К содержанию
РецензированоUZ2025

SPORT YAKKAKURASHLARIDA MASHG‘ULOTLAR TA’SIRIGA MOSLASHISH USULLARI

Sharipov Timur

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bu maqolada T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Kalit so`zlar: Trevoga fazasi.Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. Fazaning davomiyligi. Sport fiziologiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli moslashuvni ajratib ko‘rsatish odatiy hol hisoblanadi. Qisqa muddatli moslashuvning asosi uch bosqichdan iborat stress reaksiyasidan iborat: 1. Trevoga fazasi. 2. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. 3. Charchoq fazasi. Bu kanadiyalik patofiziolog Gans Selye tomonidan batafsil tavsiflangan. Charchoq fazasi adrenalin va noadrenalin ishlab chiqarishning ortishi bilan birga kechadi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi o‘sish jarayonlarini faollashtiruvchi kortikosteroid gormonlar ishlab chiqarishning ortishi bilan tavsiflanadi. Fazaning davomiyligi organizmning tug‘ma moslashuvchanligiga bog‘liq, ammo moslashish jarayonlari cheksiz emas. Charchoq fazasida stress reaksiyasi susayadi, buyrak usti bezlari charchaydi va himoya ta’siri yo‘qoladi. Uzoq muddatli moslashish organlar va tizimlar funksiyasini tashqi sharoitlarga nisbatan o‘zgaruvchanligini, shu jumladan, mashg‘ulot yuklamalari tizimi, ularning kamayishi yoki ko‘payishini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun yuklamani o‘zgartirish tizimidagi ushbu kuchlanish parametrlarini miqdoriy baholash asosida barcha organlar va tizimlarning kuchlanish darajasini hisobga olish kerak. V.S.Stepanovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida malakali sportchilar bilan ishlashda qo‘llaniladigan mashg‘ulotning standart yuklamalari vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulot samarasini pasaytiradi, bu esa, mashg‘ulotlar siljishlarining kamayishiga va sport mahoratini o‘sishining sekinlashishiga olib keladi. Binobarin, ushbu sport mahorati darajasini oshirishning eng muhim omillaridan biri – bu belgilangan mashg‘ulot vazifalariga va kontingentning tayyorgarlik darajasiga qarab yuklamalarning hajmi yoki intensivligini izchil oshirish hisoblanadi. Shu sababli, bir qator mashg‘ulot tizmilarida, ayniqsa, xorijiy tizimlarda, moslashish jarayonlarini tubdan o‘zgartirgan va turli xil mashg‘ulot sikllarida katta mashg‘ulot siljishlarini olishga imkon beruvchi stress yuklamalariga asoslangan metodlar qo‘llanilgan [80; 62-64-b]. T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan 74 Noyabr, 2025-Yil holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon- rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi [20; 16-20-b]. A.L. Kabanovning fundamental asarlari sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligining optimal nisbati muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, u, birinchidan, ushbu muammoning noodatiy murakkabligini ta’kidlagan, va boshqa tomondan, uning mohiyatini belgilaydigan bir qator alohida qoidalarni aniqlagan. Birinchidan, muallif, sportchilarni tayyorlash ko‘p komponentli jarayon ekanligini ta’kidlagan, uning mazmuni tanlangan sport turiga ixtisoslashuvning o‘ziga xos omillarini (maxsus tayyorgarlik) va sport ixtisoslashuviga kirmaydigan, ammo sportchining takomillashuvida (umumiy tayyorgarlik) ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mashg‘ulot jarayonining boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, ushbu omillar va bo‘g‘inlarning optimal kombinatsiyasi sportchining eng samarali tayyorgarligini ta’minlaydi va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning birligi tamoyili samaradorligini tavsiflaydi. Uchinchidan, tanlangan sportning o‘ziga xos xususiyatlari sportchining umumiy tayyorgarligi mazmunida sezilarli iz qoldiradi, bu mana shu o‘ziga xoslikka ko‘ra sezilarli darajada farqlanadi. To‘rtinchidan, hajmlar va maxsus tayyorgarlikning nisbatlari ko‘plab omillarga, shu jumladan, sportchining tayyorgarlik darajasiga, sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, uzoq muddatli mashg‘ulot j

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Trevoga fazasi.Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. Fazaning davomiyligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники