К содержанию
РецензированоRU2026

XALQARO MOLIYA BOZORI DOLZARBLIGI

Ergashev Mansurbek Murod o’g’li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 28-30 · 2026

Аннотация

В этой статье будет представлена информация об этапах развития международного финансового рынка, его ошибках и недостатках на сегодняшний день. Ключевые слова: финансовый рынок, Исламский банк развития, фондовый рынок, валютная и кредитная политика, Азиатский банк развития, международные финансовые институты, международные финансовые организации. Annotation: this article will tell you about the mistakes and disadvantages of the stages of development of the international financial market today. Keywords: financial market, Islamic Development Bank, Securities Market, Currency and credit policy, Asian Development Bank, International Financial Institutions, international financial organizations. Kirish: Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi. Moliyaviy bitimlar xarakteriga qarab, MBni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarish tamoyili boʻyicha moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni koʻndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olgan holda kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi-sotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon MB paydo boʻldi.Jahon moliya bozori -xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi. Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 15 ISSN: 2181-2861 Asosiy qism: Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan. Quyida dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi keltirilgan. Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan. 1Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli. Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog'ozlar (kapital) bozori hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 2018 yilda jahon fond bo

Доказательный фрагмент

«В этой статье будет представлена информация об этапах развития международного финансового рынка, его ошибках и недостатках на сегодняшний день.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье будет представлена информация об этапах развития международного финансового рынка, его ошибках и недостатках на сегодняшний день. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
financial market, Islamic Development Bank, Securities Market, Currency and credit policy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5