К содержанию
РецензированоUZ2025

TEXNIK HARAKATLARNI BAJARISHDA GAVDA MUVOZANATINI SAQLASH SHARTLARI

Sharipov Timur

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy harakat konstantalarini (kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini yaratadi, shuningdek, sust harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab koladi. Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi. Kalit so`zlari: Sensor tizimi eshitish organi, gavdaning samodagi eng to‘g‘ri va foydali holati. Sensor tizimi organlaridan biri – eshitish organi va vestibulyar apparatidan iborat bo‘lgan preddverno-ulitkovыy organ hisoblanadi. Vestibulyar apparat 3 ta yarim doira shaklidagi kanalcha, elliptik va sferik qopchalardan iborat bo‘lib, ular gavdaning oldinga intilgan va aylanma harakatlarida namoyon bo‘luvchi statik xarakterdagi qo‘zg‘alishlarni idrok etishga xizmat qiladi. Vestibulyar apparatni muvozanat organi deb ham atashadi, chunki u nafaqat boshning, balki gavdani barcha qismlarining holatini o‘zgartirganda impulslarning uzatilishini ta’minlaydi, bunda u atrof-muhitda boshqa analizatorlar bilan birgalikda organizmning yo‘naltiruvchi reflekslari va reaksiyalarida ishtirok etadi. L.L. Sipinning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida sezgi organlari tufayli organizmning tashqi muhit bilan aloqasi o‘rnatiladi. Harakatni sifatli va texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan biri – bu muvozanatni saqlash va gavda holatini nazorat qilishning yuqori darajasidir. Atrof-muhit ob’yektlariga (sport snaryadi, raqib) nisbatan gavdaning samodagi eng to‘g‘ri va foydali holati, texnik harakatlarni bajarishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Balans bu yiqilishning oldini olish uchun poza dinamikasini tavsiflovchi umumiy atamadir. Boshqacha qilib aytganda, gavdaning tayanch bazasidan yuqori holatini saqlab turish qobiliyati, deb ta’riflash mumkin. Statik va dinamik muvozanatni saqlash qobiliyati, harakat vazifasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. “Muvozanat – bu tinch turgan holat emas, balki ikki kuch: bitta o‘qda harakat qiluvchi tayanch reaksiyasi va tortishish kuchining bir xil ta’sirini faol izlashdir” deb aytib o’tishgan [147;23-26-b]. A.A.Artiqovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy harakat konstantalarini (kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini yaratadi, shuningdek, sust harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab koladi. 71 Noyabr, 2025-Yil Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi [19; 60-63-b]. I.N. Sidorov, E.V.Moshanu, I.P. Afonina va S.A. Arxipovalarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida muvozanat har qanday xarakterdagi harakatlarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi: siklik, asiklik, otish, akrobatik, sport-o‘yin va boshqalar. Shu sababli, muvozanatni saqlash qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy usullaridan biri – bu harakat vazifasini sekin-asta murakkablashtirgan holda statik va (yoki) dinamik barqarorlikni saqlash sharoitida jismoniy mashqlarni bajarishdir. Muvozanat saqlash qobiliyatini takomillashtirish jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va koordinasion qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish; vestibulyar analizator funksiyalariga ta’sir qiluvchi mashqlarni tizimli qo‘llash orqali ta’minlanadi. Mushaklarning haddan tashqari kuchlanishi, qoidaga ko‘ra, koordinasion, tezlik va kuch, shuningdek, chidamlilikka qaratilgan barcha mashqlarni bajarishning sifati va natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [76; 120-124-b]. M.P. Shestyakovning fikriga ko’ra aniqligi va to‘g‘riligi bilan ajralib turadigan harakatni bajarishda haddan ziyod kuch va mushaklarning kuchlanishi, malaka sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa, sportchining bezovtaligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligi, shuningdek, texnik xatolarga yo‘l qo‘yishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Turli malakaga ega bo‘lgan sportchilarda koordinasion qobiliyatlarning namoyon bo‘lish darajasi, yuqori mahoratli sportchilarga qaraganda past. Avvalo, bu mushaklar sinergiyasini jalb qilish ko‘rsatkichlarida va muvozanatni saqlashga harakat qilishda umumiy og‘irlik markazidagi tebranishlar sonida aks etadi. Koordinatsion qobiliyatlar sportchilar organizmida sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan talabning ortishi sharoitida rivojlanishini aytib o’tgan [91; 174-178-b]. Bizning fikrimizga ko’ra stabilometrik platformadan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlarda, sportning o‘yi

Доказательный фрагмент

«Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minima…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minima… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gavdaning samodagi eng to‘g‘ri va foydali holati., Sensor tizimi eshitish organi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники