Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ISLOMIY BANK XIZMATLARINING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI · Melikov Otabek Maxmadaminovich · Xurramova Fotima Bahodir qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the services offered by Islamic banks and their importance in the economy. Unlike the conventional banking system, the Islamic financial system operates on the basis of partnership and trade rather than interest. The study examines the main services of Islamic banks, including mudarabah, musharakah, murabaha, ijara, istisna, and sukuk. Furthermore, based on the opinions of scholars and economists, the article discusses the impact of Islamic banking services on social justice, financial stability, and economic development. Kalit so‘zlar: Islom banklari, Islom moliya tizimi, mudaraba, musharaka, murabaha, ijara, istisna, sukuk, foizsiz bank tizimi, moliyaviy barqarorlik Ключевые слова: Исламские банки, Система исламских финансов, Мудараба, Мушарака, Мурабаха, Иджара, Истисна, Сукук, Беспроцентная банковская система, Финансовая стабильность. Keywords: Islamic Banks, Islamic Finance System, Mudarabah, Musharakah, Murabaha, Ijarah, Istisna, Sukuk, Interest-free Banking System, Financial Stability. Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda jahon moliya tizimida islomiy moliya va bank xizmatlariga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshib bormoqda. Islom banklari o‘z faoliyatini Qur’on va Shariat qoidalariga asoslangan holda olib borib, an’anaviy banklardan tubdan farq qiladi. Eng asosiy farqi shundaki, islom banklari foiz (ribo) asosida emas, balki sheriklik, savdo va ijara munosabatlariga tayangan holda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi[1]. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 80 dan ortiq davlatda islomiy moliya institutlari faoliyat yuritmoqda. Xalqaro Islom Moliyasi Forumi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil holatiga ko‘ra islomiy banklar aktivlari hajmi 3 trillion AQSH dollaridan oshgan[2]. Shu jihatdan, islom banklari xizmatlari nafaqat musulmon aholisi uchun, balki global miqyosda ham barqaror moliyaviy alternativ sifatida qaralmoqda[3]. O‘zbekiston Respublikasida ham islom moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yilda imzolangan Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 27 ISSN: 2181-2861 qarorlarda islom moliyasi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro tajribani joriy etish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari alohida qayd etilgan[4]. Mavzuning dolzarbligi shundaki, islom banklari tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, balki ijtimoiy adolat, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining farovonligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi[5]. Chunki ushbu xizmatlarda risklarni adolatli taqsimlash, sheriklik asosida foyda olish va kapitalni real iqtisodiyotga yo‘naltirish ustuvor hisoblanadi. Metodologiya Mazkur tadqiqot islom banklari xizmatlarini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda qiyosiy tahlil, tarixiy yondashuv va nazariy umumlashtirish usullaridan keng foydalanildi. Avvalo, islom moliya tizimining nazariy asoslari Qur’oni karim va hadislar, shuningdek, fiqh olimlarining qarashlari asosida o‘rganildi[6]. Abu Yusufning “Kitob al-xaraj” asarida davlat moliyasi va adolatli soliq tizimi asoslari yoritilgan bo‘lsa, Ibn Xaldun “Muqaddima” asarida iqtisodiy faoliyatning ijtimoiy barqarorlikka ta’siri haqida yozib, adolatli moliyaviy tizim jamiyat taraqqiyoti uchun zarur ekanini ta’kidlaydi[7]. Shuningdek, zamonaviy iqtisodchi olimlarning qarashlari ham o‘rganildi. Masalan, M. Chapra islomiy moliya tizimini “ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni uyg‘unlashtiruvchi alternativ” deb ta’riflaydi[8]. Z. Iqbal va A. Mirakhorlar esa islom banklarining xizmatlari haqida: “Ular riskni sheriklar o‘rtasida teng taqsimlash orqali moliya tizimini barqaror qiladi” deya ta’kidlashadi[9]. F. Khanning fikricha, “Islomiy moliya xizmatlari moliyaviy vositachilikni real iqtisodiyot bilan bog‘lab, spekulyatsiya xavfini kamaytiradi[10]. Tadqiqot jarayonida xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlar va hisobotlardan keng foydalanildi. Jumladan, Islomiy moliya xizmatlari kengashining (IFSB), Islom taraqqiyot banki (IDB) hamda Jahon bankining ma’lumotlari asosida islom banklarining xizmatlari va ularning global miqyosdagi rivojlanishi tahlil qilindi[11]. Metodologiyada, shuningdek, qiyosiy tahlil usuli asosida an’anaviy banklar va islom banklari xizmatlari o‘rtasidagi asosiy farqlar ham o‘rganildi. Masalan, M.N. Siddiqiy “foiz asosidagi kreditlash tizimi moliya sektorini spekulyatsiyaga olib boradi, islomiy moliya esa sheriklik orqali investitsiyani rag‘batlantiradi” deya qayd etadi[12]. Tahlil va natijalar. Tadqiqot davomida olingan natijalar islom banklarining xizmatlari iqtisodiy tizimda alohida o‘rin tutishini yaqqol ko‘rsatdi. Avvalo, islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi banklar foizsiz kreditlash, sheriklik asosidagi moliyalashtirish, tijorat va investitsion loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi xizmatlar bilan an’anaviy banklardan
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the services offered by Islamic banks and their importance in the economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the services offered by Islamic banks and their importance in the economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islamic Banks, Islamic Finance System, Mudarabah, Musharakah, Murabaha, Ijarah
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021