К содержанию
РецензированоRU2025

O‘QUVCHILARNI UZUNLIKKA SAKRASH TURLARI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI · Saidmurodova Shohida Xabibjon qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

В данной тезисной работе рассмотрены научно-педагогические основы совершенствования техники прыжков в длину у школьников. На основе анализа эксперимента, проведённого в контрольной и экспериментальной группах, выявлена эффективность поэтапного обучения технике прыжка. Использование биомеханического анализа, видеоанализа и комплексной физической подготовки значительно улучшило результаты учащихся. Полученные данные показывают, что научно обоснованный подход способствует не только развитию технических навыков, но и повышает мотивацию школьников к занятиям спортом. Ключевые слова: Прыжок в длину, физическое воспитание, техника, биомеханика, педагогический эксперимент, ученик, спортивная подготовка. Kirish: Jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirishda yengil atletika mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir. Xususan, uzunlikka sakrash turlari o‘quvchilarda tezkorlik, chaqqonlik, kuch va koordinatsiya kabi jismoniy sifatlarni shakllantiradi. Ammo amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar orasida texnik xatoliklar va sakrash fazalarining noto‘g‘ri bajarilishi keng tarqalgan. Shu boisdan, mazkur tadqiqotda uzunlikka sakrash texnikasini takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari ishlab chiqildi. 77 Noyabr, 2025-Yil Tadqiqot maqsadi: O‘quvchilarda uzunlikka sakrash texnikasini bosqichma-bosqich o‘rgatish va takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini amaliy tajriba orqali aniqlash. Tadqiqot metodlari 1. Pedagogik kuzatuv – dars jarayonida o‘quvchilarning sakrash texnikasini tahlil qilish. 2. Eksperimental metod – tajriba va nazorat guruhlarida mashg‘ulot o‘tkazish. 3. Videoanaliz – sakrash fazalarini biomekanik tahlil qilish. 4. Matematik-statistik tahlil – natijalarni qayta ishlash (t-test, % o‘sish koeffitsienti). Tajriba tashkiloti va ishtirokchilar Tadqiqot Toshkent shahridagi 34-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari orasida olib borildi. Umumiy 24 nafar o‘quvchi tajribaga jalb qilindi (12 nafari tajriba, 12 nafari nazorat guruhi). Tadqiqot natijalari O‘quvchilarning dastlabki va yakuniy sakrash natijalari (m) Guruh Boshlang‘ich o‘rtacha natija (m) Yakuniy natija (m) O‘sish foizi (%) Jadvaldan ko‘rinadiki, tajriba guruhida sakrash natijasi 18.3% ga yaxshilangan, bu esa o‘quv jarayonida qo‘llangan ilmiy asoslangan metodikaning samaradorligini ko‘rsatadi. Gorizontal o‘qda vaqt (oylar bo‘yicha), vertikal o‘qda esa o‘rtacha natijalar (metrda). 78 Noyabr, 2025-Yil Tajriba guruhi chizig‘i barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatadi, nazorat guruhi esa deyarli o‘zgarmagan. Muhokama: Tajriba natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, sakrash texnikasini takomillashtirishda tayanch bosqichini to‘g‘ri bajarish, havoda tanani muvozanatda ushlash va tushish texnikasini shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda quyidagi metodik yondashuvlar eng samarali bo‘ldi:  Bosqichma-bosqich o‘rgatish (harakatlarni alohida qismlarga ajratib mashq qilish)  Vizual tahlil (video qaydlar orqali texnikani tahlil qilish)  Ko‘p takrorli mashqlar tizimi (motor xotirani mustahkamlash) Xulosa O‘quvchilarda uzunlikka sakrash texnikasini takomillashtirish uchun quyidagi ilmiy- pedagogik yondashuvlar samarali ekanligi aniqlangan: 1. O‘quvchilarning yosh va jismoniy xususiyatlariga moslashtirilgan mashg‘ulotlar tizimi; 2. Biomekanik tahlil asosida texnik xatolarni aniqlash; 3. Jismoniy sifatlarni (tezkorlik, kuch, muvozanat) kompleks rivojlantirish; 4. Darslarda interfaol va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Mazkur yondashuv o‘quvchilarda nafaqat texnikani, balki sportga bo‘lgan motivatsiya va ishtiyoqni ham oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A. Abduvaliyev. Yengil atletika: nazariya va amaliyot. – Toshkent, 2020. 2. N. R. Xasanov. Sport pedagogikasi va nazariyasi. – Toshkent, 2019. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: Umumta’lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturi, 2022. 79

Доказательный фрагмент

«В данной тезисной работе рассмотрены научно-педагогические основы совершенствования техники прыжков в длину у школьников.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисной работе рассмотрены научно-педагогические основы совершенствования техники прыжков в длину у школьников. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Long jump, physical education, technique, biomechanics, pedagogical, o‘quvchi, biomekanika, texnika, jismoniy tarbiya, pedagogik tajriba, Uzunlikka sakrash, sport tayyorgarligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники