlaqo qarama-qarshi natijasini keltirib chiqaradi [3]. Zamonaviy ilm-fan taraqqiyot bosqichida amaliy fanlar orasida neyropsixologiya alohida maqom kasb etmoqda. Ushbu soha faol rivojlanmoqda va turli yo‘nalishlari bilan ajralib turadi. Bir tomondan, u nevrologik amaliyot doirasidan chiqib, psixosomatik kasalliklarni o‘z ichiga oluvchi boshqa klinik holatlarga kirib bormoqda. Boshqa tomondan, ushbu sohada neyropsixologik bilimlar pedagogikada qo‘llanilmoqda, bu esa sog‘lom odamlar psixikasini o‘rganishda neyropsixologik yondashuvning kengayishini anglatadi. Zamonaviy neyropsixologiyaning yana bir muhim rivojlanish yo‘nalishi bu psixofiziologiya bilan birlashish bo‘lib, u psixik jarayonlar va holatlarning psixofiziologik mexanizmlarini o‘rganishga asoslangan. Yuqori psixik funksiyalar yoki ongli psixik faoliyatning murakkab shakllari tizimli tuzilishga ega ekani va ular ko‘p komponentli funksional tizimlar ko‘rinishidagi fiziologik asosga tayanuvchi hodisalar ekani isbotlangan. Musiqa terapevtik amaliyot ikki yo‘nalishga bo‘linadi: passiv yo‘nalish bunda bemorga taklif etilgan kompozitsiyalarni tinglash taklif qilinadi, va aktiv yo‘nalish bunda bemorning o‘zi musiqiy ijroga jalb qilinadi. XX asr boshida musiqaning insonga 11 Acumen: International Journa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada musiqa inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirining dolzarbligi asoslab beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada musiqa inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirining dolzarbligi asoslab beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- паралингвистические средства., antroposentrik nazarya, pragmatik ma’no, языковые средства, anthropolinguistics, антрополингвистика, antropolingvistika, прагматическое значение, прагмалингвистика, pragmatic meaning, paralinguistic means., paralingvistik vositalar., linguistic means, pragmalingvistika, антропоцентрическая теория, lingvistik vositalar, pragmalinguistics, anthropocentric theory
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026