Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAXSHICHILIK SAN’ATI: TARIXIY ILDIZLAR VA ZAMONAVIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Hamrayeva Nargiza Hasan qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются исторические корни и современное развитие искусства бахши, государственные решения, направленные на его развитие, а также значение этого искусства в воспитании молодёжи. Ключевые слова: искусство бахши, эпос, устная традиция, национальные музыкальные инструменты, школа-интернат, ансамбль, ЮНЕСКО, культурное наследие, традиция «мастер-ученик». Annotation. This article discusses the historical roots and modern development of the art of Bakhshi, state decisions aimed at its development, and the importance of this art in the education of young people. Keywords: Bakhshi art, epic, oral art, national musical instruments, boarding school, ensemble, UNESCO, cultural heritage, master-disciple tradition. Bugungi kunda milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimizni rivojlantirish yo‘lida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga doir qabul qilgan qarori bu borada muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qaror orqali baxshichilik san’atini asrab-avaylash, uni jamg‘arish, maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash asosiy vazifa qilib belgilandi. Mazkur qaror asosida Termiz shahrida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati tashkil etilishi rejalashtirilgani diqqatga sazovor. Bu maktab nafaqat yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalash, balki ularga baxshichilik ijodining sirlarini o‘rgatish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida baxshichilik san’ati rivojiga xizmat qiladigan amaliy ishlar belgilangan. Jumladan, baxshichilik uchun zarur bo‘lgan milliy cholg‘u asboblari – do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabi asboblarni ishlab chiqaradigan ustalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun ustaxonalar ajratish hamda maxsus materiallar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan doston va qo‘shiqlar kuylarini notalashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Bu esa kelajakda mazkur san’atni chuqur ilmiy o‘rganish va uni keng targ‘ib etish uchun mustahkam asos yaratadi. 50 Noyabr, 2025-Yil E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya bilan hamkorlikda baxshichilik san’atini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish masalasini ham yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa xalqimizning ko‘hna va betakror og‘zaki ijod namunalarini jahon miqyosida tanitish uchun muhim qadamdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida davlat ansambllari, boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarining tashkil etilishi, shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik sinflarining yo‘lga qo‘yilishi ushbu san’atni yoshlar orasida keng yoyish imkonini beradi. “Birinchi xalqaro baxshichilik san’ati festivali” “Birinchi xalqaro baxshichilik san’ati festivali” O‘zbek xalq ijodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan baxshichilik san’ati qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, xalqning ma’naviy dunyoqarashi, tarixiy xotirasi va badiiy tafakkurini ifodalaydi. H.T. Zarifovning yozishicha, “baxshi” so‘zi mo‘g‘ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag‘sha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ustoz”, “ma’rifatchi” ma’nolarini bildiradi. O‘zbeklarda baxshi keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga o‘tkazuvchi san’atkor sifatida tanilgan. Xalq orasida esa bu so‘z ikki xil xarakterdagi shaxsga nisbatan qo‘llangan: ko‘pchilik hududlarda professional dostonchi, ayrim joylarda esa afsungar, folbin yoki shaman vazifasini bajaruvchi shaxs sifatida ishlatilgan. Qadimda bu ikki vazifa bir shaxs qo‘lida mujassam bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ular o‘rtasida muayyan tafovut yuzaga kelgan. Shu sababli ikkinchi vazifani ado etuvchi shaxs xalq orasida duoxon, kinnachi kabi boshqa nomlar bilan atalgan. Turli hududlarda xalq dostonchilariga “baxshi”dan tashqari boshqa atamalar ham qo‘llangan. Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston 51 Noyabr, 2025-Yil o‘zbeklari orasida soqi, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonning ayrim hududlarida sozanda, Farg‘ona vodiysida sanovchi, ba’zi tumanlarda jirov, jirchi, oqin, oxun kabi nomlar ishlatilgan. Shuningdek, o‘zbeklarda xalq dostonchilarini shoir deb atash ham keng tarqalgan. “Shoir” arabcha so‘z bo‘lib, poetik asarlar ijodkori bo‘lgan yozma va og‘zaki adabiyot vakillariga nisbatan qo‘llaniladi. Badihago‘y ijodkorlar, yangi variantlar yoki yangi dostonlar yaratishga qodir baxshilar shoir sifatida tanilgan. Masalan, Ergash shoir, Fozil shoir, Islom shoir, Po‘lkan shoir singari ijodkorlar bunga yorqin misol bo‘la oladi. O‘zbek dostonchilik maktablari tarixida Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining o‘rni alohida. U 1868-yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan va 1937-yilda vafot etgan. Dehqon dostonchi oilasida
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются исторические корни и современное развитие искусства бахши, государственные решения, направленные на его развитие, а также значение этого искусства в воспитании молодёжи.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются исторические корни и современное развитие искусства бахши, государственные решения, направленные на его развитие, а также значение этого искусства в воспитании молодёжи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bakhshi art, epic, oral art, national musical instruments, boarding school, устная традиция, ustoz-shogird an’anasi, Baxshichilik san’ati, национальные музыкальные инструменты, cultural heritage, maktab-internat, doston, традиция «мастер-ученик»., milliy cholg‘u asboblari, искусство бахши, ensemble, madaniy meros, og‘zaki ijod, master-disciple tradition., школа-интернат, эпос, YUNESKO, ansambl, ансамбль, ЮНЕСКО, культурное наследие, UNESCO
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026